Kinovar, montanit, limonit, tantalit, kvarsit, oxaktosh, qum simob rudalari


Download 0.58 Mb.
bet6/6
Sana26.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1123542
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KINOVAR, MONTANIT, LIMONIT, TANTALIT, KVARSIT, OXAKTOSH, QUM

Ohaktoshlar — karbonatli choʻkindi togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsiydan yoki organizmlarning skeleti qoldiqlaridan, baʼzan aragonit minerali (CaCO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. Ohaktoshlarning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli Ohaktoshlar; 6 — 21% siO2+R2O, — mergelli Ohaktoshlar; kvars,qumtoshli va kremniylashgan Ohaktoshlar deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chakikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang. Koʻpincha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil qiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen Ohaktoshlar, foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga qarab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm natijasida Ohaktoshlar marmarga aylanadi. Ohaktoshlar eng koʻp tarqalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. Ohaktoshlar barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. Ohaktoshlarning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻliq boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 kg/m3 gacha (kristalli strukturali Ohaktoshlar). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli Ohaktoshlar nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli Ohaktoshlar esa, yaxshi silliklanadi. Ohaktoshlar sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) sifatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom-ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktoshlar muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. Oʻzbekistonda koʻplab Ohaktoshlar qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlashma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmoqda.
Qum(tuproq) — bir-biri bilan birlashmaydigan, erneng unimdor qatlami,mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi. Togʻ jinslarining mayda boʻlakcha (parcha)lari va turli minerallarning dumaloq va qirrali zarrachalaridan tarkib topgan.
Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra Q. daryo, koʻl, dengiz, flyuvioglyatsial, elyuvial, prolyuvial va eol Q.larga boʻlinadi. Odatda, Q.ning oʻlchami 0,05 mm dan 2 mm gacha boʻladi. Ular mayda donachali (0,1—0,25 mm), oʻrta donachali (0,25—0,5 mm), yirik donachali (0,5–1 mm) va juda yirik donachalidir (1–2 mm). Q, mineralogik tarkibiga koʻra, kvarsli, glaukonit-kvarsli, dala shpati-kvarsli va boshqa turlarga boʻlinadi. tarkibiy qismiga qarab, bir mineralli (oligomikt) va koʻp mineralli (polimikt) q. farq qilinadi. q. konlari keng tarqalgan. Q.da oltin, platina, olmos, sapfir, rubin, sirkon, rutil, tita-nit, ilmenit va boshqa koʻpgina qimmat-baho minerallar mavjud; bu minerallarning bir qismi foydali qazilma sifatida ajratib olinadi. Tabiiy va sunʼiy (togʻ jinslarini maydalash yoʻli bilan olinadigan) Q.dan qurilishda va qurilish materiallari ishlab chiqarishda; kvarsli Q.dan shisha, chinni, fayans, qurilish keramikasi ishlab chiqarish hamda quyma shakllar yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling