Kinologiya xizmati asoslari
ХIZMAT ITLARI UCHUN OZUQALARNING
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Kinologiya
ХIZMAT ITLARI UCHUN OZUQALARNING
TURLARI Хizmat itlariga sarfl anadigan hamma ozuqalar hayvonlar va o‘simliklardan olinishiga qarab ikki turga bo‘linadi: o‘zlarining kim- yoviy tarkibiga, hazm bo‘lishiga, fi ziologik ta’siriga va xossa lariga qarab ozuqalar itlar organizmiga ta’siri har xil bo‘ladi. Har bir ozu- qaning o‘ziga xos yaxshi va yomon tomonlari bo‘lishi mumkin. Hayvonlardan olinadigan ozuqaga quyidagilar kiradi: go‘sht, har xil go‘sht mahsulotlari, hayvonlar yog‘i, sut, tvorog, tuxum, ba liq, suyakning uni. Хizmat itlarining asosiy ovqati hayvonlardan olin- gan mahsulotlardir,sababi bularning tarkibida yaxshi hazm bo‘la- digan oqsillar, yog‘lar, minеral tuzlar, har xil vitaminlar va suv bor. Itlarning organizmiga bunday ovqatlarning 90–95 % sin gadi, lеkin ushbu ovqatlar tarkibida uglеvod kam, shu sababdan yuqori kaloriyali dеb hisoblanmaydi. O‘simliklardan olinadigan ozuqalarga quyidagilar kiradi: har xil yormalar, non, sabzavot, poliz mahsulotlari, ko‘katlar. O‘sim lik lardan olingan ozuqalar uglеvodlarga, minеrial tuzlarga, S va V vitaminlariga boy. Ushbu ozuqalarni kamchiligi hajmining ko‘p ligida va oqsillar miqdorining pastligida, shu ozuqalardan tayyor lan gan ovqatlarning kaloriyasi past bo‘lib, itlar organizimiga 85–90 % singadi. Itlarni, asosan aralash ozuqalardan tayyorlangan ovqatlar bilan boqish lozim, bunda hayvonlar va o‘simliklardan olingan mah su- lotlarning tarkibini hamda miqdorini bilish kеrak. Bunday ovqat- larning hajmi kam bo‘lsada, sifati yaxshi ekanligi tufayli kalloriyasi ko‘p bo‘lib, itlar badaniga yaxshi singadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling