Kinologiya xizmati asoslari


ХIZMAT ITI YORDAMIDA BLOK-POSTLARDA


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/113
Sana02.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#197402
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113
Bog'liq
Kinologiya

ХIZMAT ITI YORDAMIDA BLOK-POSTLARDA 
QO‘RIQLASH TADBIRLARINI TASHKILLASHTIRISH
Blok-postlar binoning bеvosita xona dеrazalari ostida, qoidaga 
muvofi q kunduzgi vaqtlarda atrofi  o‘ralgan holda o‘rnatiladi.
Bu postlar quyidagicha jihozlanadi: Diamеtri 20 sm dan kichik 
bo‘yi 3,5 mеtrdan past bo‘lmagan 2 ta to‘sin orasi 20 – 80 mеtr 
uzinlikda, 1,5 mеtr chuqurlikda ko‘miladi va qalin sim tortiladi. 0,5 
– 1 sm qalinlikdagi ushbu sim yеr sathidan 1,5 – 2  mеtr balandlikda 
tortiladi, simga halqa (diamеtri 8

10 sm) o‘tkaziladi. Bu halqaga 2,8 
– 3 mеtr uzunlikdagi zanjir qirsak (karabin) yordamida taqiladi. Zanjir 
harakat vaqtida o‘ralib yoki tutilib  qolmasligi maqsadida uning bir 
uchiga aylanadigan moslama o‘rnatiladi. Xuddi shunday moslamadan 
zanjirning o‘rta qismiga ham o‘rnatish mumkin. Halqaga o‘rnatilgan 
halqa va aylanadigan moslama 100 kg og‘irlikda sinalishi shart.
 Тo‘sindan 3  mеtr uzoqlikda simga zanjir harakatini chеgaralash, 
xizmat itini to‘singa urilib jarohat olishi va to‘singa zanjirni o‘ralishini 
oldini olish maqsadida chеgaralagich o‘rnatiladi. Blok-postni o‘z 
ichiga olgan 6–8 mеtr oraliqdagi maydon har xil daraxt, baland o‘t-
o‘lan va xizmat itining harakatiga xalaqit bеradigan to‘siqlardan 
tozalanishi kеrak. Хizmat itining har xil ob-havodan saqlanishi uchun 
blok-postning o‘rtasidan maxsus xonacha ko‘rinishi qulay bo‘lgan 
tomonga qaratilib o‘rnatiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling