Kir yuvish mashinasi
Elektr kir yuvish mashinalari
Download 0.71 Mb.
|
Slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal aylanali kir yuvish mashinasi.
Elektr kir yuvish mashinalariKirni yuvish, chayish, siqish va quritish uchun mo‘ljallangan. Kirni siqish va quritish uchun qizdirish elementlari bo‘lgan quritish avtomatlari ishlatiladi. Kir yuvish mashinalari 3 turga bo‘linadi: avtomat, yarimavtomat va ultratovush orqali kir yuvuvchi mashinalar (bu texnik vosita deyarli ommalashmagan). Dunyo miqyosida, shu jumladan, bizning yurtimizda ham asosan 2 turdagi kir yuvish mashinalari ommalashgan, bular avtomat va yarimavtomat.Avtomat kir yuvish mashinalarida kirni yuvish bilan birga uni siqish va ishlatilgan suvni to‘kish jarayonlari ham avtomatlashtirilgan . Ular maxsus dastur orqali boshqariladi va juda ko‘p qulayliklarga ega. Avtomat kir yuvish mashinalari kirni mashinaga solish usuliga ko‘ra vertikal va frontal ko‘rinishdanbo‘lib, shu jihatdan ular bir-biridan dizayni bilan farq qiladi
Vertikal aylanali kir yuvish mashinasi.Bu turdagi mashinalar tuzilish mexanizmi jihatidan murakkabroq va shuning uchun ham tannarxi qimmat hisoblanadi. Bunday kir yuvish mashinalarining qulay tomoni qurilma enining kichikligi va shuning hisobiga ichki qismiga kiyimlar ko‘p miqdorda joylanishidadir. Bundan tashqari, yuviladigan kiyimlarning yuqoridan tashlanishi foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. Shuningdek, kir yuvish jarayonida esdan chiqib qolgan kiyimlarni yoki biron-bir qo‘shimcha yuviladigan narsalarni aralashtirish imkoni mavjud. Kamchiliklari qatoriga esa tannarxining qimmatligi (frontal kamerali kir yuvish mashinasidan sezilarli darajada qimmat), uzunligi va eni deyarli barcha modellarda bir xilligi, xaridor uchun tanlov borasida xilma-xillik yo‘qligini kiritish mumkin.Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling