Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazrligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti biologiya fakulteti


Download 63.42 Kb.
bet1/12
Sana30.04.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1404495
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fosfor kurs ishi Asror



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA‘LIM VAZRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Biologiya FAKULTETI

Tasdiqlayman”


“Tabiiy fanlar fakulteti” dekani
____________K.A.Saparov
“__”_______2021-yil

“Kimyo” ta‘lim yoʻnalishi 2-kurs talabasi


Matxoliqova Dildora Baxodir qizining
“Anarganik kimyo” fanidan
KURS ISHI

Mavzu: “Fosforli oʻgʻitlar olinishi va xossalari”
Himoyaga tavsiya etildi’’ Kurs ishi rahbar:
“Kimyo” kafedrasi mudiri,v.b.PhD. “Kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi,k.f.n
____________ R.Sh.Berdiqulov _________ R.R.Qo‘chqorova

MUNDARIJA:
I. Kirish ………………………………………………………………………..4
II. Fosforli oʻgʻitlar haqida nazariy qism ……………………………………...
2.1. Fosforning o’simliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari………………………………………………………………..…….….7
2.2. Fosfor birikmalarni olinishi xossalari…………….…….…………………10
2.3. Fosfirli o‘g‘itlarning sanoat miqyosida ishlab chiqarish ………………….15
2.4. Fosforli oʻgʻitlarning qishloq xojaligidagi ahamiyati……………………...19
2.5. Fosforli o‘g‘itlarning arzon texnologik usullarini ishlab chiqarish………..21
III. Xulosa………………………………………………………………………25
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………...……………..26

ANNOTASIYA


Men ushbu kurs ishimda fosforli o‘g‘itlar haqida mavzu oldim. Ushbu kurs ishimda fosforning o‘simliklar va tuproqlar ozuqasi ekanligini bildim. Fosfor qayerda ishlatilishini qayerda va qanday foydalanishni bilib oldim. Men fosforning turlarini tanishib oldim.
АННОТАЦИЯ
В этом курсе я рассмотрел тему фосфорных удобрений. В своей работе я узнал, что фосфор является питателным веществом для растений и почвы.Фосфор я узнал, где и как его исполъзоватъ. Я фосфор познокомился с видом.

ANOTATION


In this course work, I learned about phosphorus fertilizers. This course phosphorus is a plant and nuproglu nutrient before I know where to use it and how to use it, I phosphoming before getting acquinted with the species.

KIRISH

Mamalakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 12 avgustda qabul qilgan PQ-4805–sonli qarorlarida ko’rsatilganidek kimyo-biologiya fanlarini oq’tilishiga juda katta e’tibor berilmoqda.


Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur.
Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o‘rinlarda — tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish;
Respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish;
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o‘qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish;
Ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish.
Mazkur huquqiy hujjatlarda birinchidan, yangi ta‘lim tizimi, ikkinchidan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ta‘lim sohasidagi o‘zgarishlar, yangi kasb sohalarining paydo bo‘lganligi va uning O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyati bilan bog‘liq jihatlari, uchinchidan, bunda har bir viloyat, hudud va mintaqa xususiyatlarini hisobga olish tajribasining afzalliklari, to‘rtinchidan, mamlakatimiz oliy ta‘lim sohasidagi 71 ta muassasa tayyorlab beradigan yangi avlod kadrlari, ularning umumiy va o‘ziga xos jihatlariga e‘tibor qaratildi.
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr 4 talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.
Fosforli o’gʻitlar tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziqlanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuoroqdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. Fosforli oʻgʻitlar tarkibida fosfor boʻlgan rudalar – apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari-tomosshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar,suyak uni va boshqalar fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor oʻrtafosfat kislota (H3PO4) ning oʻtafosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim fosforli oʻgʻitlar esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan metafosfat kislota asosida olinadigan birinchi mineral oʻitlardan hisoblanadi ( 1842-yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlangan). Eruvchanlik darajasiga qarab fosforli oʻgʻitlarni 3 asosiy guruxga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va amoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) fosforli oʻgʻitlar bu oʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Ca(H2PO4)2H2O holida boʻladi.



Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling