Tadqiqotchi olimlar tomonidan agrokimyo sohasida o‘g‘itlarni manba ko‘rinishida, xususan fosforli o‘g‘itlarni donador holatda qo‘llashning katta ahamiyatga EGA ekanligi isbotlandi


-yilda qaytariqlar bo‘yicha nok va behi hosildorligi, t/ga


Download 79.83 Kb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi79.83 Kb.
#1784994
1   2   3   4   5
2023-yilda qaytariqlar bo‘yicha nok va behi hosildorligi, t/ga

Tajriba variantlari

Qaytariqlar

M

± m

σ

P %

I

II

III

Nazorat (o‘g‘itsiz)

20,12

15,70

19,20

18,34

1,345

2,332

7,3

NPK-120-90-30 kg +60-45-15 kg dan 2 marta oziqlanti-rish, oddiy o‘g‘it

22,92

19,37

21,30

21,17

1,053

1,827

5,0

NPK-120-90-30 kg +60-45-15 kg dan 2 marta oziqlanti-rish, donador o‘g‘it

29,40

24,22

24,82

26,15

1,037

2,833

6,2

Donadorlashtirilgan ko‘rinishdagi o‘g‘itlarni qo‘llash nok va behi hosilining oshishida ijobiy rol o‘ynashi bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida hosil sifati, shuningdek nok va behining o‘sishiga qulay ta’sir ko‘rsatadi.


Keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, o‘g‘itlar nok va behining vazni va ularning hajmini yuqori darajada oshiradi. Mazkur ko‘rsatkichlarning eng yuqori o‘lchamlari donadorlashtirilgan o‘g‘itlar berilgan variantda qayd etildi.
Novdalarning o‘sishi donadorlashtirilgan o‘g‘it berilgan variantda nazoratga nisbatan eng yuqori bo‘ldi. Novdalarning o‘sish o‘lchami bo‘yicha ikkinchi o‘rinni oddiy o‘g‘it berilgan variant egalladi. Agar nazoratda novdalarning o‘rtacha uzunligi 2009 yilgi o‘suv davri oxirida 81,4 sm va 2023- yilda 146,5 sm ga, oddiy o‘g‘it berilgan variantda esa mos holda 118,0 va 149,9 sm ga teng bo‘lgan bo‘lsa, u holda donadorlashtirilgan o‘g‘it berilgan variantda mazkur ko‘rsatkich 2009 yilda 129,5 va 2023- yilda 165,6 sm ga yetdi.
Shu bois o‘g‘itlarni bitta tajribada (donador shakldagi o‘g‘itlarni 40-60 sm chuqurlikka solish) qo‘llash tadbirini inab ko‘rish katta qiziqish uyg‘otdi. Aniqki, mazkur tadbirni qo‘shish o‘g‘itlarning samaradorligini yanada oshirishi mumkin, chunki donadorlashtirilgan ko‘rinishda o‘g‘itlar solingan muayyan chuqurlikda yaratilgan fosfatlar manbai bilan nok va behi ildizlari o‘rtasida qulay tutashish sharoiti yuzaga keladi.
Mazkur masalani yoritish uchun 2023-yilda Baxmal nok va behichilik xo‘jaliklarida qator oralig‘i va qatordagi o‘simliklar orasi 2,5 m masofada ekilgan, vertikal so‘rilarda o‘stirilgan Bayan SHirey navida dala tajribalari o‘tkazildi.
Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni chuqur solish usulini sinashga kirishishda oddiy o‘g‘itlarni chuqur solishdagi kabi faraz ko‘zda tutildi va bunda tajribalar tuproqda kichik fosfat manbalarini yaratishga yo‘naltirildi, ya’ni bunda o‘g‘itlarning tuproqqa yondashish maydoni ancha qisqaradi. Bundan kelib chiqqan holda tuproqning yuqorigi gorizontidagi (0-25 sm), o‘g‘itlar chuqur beriladigan gorizontdagi (25-50 sm) va o‘g‘it berishning har qanday sinalayotgan usulida ham teng sharoitda o‘g‘itlar bilan ta’minlanuvchi gorizontdagi (50-75 sm) eruvchan ammoniy karbonat fosfatlarning miqdorini o‘rgandik. Mazkur tadqiqot natijalari 3.1.2-jadvalda keltirilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, donadorlashtirilgan o‘g‘itlar oddiy usulda berilgan variant va nazorat varianti o‘g‘itlangan variantga nisbatan juda kam farqlanadi. Oddiy va donadorlashtirilgan o‘g‘itlar uqur berilgan variantlarda yuqorigi gorizontdagi (0-25 sm) harakatchan fofatlar miqdori deyarli dastlabki ikki variantdagi kabi chegarada o‘zgaradi.
3.1.2-jadval

Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling