Oziq-ovqat tarkibidagi kul miqdorini aniqlash. Oziq-ovqat tarkibidagi kaltsiy va magniy miqdorini aniqlash
Download 0.99 Mb.
|
Oziq-ovqat tarkibidagi kul miqdorini aniqlash. Oziq-ovqat tarkib (1)
OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI KUL MIQDORINI ANIQLASH. OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI KALTSIY VA MAGNIY MIQDORINI ANIQLASH Oziq-ovqat mahsulotlaridagi mineral elementlarni mikro- va makroelementlarga bulish kabul qilingan. Makroelementlar bu oziq-ovqat mahsulotlarida nisbatan katta miqdorda (100 g.da 1 mg.dan yuqori) mabjud bo’lgan mineral moddalar hisoblanadi. Ularga kaltsiy, magniy, natriy, kaliy, fosfor, hlor va boshqalar tegishli. Mikroelementlar oziq-ovqat mahsulotlarini 100 g.da 1 mg.dan kam miqdorda uchraydigan mineral moddalardir. Ularga ftor, yod, mis, ruh, marganes, mishyak, brom, aluminiy va boshqalar tegishli. Mineral moddalar oziq-ovqat mahsulotlarida, nafaqat, tabiiy tarkibiy kismi sifatida, shuningdek, ularning oziq-ovqat mahsulotlariga boshqa manvalardan utishi bilan bog’liq holda ham mabjud bulishi mumkin. Bu mineral moddalar mahsulot tarkibiga uni ishlab chiqarish tehnologik jarayonida ishlatiladigan jihoz va reaktiblardan, mahsulotlarni saklash va junatishda idish va kadoklash materiallardan, shuningdek, mahsulotlarni konservalashda ishlatiladigan antiseptiklardan va boshqalardan utishi mumkin. Mineral elementlarning umumiy miqdori kul moddasi miqdori buyicha aniqlanadi. Kul va kul moddalari tadkik etilayotgan mahsulotdagi organiq moddalarni to’liq kuydirilishda olinadigan koldik hisoblanadi. Organiq moddalar qizdirilganda kuyadi, kuyish mahsulotlari esa uchib kctadi, ammo mineral moddalar saklanib koladi va ularning massasi aniqlanadi. Bcbosita mahsulotning strukturasiga kirubchi mineral moddalar toza kul deyiladi. U o’ta kimmatli hisoblanadi, chunki aynan uning miqdori, mahsulotning fiziologik qiymatini belgilaydi. Tarkibida aralashmalar mabjud bo’lgan kul nam kul dcyiladi. U nafaqat, tadkik ctilayotgan ovyekt tarkibiga kirubchi mineral moddalardan, shuningdek, unga tasodifan tushib kolgan begona aralashmalardan (kum yoki qizdirish paytida mineral tuzlar bilan birga erigan kumir zarrachalari yoki karbonat tuzlari kurinishidagi boglangan karbonat kislotasi) iborat bulishi mumkin. Nam kulning yuqori miqdori mahsulotning ifloslanganlik darajasini tavsiflaydi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling