Tadqiqotchi olimlar tomonidan agrokimyo sohasida o‘g‘itlarni manba ko‘rinishida, xususan fosforli o‘g‘itlarni donador holatda qo‘llashning katta ahamiyatga EGA ekanligi isbotlandi


Oddiy va donadorlashtirilgan organo-mineral o‘g‘itlarni chuqur berishning nok va behi hosiliga ta’siri


Download 79.83 Kb.
bet5/5
Sana18.11.2023
Hajmi79.83 Kb.
#1784994
1   2   3   4   5
Oddiy va donadorlashtirilgan organo-mineral o‘g‘itlarni chuqur berishning nok va behi hosiliga ta’siri

Samaradorlik ko‘rsatkichlari

Nazorat

Oddiy usulda berish

Chuqur berish

oddiy ishlov

chuqur yumshatish

oddiy o‘g‘it

donador o‘g‘it

oddiy o‘g‘it

donador o‘g‘it

Nok va behining o‘rtacha vazni, g

144,2

139,8

152,0

149,6

167,5

172,1

Bitta qator hosili, kg

151,6

169,6

205,0

228,3

251,6

296,3

Oddiy ishlov berilgan nazoratga nisbatan hosil, %

100,0

111,6

135,2

150,5

166,9

195,4

Chuqur ishlov berilgan nazoratga nisbatan hosil, %

-

100,0

120,6

134,6

147,3

174,7

Oddiy o‘g‘itlarni oddiy usulda berishga nisbatan hosil, %

-

-

100,0

111,4

122,7

144,5

Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni oddiy usulda berishga nisbatan hosil, %

-

-

-

100,0

110,2

130,2

Oddiy o‘g‘itlarni chuqur berishga nisbatan hosil, %

-

-

-

-

100,0

114,7

Bitta qatordagi (tajriba bo‘lagidagi) nok va behi hosili o‘g‘itlarni berish shakli va solish chuqurligiga bog‘liq ravishda sistematik ortib boradi. Hosildorlikning eng yuqori ortishi donadorlashtirilgan o‘g‘itlar chuqur berilgan variantda qayd etildi. Mazkur variantda dala bo‘lmasidagi jami absolyut hosil oddiy usulda ishlov berilgan nazorat variantidagi 151,6 kg ga qarshi 296.3 kg ni tashkil etdi, ya’ni 95.4% ga ortdi. Oddiy o‘g‘itlar chuqur berilganda tajriba bo‘lmasidagi nok va behi hosili 251,6 kg ga teng bo‘ldi yoki yuqoridagi nazoratdan 66,9% ga ortiq bo‘ldi.


Donadorlashtirilgan o‘g‘itlar oddiy usulda berilganda nok va behi hosili oddiy ishlov berilgan nazorat variantiga nisbatan 50,5% ga, oddiy o‘g‘itlar oddiy usulda berilganda esa 32,5% ga yuqori bo‘ldi. O‘g‘it berilmasdan chuqur yumshatilgan variantda ham hosilning birmuncha ortishi kuzatildi. Bunda mazkur nazorat variantidagi hosil o‘g‘it berilmasdan oddiy usulda yumshatilgan nazorat variantidagidan 11,6% ga yuqori bo‘ldi.
Oddiy o‘g‘itlar chuqur berilganda hosil oddiy o‘g‘itlar oddiy usulda berilgan variantga nisbatan 22,7% ga, donadorlashtirilgan o‘g‘itlar oddiy usulda berilgan variantga nisbatan esa 10,2% ga yuqori bo‘ldi.
Donadorlashtirilgan o‘g‘itlar chuqur berilganda hosil oddiy o‘g‘itlar oddiy usulda berilgan variantga nisbatan 44,5% ga, donadorlashtirilgan o‘g‘itlar oddiy usulda berilgan variantga nisbatan esa 30,2% ga ortdi. Nok va behining hosildorligi donadorlashtirilgan o‘g‘itlar chuqur berilganda oddiy o‘g‘itlar chuqur berilganga nisbatan 14,7% ga yuqori bo‘ldi.
Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni oddiy usulda va chuqur berishning samaradorligini tadqiq qilish bo‘yicha olib borgan tajribalar quyidagilarni aniqlashga imkon berdi:

  1. fosforli o‘g‘itlarni organo-mineral donador shaklida berish maevalarining hosildorligini oshiradi;

  2. nok va behi hosilining ortishi bilan bir qatorda donadorlashtirilgan organo-mineral o‘g‘itlarning samaradorligi nok va behining birmuncha o‘sishida ham namoyon bo‘ladi.

  3. donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni oddiy usulda berishda hosil oddiy o‘g‘itlarni berishga nisbatan o‘rtacha 10-15% ga ortadi;

  4. donadorlashtirilgan o‘g‘itlarning samaradorlik darajasi ularni tuproqqa solish chuqurligiga ham bog‘liq. Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni chuqur berishda hosil o‘g‘itlanmagan variantga nisbatan tuproqqa ishlov berish chuqurligiga bog‘liq ravishda 74,7-95,4% ga; o‘g‘itlarni oddiy usulda berishga nisbatan esa 30,2-44,5% ga ortdi. Oddiy o‘g‘itlar chuqur berilganga nisbatan donador o‘g‘itlar chuqur berilgan variantda hosildorlik 14,7% ga ortdi.

  5. donadorlashtirilgan o‘g‘it berishda kukunsimon ko‘rinishdagi o‘g‘it berishga nisbatan samaradorlikning ortishi asosan tuproqda fosfor tartibining yaxshilanishi bilan tushuntiriladi.

Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling