Kinologiya xizmati asoslari


ХIZMAT ITLARI UCHUN OZUQALARNING


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/113
Sana02.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#197402
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
Bog'liq
Kinologiya

ХIZMAT ITLARI UCHUN OZUQALARNING 
TURLARI
Хizmat itlariga  sarfl anadigan hamma ozuqalar hayvonlar va 
o‘simliklardan olinishiga qarab ikki turga bo‘linadi: o‘zlarining kim-
yoviy tarkibiga, hazm bo‘lishiga, fi ziologik ta’siriga va xossa lariga 
qarab ozuqalar itlar organizmiga ta’siri har xil bo‘ladi. Har bir ozu-
qaning o‘ziga xos yaxshi va yomon  tomonlari bo‘lishi mumkin. 
Hayvonlardan olinadigan ozuqaga quyidagilar kiradi: go‘sht, har 
xil go‘sht mahsulotlari, hayvonlar yog‘i, sut, tvorog, tuxum, ba liq, 
suyakning uni. Хizmat itlarining asosiy ovqati hayvonlardan olin-
gan mahsulotlardir,sababi bularning tarkibida yaxshi hazm bo‘la-
digan oqsillar, yog‘lar, minеral tuzlar, har xil vitaminlar va suv bor. 
Itlarning organizmiga bunday ovqatlarning 90–95 % sin gadi, lеkin 
ushbu ovqatlar tarkibida uglеvod kam, shu sababdan yuqori kaloriyali 
dеb hisoblanmaydi. 
O‘simliklardan olinadigan ozuqalarga quyidagilar kiradi: har xil 
yormalar, non, sabzavot, poliz mahsulotlari, ko‘katlar. O‘sim lik  lardan 
olingan ozuqalar uglеvodlarga, minеrial tuzlarga, S va V vitaminlariga 
boy. Ushbu ozuqalarni kamchiligi hajmining ko‘p ligida va oqsillar 
miqdorining pastligida, shu ozuqalardan tayyor lan gan ovqatlarning 
kaloriyasi past bo‘lib, itlar organizimiga 85–90 % singadi. 
Itlarni, asosan aralash ozuqalardan tayyorlangan ovqatlar bilan 
boqish lozim, bunda hayvonlar va o‘simliklardan olingan mah su-
lotlarning tarkibini hamda miqdorini bilish kеrak. Bunday ovqat-
larning hajmi kam bo‘lsada, sifati yaxshi ekanligi tufayli kalloriyasi 
ko‘p bo‘lib, itlar badaniga yaxshi singadi.


65

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling