Mavzu: Hayvonlar gen muhandisligi yangi imkoniyatlar
Download 24.74 Kb.
|
1 2
Bog'liq9.Hayvonlar gen muhandisligi yangi imkoniyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gen muhandisligi yo’li bilan transgen hayvonlar yaratish
Mavzu: Hayvonlar gen muhandisligi yangi imkoniyatlar Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki 140 sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdilar. Bu sohada prezidentimizning yoshlarga bergan imkoniyatlari asosida yosh tadbirkorlar bugungi kunda kreditlar olib sermahsul sigir zotlaridan foydalanib o’z bizneslarini yo’lga qo’ymoqdalar. Bu esa O’zbekistonimizning yuksalishida yana bir turtki bo’lmoqda. Gen muhandisligi yo’li bilan transgen hayvonlar yaratish Genning mikroinyeksiyasi. Genning mikroineksiyasi ikki yul bilan: 1 -embrionlarni rivojlanishini pronukleus boskichida jarrohlik yo’li bilan chiqarib olish; 2-donorni suygandan keyin ajratib olish; Mikroin’eksiya uchun zarur b’lgan urug’langan tuxum hujayra olish maqsadida, hayvonlarga gormon yuborib, ularda superovulyasiya chaqirilaiv va undan keyin narkozlangan yoki so’yilgan hayvonlar tuxum yo’lini yuvish orqali tuxum hujayralar ajratib olinadi (G.Brem. 1993). Embrionlarni mikroineksiya qilish uchun eng avvalo mustaxkam o’rnatilgan ishchi stoli bo’lmog’i shart. Stol ustiga mikroskopni ushlab turuvchi va inyeksiya qiluvchi pipetkalarni boshqarib turuvchi ikkita mikromanipulyator hamda in’eksion bosimni boshqaruvchi uskuna o’rnatiladi. Mikroskop turgan stolchaga og’zi parafinlangan inyeksiya muhit saqlovchi idish joylashtiriladi. Muhitga embrionlar aralashtiriladi. Kerak bo’lganda, in’eksiya uchun tayyorlangan embrionlar past bosim yordamida ushlab turuvchi pipetka ustiga, in’eksiya qilinishi lozim bo’lgan pronukleus esa yaxshi ko’rinadigan joyga joylashtiriladi. Inyeksiya qiluvchi pipetkani uchi (uning ichki diametri 1 mkm gacha) DNK eritmasi bilan to’ldiriladi va sekin astalik bilan 1-2 pkl hujayra membranasi orqali pronukleusga kiritiladi. Operatsiyani aniq bajarilganligi pronukleusning shishib chiqishidan seziladi. Faqat mana shunday ko’zga ko’rinadigan holatda yadro hajmini kengayishi haqiqatdan ham DNK eritmasi proukleusga kiritilganligi haqida guvohlik beradi. Inyeksiyadan keyin embrionlar ushlab turuvchi pipetkadan bo’shatilib retsipientga ko’chirilib o’tkazilguncha o’stirib turiladi. Sichqonlarni va quyonlarni rivojlanish bosqichiga mos holda ajratib olingan urug’langan tuxum hujayralaridagi pronukleuslar ko’zga yaxshi ko’rinadilar, bu esa ineksiyani muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlaydi. Qishloq xo’jalik hayvonlarining embrionlarining sitoplazmasida qoramtir, yog’ saqlovchi granulalar bo’lib, ular pronukleuslarni ko’rinishini qiyinlashtiradi. Embrionlarni 3-5 minut davomida 15000g tezlikda sentrifuga qilinganda qoramtir granulalar tuxum hujayralarini bir tomoniga to’planadilar, markazda joylashgan pronukleuslar yaxshi ko’rinib, ineksiya uchun sharoit tug’iladi. (Wall R.J. et.al. 1984) Qo’ylarni embrionlari uchun sentrifugalash talab qilinmaydi, ulardagi pronukleuslarni ko’rish uchun Nomarskiy optikasidan foydalanish kifoya. Shuni ham eslab qolish lozimki, qishloq xo’jalik hayvonlarini embrionlariga mikroin’eksiya qilish sichqon yoki quyonlarnikiga nisbatan biroz qiyinroq kechadi (11-rasm.) 11-rasm. Genning mikroinyeksiya Download 24.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling