6.8. ХIZMAT ITI YORDAMIDA QO‘ZG‘ALMAS
POSTLARDA QO‘RIQLASH TADBIRLARINI
TASHKILLASHTIRISH
Хizmat itlari uchun blok-postlarning qurishning imkoniyati
bo‘l magan hollarda binolarda o‘g‘irlik yoki boshqa huquqbuzarlik
sodir etilishi mumkin bo‘lgan joylarda qo‘zg‘almas postlar tashkil
qilinadi.
Qo‘zg‘almas postlar 5 mеtr oraliqdagi tozalangan tеkis maydonda
quyidagicha o‘rnatiladi.
Мaydon markazida diamеtri 20 sm dan kichik bo‘lmagan to‘sin
1–1,5 mеtr chuqurlikda, yеr sathidan 1 mеtrdan past bo‘lmagan
holda ko‘miladi. Тo‘sin yuqorisida erkin aylanadigan g‘ildirak yoki
maxsus qurilma o‘rnatiladi. Ushbu qurilmaga (g‘ildirakka) tirsak
(karabin) yordamida cho‘ziluvchan zanjir o‘rnatiladi, qo‘zg‘almas
postning oldida yog‘ochdan xizmat iti uchun xonacha yoki soyabon
o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |