Tadqiqotchi olimlar tomonidan agrokimyo sohasida o‘g‘itlarni manba ko‘rinishida, xususan fosforli o‘g‘itlarni donador holatda qo‘llashning katta ahamiyatga EGA ekanligi isbotlandi


Download 79.83 Kb.
bet1/5
Sana18.11.2023
Hajmi79.83 Kb.
#1784994
  1   2   3   4   5

3.1. Organo-mineral donador o‘g‘itlarni odatdagi usulda va chuqur berishning samaradorligi
Bog‘larda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar o‘simliklar ildizi tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmaydi. Solingan o‘g‘itlarning katta qismi o‘zining dastlabki solingan shaklidan kuchsiz harakatchanligi va qiyin o‘zlashtirilishi bilan farqlanuvchi birikmalarga aylanishi natijasida tuproqda foydalanilmay qoladi. Tuproq tomonidan ayniqsa fosforli o‘g‘itlar kuchli yutiladi, bu esa qiyin eriydigan va o‘simliklar tomonidan kam o‘zlashtiriladigan fosfatlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘it bilan solingan fosforning 15-20% miqdorigina o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi, uning qolgan qismi esa tuproq tarkibidagi kaltsiy, alyuminiy va temir bilan birikadi.
Fosfatlarning yutilish tezligi o‘g‘it qismining o‘lchamiga va uning tuproq bilan aralashish darajasiga bog‘liq: o‘g‘it qismi qanchalik mayda bo‘lsa, u shuncha katta tuproq hajmi bilan yondashadi va o‘g‘itdagi fosfat shuncha tez va shuncha qisqa vaqt ichida tuproq tomonidan yutiladi.
Tadqiqotchi olimlar tomonidan agrokimyo sohasida o‘g‘itlarni manba ko‘rinishida, xususan fosforli o‘g‘itlarni donador holatda qo‘llashning katta ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi. Bunda tuproqda barqaror manbalar yaratiladi, unda fosfatlar uzoq vaqt mobaynida o‘simliklar o‘zlashtira oladigan shaklda qoladi. Bundan tashqari, donadorlik tuproq mikroflorasining rivojlanishi uchun qulay manba hisoblanadi. Tuproqda o‘g‘itlarning biologik o‘zgarishining yuqori ahamiyatini ayniqsa akademik T.D.Lisenko alohida ta’kidlaydi: “Donador o‘g‘it tuproqqa tushgach, unga o‘z massasining kichik qismi bilangina yondashadi… donador o‘g‘it atrofida foydali mikroorganizmlar o‘z ha1tiy faoliyatini jadal rivojlantiradi, natijada o‘simlik ildizlari donador o‘g‘it atrofida mo‘l ozuqa manbaini topadi”. Ta’kidlash joizki, mikroorganizmlarning eng jadal rivojlanishi mineral va organik o‘g‘itlar birgalikda organo-mineral aralashma yoki organo-mineral donadorlashtirilgan o‘g‘itlar shaklida solinganda yuzaga keladi.
Ozuqa moddalar manbai sifatida donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni sinash bo‘yicha olib borilgan ko‘p sonli tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ularni qo‘llash yem-xashak o‘tlari, g‘alladoshlar, poliz va texnik ekinlar kabi ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Deyarli barcha holatlarda donadorlashtirilgan superfosfatning oddiy kukunsimon o‘g‘itlarga nisbatan afzalligi isbotlangan.
A.K.Pereverzeva O‘zbekistonning sug‘oriladigan nok va behichiligi sharoitlarida donadorlashtirilgan o‘g‘itlarning yuqori samaradorligini ta’kidlaydi. Uning tajribalarida donadorlashtirilgan ko‘rinishdagi superfosfatni solish tipik bo‘z tuproqlarda Bayan Shirey navining hosildorligini kukunsimon o‘g‘itlarga nibatan 6,6% ga, och tusli o‘tloqi tuproqlarda hosildorligini 8,8-31,2% ga oshirgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, tajriba o‘tkazilgan barcha yillar mobaynida kukunsimon va donadorlashtirilgan o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan variantlarda nok va behi sonining birmuncha ortishi qayd etildi.
Biroq har xil usullarda berilgan o‘g‘itlar ta’sirining yanada yaqqol ifodasi nok va behining o‘rtacha vaznida namoyon bo‘ldi. Nok va behining o‘rtacha vazni o‘g‘itlangan variantlarda, ayniqsa donadorlashtirilgan o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan tuplarda nazorat variantiga nisbatan ancha ortdi. Oddiy o‘g‘itlar berilganda nok va behining o‘rtacha vazni 2022-yilda 6,5% ga va 2023-yilda 2,3% ga ortdi.
Nok va behi o‘rtacha vaznining eng yuqori ortishi donadorlashtirilgan o‘g‘itlar berilgan variantda qayd etildi (garchi har xil yillarda oddiy o‘g‘itli variantdagi kabi kuchli o‘zgargan bo‘lsa ham). 2022-yilda donadorlashtirilgan o‘g‘itlar berilgan variantda nok va behining o‘rtacha vazni nazoratga nisbatan 13,1% ga va 2023- yida 7,7% ga ortganligi qayd etildi.
Alohida yillar bo‘yicha nok va behi absolyut vaznidagi o‘zgarishlar kabi uning o‘rtacha vaznining ham ortishidagi katta o‘zgarishlar ko‘pgina omillar bilan (o‘g‘itdan tashqari) tushuntiriladi, bularning orasida tuplarni nok va behi miqdori bilan yuklash o‘lchami, mevalarning gullashi davridagi noqulay iqlim sharoitlarini (2023-yilda mevala gullagan davrda mo‘l yomg‘ir yog‘di) va boshqalarni alohida ta’kidlash o‘rinlidir.
Hosildorlikni bir gektarga hisoblash shuni ko‘rsatadiki, tajriba o‘tkazilgan barcha yillarda eng yuqori hosil donadorlashtirilgan o‘g‘it berilgan variantda olindi: bunda 2022-yilgi hosil o‘g‘itlanmagan variantdagi 147,7 ts/ga hosilga qarshi 182,0 ts/ga ni tashkil etdi, ya’ni hosildorlik 23,7% ga ortdi. 2023-yilda hosilning absolyut vazni nazoratdagi 183,4 ts/ga ga qarshi 261,5 ts/ga ni tashkil etdi, ya’ni 42,5% ga yuqori bo‘ldi.
Eng kam qo‘shimcha hosil 2023-yilda qayd etildi. Bunda nazoratdagi 101,4 ts/ga ga qarshi donadorlashtirilgan o‘g‘it berilgan variantda 120 ts/ga, ya’ni 18,2% ko‘proq hosil olindi.
Oddiy kukunsimon superfosfat berilgan mevalarida hosildorlikning ortishi kamroq barqaror bo‘ldi. Binobarin, 2022-yilda mazkur variantda nazorat variantiga nisbatan 5,7% ga yuqori bo‘ldi. Keyingi yilda esa hosil nazoratdagi 183,4-101,5 ts/ga ga qarshi oddiy o‘g‘it berilgan variantda 211,7-119,0 ts/ga ni tashkil etdi, ya’ni 15,4-17,2% ga yuqori bo‘lganligi qayd etildi.
Olingan o‘rtacha ma’lumotlarning ishonchliligi 2023-yilgi qaytariqlar bo‘yicha nok va behi hosili ma’lumotlari va ularga variatsion statistika uslubida ishlov berish bilan tasdiqlandi (3.1.1-jadval).
Jadvaldan ko‘rinib turganidek, qaytariqlar bo‘yicha hosil variatsion qator chegarasidan (σ)chiqmaydi, o‘rtacha xatolik (±m) 1,058-1,637 t/ga chegarasida o‘zgardi, tajriba aniqligi (R) esa 5,0 dan 7,3% gacha o‘zgardi.
3.1.1-jadval

Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling