Kir yuvish mashinalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari: 1. Kir yuvish mashinasi maishiy elektr jihozi bo‘lganligi sababli, undan foydalanishda elektr xavfsizligi talablariga rioya qilish lozim. - 2. Kir yuvish mashinasidan ruhiy va jismoniy, aqliy imkoniyatlari cheklangan, shuningdek, yosh bolalar foydalanishlari taqiqlanadi.
- 3. Kir yuvish mashinasini yoqishga mo‘ljallangan yerga ulangan ikki qutbli rozetkani favqulodda holatlarda mashinani elektr tarmog‘idan uzishga qulay joyga o‘rnatish kerak.
- 4. Kir yuvish mashinasini elektr tarmog‘iga ulashdan oldin ta’minot shnurida nosozlik mavjud emasligini tekshirib ko‘rish lozim. Shnur buklanmagan, tekis holatda bo‘lishi kerak.
- 5. Ta’minot shnuri buzilgan hollarda xavfsizlik nuqtayi nazaridan uni almashtirish ishlab chiqaruvchi, servis xizmati malakali mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi. 50°C dan yuqori haroratdagi suvdan foydalanish taqiqlanadi. Bu kir yuvish mashinasi plastmassa detallari shaklining o‘zgarishiga yoki uning to‘g‘ri ishlashiga zarar yetkazishi mumkin.
6. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun elektr tarmog‘iga ulanishda o‘tkazuvchi ko‘p o‘rinli (ikki yoki undan ortiq) rozetka va uzaytirilgan shnurlardan foydalanish hamda elektr shnuridan tortib o‘chirish taqiqlanadi. - 6. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun elektr tarmog‘iga ulanishda o‘tkazuvchi ko‘p o‘rinli (ikki yoki undan ortiq) rozetka va uzaytirilgan shnurlardan foydalanish hamda elektr shnuridan tortib o‘chirish taqiqlanadi.
- 7. Suv toshishi va mashina buzilishining oldini olish maqsadida yuvish bakini belgilangan maksimal darajadan ortiq miqdordagi suv bilan to‘ldirish taqiqlanadi.
- 8. Yuvish jarayoni yakunida rozetkadan ta’minot shnurini chiqarish orqali elektr tarmog‘idan uzib, mashinani o‘chirish kerak. Kir yuvish mashinasini tik holatda joylashtirish lozim. Agar noto‘g‘ri joylashtirilsa, kuchli shovqin ro‘y berib, buzilishga olib kelishi mumkin.
- 9. Kir yuvish mashinasining ostki qismida elektr dvigateli joylashganligi sababli uni gilam ustiga joylashtirish mumkin emas.
- 10. Agar kir yuvish mashinasi ifloslansa, uni kuchli bo‘lmagan suyuq yuvuvchi vosita bilan tozalash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |