Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazrligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti biologiya fakulteti


FOSFORLI OʻGʻITLARNI QISHLOQ XOʻJALLIGIDAGI AHAMIYATI


Download 63.42 Kb.
bet9/12
Sana30.04.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1404495
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fosfor kurs ishi Asror

FOSFORLI OʻGʻITLARNI QISHLOQ XOʻJALLIGIDAGI AHAMIYATI
Qishloq xoʻjaligida quyidagi fosforli oʻgʻitlar ishlatiladi:
1. Fosforit talqoni Ca3(PO4)2
Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukuni. Fosforit talqoni suvda juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu oʻgʻit eng arzon fosforli mineral oʻgʻit boʻlganligi uchungina boʻz va torfli tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklarga solish uchun ishlatiladi.
2. Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2CaSO4×2H2O
Appatit yoki fosforitga sulfat kislota taʻsir ettirish yoʻli bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + CaSO4
Bu fosforli mineral oʻgʻit suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday muhitdagi tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar uchun qoʻllash mumkin.
Oddiy superfosfatni tayyorlash uchun bir necha boʻlak hayvon suyagini olib, organik moddalari kuyub ketgunicha kuydiring. Kuygan, tozalangan suyakni bolgʻa bilan mayda – mayda boʻlaklarga boʻling va bu boʻlaklarni xovonchada kukunga aylanguncha maydalang.
50 gramm suyak kukuniga 3 – 5 gramm bor talqonini aralashtiring. Aralashmani kimyoviy stakanga solib, ustiga 20 gramm 70 % li sulfat kislotani sekin – asta qoʻshing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib turing. Sodir boʻlgan kimyoviy jarayon natijasida aralashma isib ketadi. Aralashma sovuganda hosil boʻlgan kukun oddiy superfosfat ya’ni, CaSO4 aralashgan Ca(H2PO4)2 dir.
Oddiy superfosfat nam taʻsirida qotib qolmasligi uchun hozirgi kunda grammlar, yaʻni, donador holda ishlab chiqarilmoqda. Oddiy superfosfatda 14 – 20 % P2O5 boʻladi.
3. Qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2
Bu oʻgʻit konsentrlangan mineral oʻgʻit hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi.
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2
Qoʻsh superfosfatda 40 – 50 % P2O5 boʻladi.

Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling