3.1.1-rasm. O‘g‘itlarni har xil usulda berishda tuproqdagi harakatchan fosforning miqdori
Ko‘rinib turibdiki, donador o‘g‘itda kichik miqdorda organik moddalarning mavjud bo‘lishi o‘g‘it bilan berilgan fosfatlarning eruvchanligini birmuncha oshishiga imkon beradi, bunda oddiy o‘g‘it berilgan variantga nisbatan eruvchan fosfatlarning ko‘proq miqdorda to‘planishiga qulay shart-sharoit yaratiladi. Mazkur holatda fosfatlarning eruvchanligini ortishi shunga bog‘liqki, birinchidan, o‘g‘itning biokimyoviy o‘zgarishi jarayonida donador o‘g‘itda hosil bo‘ladigan organofosfatlarning minerallashuvi yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, parchalanishning nordon mahsulotlari ajratiladi va ular vositasida tuproqda fosfatlarning fiksatsiyasi jadalligini belgilovchi kalьtsiy va boshqa tuproq birikmalari neytrallanadi.
Harakatchan fosfatlarning 50-75 sm qatlamdagi miqdori barcha tajriba variantlarida muayyan tafovutga ega bo‘lmadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, tuproqda fosfatlarning harakati shunchalik sustki, o‘g‘it fosfatlari migratsiyasi hisobiga chuqur gorizontlarning fosfor bilan boyishi amalda yuz bermaydi.
Garchi namunalar olingan birinchi muddatda nitratlarning katta qismi 25-50 sm li gorizontda joylashgan bo‘lsada, oddiy va donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni chuqur berishda harakatchan azot va kaliy shakllarining miqdori sezilarli tafovutga ega bo‘lmaydi.
3.1.3-jadvalda 2023-yilda tajribaning uchta qaytarig‘i bo‘yicha o‘rtacha olingan nok va behi hosili ma’lumotlari keltirilgan. Mazkur ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, nok va behi vaznining eng yuqori ortishi donadorlashtirilgan o‘g‘itlar chuqur berilgan variantda kuzatildi. Mazkur variantda nok va behining absolyut vazni o‘g‘itlanmagan (nazorat) variantdagi 144,2-139,8 g ga qarshi 172,1 g ga teng bo‘ldi. Oddiy va donadorlashtirilgan o‘g‘itlar oddiy usulda berilganda nok va behining o‘rtacha vazni 152,0-149,6 g ga teng bo‘ldi, ya’ni u o‘g‘it chuqur berilgan variantga nisbatan pastroq, ammo nazorat variantidagi ko‘rsatkichlardan yuqoriroq o‘lchamda bo‘ldi.
3.1.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |