Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazrligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti biologiya fakulteti


FOSFORLI OʻGʻITLARNING ARZON TEXNOLOGIK USULLARINI ISHLAB CHIQARISH


Download 63.42 Kb.
bet11/12
Sana30.04.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1404495
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fosfor kurs ishi Asror

FOSFORLI OʻGʻITLARNING ARZON TEXNOLOGIK USULLARINI ISHLAB CHIQARISH
Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish tarmogʻi kimyo sanoatining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz paxta yetishtiruvchi asosiy mintaqa boʻlgani sabab­li, mineral oʻgʻitlarning paxtachilikdagi roli juda kat­ta. Hosildorlikni oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Umuman, qishloq xoʻjaligini yalpisiga kimyolashtirishda asosiy rol oʻynaydi.
Maʻlumki oʻsimlik tarkibi, asosan 10 ta elementdan tashkil topgan boʻlib azot, fosfor, kislorod, kaliy, magniy, temir, oltingugurt, kalsiy, uglerod, vodorod ularning 90 % ini uglerod, vodorod, kislorod tashkil qiladi. Oʻsimlik oʻsish davrida bu elementlarni havodan va yerdan qabul qiladi. Shu sababli hosildorlik yuqori boʻlishi uchun shu elementlarning yerdagi miqdori yetarli boʻlishi kerak. Bu elementlardan ayniqsa kerakligi azot, fosfor va kaliy hisoblanadi, shu sababli bu element­larni ozuqa moddasi yoki mineral oʻgʻitlar deb ataladi. Deyarli barcha mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, natriyli selitra chili selitrasi, sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. Mineral o‘g‘itlar XIX-asrdan tarqalaboshlagan. XX-asr oʻrtalaridan mineral o‘g‘tlarni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. mineral o‘g‘tlar tuproqqa uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga kuchli ta’sir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga ta‘sir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utloqlarning umumiy mahsuldorligiga fa‘ol ta‘sir qiladi. Mineral o‘g‘tlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub tolali ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. Mineral o‘g‘tlar organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra mineral o‘g‘tlar bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʻni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash mineral o‘g‘itlar zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bevosita ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar (ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi, mineral o‘g‘itlar qattiq, yaʻni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.
Shunday qilib mineral oʻgʻitlarni 3 gruppaga boʻlish mumkin: fosforli, azotli va kaliy oʻgʻitlar. Oʻsimlik hayoti uchun zarur boʻlgan (ozgina miqdorda boʻlsa ham) element­lar (Mn, Ni, Co, Br, Zn) bor oʻgʻitlar mikro oʻgʻitlar deb ataladi. Qishloq xoʻjaligida mineral oʻgʻitlar bilan bir qatorda organik oʻgʻitlar ham qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjalik zararkunandalari bilan kurashuvchi moddalar pestitsidlar deb ataladi. Yovvoyi oʻtlar bilan kurashuvchi moddalar esa gerbitsidlar deb ataladi.
Fosfor oʻsimlik uchun asosiy ozuqa moddalaridan biri hisoblanadi. Fosfor oʻsimlik hayoti uchun zarur boʻlgan moddalar tarkibiga kiradi (fermentlar, vitaminlar va boshqalar). Ayniqsa oʻsimlik donida, urugʻida oqsil-nukleoprotein sifatida 1,6 % ga qadar P2O5 uchraydi. Fosfor bilan muntazam oziqlantirilgan donli oʻsimliklar hosildorligi oshadi, kraxmal va qand miqdori koʻpayadi.
Respublikamizda, asosan suvda eruvchan oʻgʻitlar qoʻllaniladi, bular jumlasiga oddiy va qoʻshsuperfosfat kiradi.Fosforli oʻgʻitlar tabiiy minerallar - fosforit va apatitdan olinadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida fosforitlar Janubiy Qozogʻistonda Kara-Tau konida uchraydi. Shu kunlarda Oʻzbekistonning Qizilqum fosforit konlaridan ham foydalanilmoqda. Hozirgi kunda deyarli hamma zavodlar fosforli oʻgʻitlarni Kara-Tau fosforitlaridan ishlab chiqarmoqdalar. Oddiy superfosfat kulrang, mayda kukun yoki donalar holida boʻlib, tarkibida 14-18 % P2O5 ega boʻlgan suvda eruvchan oʻgʻitlardir. Oddiy superfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzining oddiyligi va arzonligi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdagi fosforitlarni sulfat kislota bilan qayta ishlashga asoslangan:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4
Hosil boʻlgan aralashma, yaʻni monokalsiy fosfat va gipsdan tashkil topgan mahsulot oddiy superfosfat deb ataladi. Tabiatdagi fosforit tarkibida qator aralashma­lar boʻlishi mumkin. Bular qatoriga karbonatlar, temir va alyuminiy birikmalari, kalsiy ftorit, qum va bosh­qalar kiradi. Shu sababli fosforitni sulfat kislota bilan parchalash jarayonida sulfat kislota fosforit bilan reaksiyaga kirishib sulfatlar, fosfatlar, ftoridlar hosil qiladi, ftor esa gaz holatida (HF, SiF4) havoga chiqib ketishi mumkin. Ftor birikmalari zaharli boʻlgani sababli, chiqindilar gazlar suv bilan tozalana­di. Oddiy superfosfatni ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Fosforit unumini sulfat kislota bilan aralashtirish.
2. Aralashmani mahsus parchalash kamerasiga joʻnatish.
3. Hom superfosfatni omborda 10 kunga qadar saqlab yetiltirish.
Texnologik sxemasi sodda va jarayonlar ham oddiy boʻlganligi sababli superfosfat qolgan fosforli oʻgʻitlaridan ancha arzon boʻladi. Yuqori sifatli fosforga boy boʻlgan oʻgʻitlarni ish­lab chiqarish uchun fosfor kislota boʻlishi kerak. Masa­lan qoʻshsuperfosfor va ammofos oʻgʻitlari fosfor kis­lota asosida olinadi. Shuning uchun birinchi navbatda fos­for kislotani ishlab chiqarish kerak. Hozirda fosfor kislota ikkita usul bilan - ekstraksiya va termik usul bilan, Respublikamizda, asosan ekstraksiya usul bilan olinadi. Ekstraksiya usuli tabiiy fosforitlarni sulfat kislota bilan parchalash jarayoniga asoslangan.
Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 +nH2O = H3PO4 + 5CaSO4 × nH2O + HF
Uch kalsiy fosfat bilan bir qatorda, fosforit tar­kibidagi aralashmalar ham parchalanadi. Masalan; temir, alyuminiy, magniy birikmalari sulfat birikmalariga aylanadi. Texnologik jarayon sxemasi, asosan ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchisi - fosforitni sulfat kislota ishtirokida parchalash va ikkinchisi - fosfor kislotani choʻkmadan (fosfogipsdan) ajratishdan iborat. Ekstraksiya usuli bilan olingan fosfat kislota hozirgi davrda, asosan ammofos oʻgʻiti ishlab chiqarish uchun qoʻllaniladi. Ammofos murakkab oʻgʻitlar turkumiga kirib tarkibi­da 42-44 % P2O5 va 10-12 % azotga ega. Ammofos ishlab chiqarish jarayoni fos­for kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash reaksiyasiga asoslangan:
H3PO4(s) + NH3(g) = NH4H2PO4(q) + 147 kJ
H3PO4(s)+ 2NH3(g) = (NH4)2HPO4(q) + 215 kJ
Ammofos ishlab chiqarish jarayoni, asosan 4 bosqichdan iborat: Fosfor kislotani mahsus neytrallash apparatida ammiak bilan neytrallash. Bu reaksiya ekzoter­mik boʻlgani sababli, neytralizatorda issiqlikdan foydalanib qisman eritma bugʻlatiladi va quyuqlashtiriladi. Bugʻlatish apparatlarida 55-56 % suvli eritma 18-25 % suv qolguncha quyultiriladi. Hosil boʻlgan suspenziya 112-115°C darajada quritish va donadorlash bosqichga yuboriladi. Dona shakliga kelgan mahsulot qoʻshelak orqali 3 xil fraksiyaga boʻlinadi: yirik qismi mayda­lovchi apparatga, mayda qismi donadorlash apparatiga qayta retur sifatida yuboriladi. Ikkinchi elakda qolgan qismi mahsulot sifatida sovitilib qoplanadi.
Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisob kitoblarga qaraganda, gʻuza 1 tona paxta hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxminan 50% oʻgʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% yetishtirish texnologiyasi orqali taʻminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda qoʻllanilgan NPK mineral oʻgʻitlarning har bir kg oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini beradi. Oʻzbekistonda azot, fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0, 75:0,35 qilib belgilangan. Jahonda 20-asrning 90-yillari boshida 150 mln tonnadan koʻproq mineral o‘g‘tlar ishlab chiqarildi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda; Organik va Noorganik kimyo sohasida oʻgʻitlar ishlab chiqarishda keng koʻlamda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda yangi-yangi zavodlar qurilib yuksak darajali kaliyli, azotli, fosforli va meniral oʻgʻitlar ishlab chiqarilmoqda yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday oʻgʻitlar oʻta sifatlidir. Shuni aytib oʻtish kerakki fosforli oʻgʻitlar ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lib qishloq xoʻjaligi uchun juda ham zarur boʻlgan oʻgʻit hisoblanadi. Oʻz vaqtida kerakli joy oʻgʻitlansa tuproq unumdorligi oshib moʻl hosil olishga va hosilni tez yetilishiga zamin yaratiladi. Ammo bunday oʻgʻitlarni keragidan ortiq yerga berish yaramaydi. Meyoridan ortiqcha solingan oʻgit yerni meniral holatini buzibgina qolmay balki hosildorlikni anchagina pasaytiradi. Agar tuproq unumdorligi past joylarga 1-gektar joyga 40-60 kg gacha berilsa bunday yerlar oʻz samarasini bermasdan qolmaydi.
Oʻsimliklar fosforlarni qabul qilish harorat omiliga bogʻliq. Tuproqning haroratini pasayishi bilan fosforning sabzavotlarni yemishi kamayadi. Ular 10-12 ° C darajasida etishmasligidan azob chekmoqda. Fosfor past haroratlarda ildizlar tomonidan soʻralishi mumkin, ammo yuqori joylarga koʻchib oʻtmaydi va har bir madaniyat uchun normal harorat darajasiga singib ketmaydi. Agar havo harorati tuproqning haroratidan yuqori boʻlsa, unda fosfor ildizdan tashqari oziqlantirishda oʻsimliklar tomonidan yaxshiroq soʻriladi. Olingan hosildorlik bilan turli sabzavotlar fosforga uncha taʻsir qilmaydi. Uning pomidoriga 0,8, bodring - 0,7, karam - 0,9, sabzi - 1,0, kartoshka - 1 kg. Foydalanilgan xlorli o'g'itlar sabzavotlarda fosforni kamaytiradi. Osimliklardagi normal hayot faoliyati davomida ildizlar va havo qismlari oʻrtasida fosforli birikmalarning jadal almashinuvi doimo yuz berishi kerak. Aks holda, to'xtashi va boshqa o'sish buzilishi muqarrar. Shu asosda tuproqdagi doimiy fosforli o'g'itlar kontsentratsiyasini saqlab qolish ulardan foydalanishning eng yaxshi shartidir.


Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling