Kirish : I bob. Yangilanayotgan va Uchinchi Renessansga qadam qoʻyayotgan Yangi Oʻzbekistonni va uning buyuk istiqbolini isloh etilayotgan taʼlim-tarbiya masalalarining dolzarbligi


Download 61.8 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi61.8 Kb.
#1165133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Tarbiya 2

MAVZUNING MAQSADI: Yangi O‘zbekistonda tarbiya masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi maqsadlari:
1).Tarbiyaning muhim masalalarini yoshlar hayotiga singdirilib borishi 2). Barcha sohalarda bo`lyotgan sohalarga yo`naltirish.
3). Bugungi va kelgusidagi harakat dasturi bo`lish.
4). Mafkuraviy tarbiya asosi. 5). Ma`naviy rag`batlantirish omili.
MAVZUNING VAZIFALARI: 1). Tarbiya masalalarida avvalo tarixni chuqur o`rganib undan saboq olish; o`zlikni anglash mezoni.
1
2). Xalq maqsadlari, istaklarini ifoda etib, jamiyat a’zolarini birlashtiradi. 3). Kelgusida ishonch va e`tabor manbai.
4).Yangi O`zbekistonda ta'lim tarbiya masalalaring davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida o'rnatilishi.
5). Xar bir inson ongli va qalbida “O`zbekiston yagona vatan” tushunchasini shakllantirishga hizmat qiladi.
KURS ISHI MAVZUSINING O'RGANGANLIK DARAJASI:.
E.Q.Abduraimov SamDU tadqiqotchisi, Sayfullaev, N., Abdullayev M ,Рашид А., Сабирова, Д. А. (2016). Олий таълим муассасаларида масофавий таълимни жорий этиштехнологиялари. Современное образование (Узбекистан), (11), 10.Жумаев, Н. З. (2022). Мотивация агрессивного поведения у педагогов. Science and Education,

I Bob. Yangilanayotgan va Uchinchi Renessansga qadam qoʻyayotgan Yangi Oʻzbekistonni va uning buyuk istiqbolini isloh etilayotgan taʼlim-tarbiya masalalarining dolzarbligi
1.1.“Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizmidan boshlanadi”
Yangilanayotgan va Uchinchi Renessansga qadam qoʻyayotgan Yangi Oʻzbekistonni va uning buyuk istiqbolini isloh etilayotgan taʼlim-tarbiya, ilm-fan va yuksak madaniyat ustunlarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.Zotan, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasini, xususan, taʼlimning asosiy va hal qiluvchi boʻgʻini hisoblangan xalq taʼlimi tizmi faoliyatini yana-da rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish, murabbiy va pedagoglar mehnatini munosib ragʻbatlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, taʼlim-tarbiya, ilm-fan va madaniyat sohasini uzviy rivojlantirish va ularni doimiy takomillashtirish ishlari davlat siyosatining asosiy va ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilanganligi, bu borada soʻnggi toʻrt yil ichida davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi tufayli huquqiyasoslar yaratilib, tegishli Qonunlar, Prezident Farmon va Qarorlarining qabul qilinganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinig har yili yil soʻngida Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllayotgan Murojaatnomasida, albatta, taʼlim-tarbiya sohasiga alohida eʼtibor berilishi va yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda: “Biz keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni Uchinchi Rennssans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik” - degan soʻzlari yangilanayotgan Oʻzbekistonda taʼlimning yangicha “oʻzbek modeli” yaratilayotganligidan dalolatdir. Davlatimiz rahbarining 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va shu orqali xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼlim-tarbiya tizmi haqida soʻz yuritib “Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizmidan boshlanadi” degan konseptual gʻoyani ilgari surdilar. Mazkur gʻoya asosida maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi, taʼlim-tarbiya tizmini tubdan isloh qilishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugun biz misli koʻrilmagan islohotlar, har bir soha va tarmoqlarda yangilanishlar yuz berayotgan tarixiy bir davrda yashayapmiz. Bu esa oʻz navbatida har birimiz uchun yon-atrofdagi munosabatlarga nisbatan dahildorlik hissimizni yana-da oshirishga xizmat qiladi. Prezidentimizning Murojaatnomada keltirilgan taʼlim tizmi xodimlarini qoʻllab quvvatlashga doir takliflari soha xodimlarini va taʼlim tizmi xodimi sifatida meni ham ruhlantirdi hamda masʼuliyatni yana bir hissa oshirdi. Jamiyatimizda oʻqituvchi-murabbiylar obroʻsini oshirish, ularning mehnatlarini eng hurmatli kasb egalari sifatida eʼtirof etish, pedagoglarning sharafli mehnatlarini munosib ragʻbatlantirish, taʼlim-tarbiya tizmini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, 2020-yilning 6-noyabr kuni “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi va bu tom maʼnoda davlatimizning pedagog maqomini ulugʻlash va taʼlim-tarbiya tizmini rivojlantirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasi boʻldi. Farmon yurtimizda oʻqituvchi va pedagog xodimlar, olimlar va ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat va eʼtiborni oshirish, taʼlim-tarbiya, ilm-fan sohalarini takomillashtirish, oʻquvchi-yoshlarimizning munosib bilim olishlariga, maʼnan va jismonan yetuk komil insonlar boʻlib voyaga yetishlariga yetarlicha imkoniyat yaratilganligi bilan muhim va ahamiyatlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning siyosiy irodasi va sayʼi-harakatlari natijasida taʼlim tizmida yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarga soʻnggi toʻrt yil ichida bosqichma-bosqich yechim topilayotganligi, jamiyatimizda pedagog maqomining nufuzi va obroʻsi oshib borayotgani, oʻqituvchi-pedagoglar va bolalar majburiy mehnatiga barham berilganligi, pedagoglar faoliyatida qogʻozbozlikning kamayganligi, ularga malaka toifasini berishning soddalashtirilganligi, pedagoglar malakasini oshirish ishlari takomillashtirilgani, ixtisoslashtirilgan, ijod va Prezident maktablari ochilganligi, oliy taʼlim muassasasi bilan umumtaʼlim maktablari oʻrtasida integratsiyalashgan hamkorlikning yoʻlga qoʻyilganligi, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarining yildan-yilga oshirilishi, oʻqituvchi-murabbiylar mehnatiga haq toʻlash tizmi takomillashtirilib, ularning oylik maoshlari sezilarli darajada oshgani, mazkur oʻzgarish va sharoitlar natijasi oʻlaroq umumtaʼlim maktablariga erkak oʻqituvchilarning qaytgani, taʼlimdagi natijadorlik sondan sifatga oʻzgarganligi, xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblar safida yoshlarimizning safi kengayganligi, bularning barchasi bevosita prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shaxsi va faoliyati bilan bogʻliq. Hech shubxasiz yurtboshimiz “yangi Oʻzbekistonning taʼlim meʼmoridir”. Meni taʼlim tizmi xodimi sifatida eng quvotirgan holat shundaki, oʻqituvchining jamiyatda mavqeini oshirishga har tomonlama harakat qilinishi natijasida xalq taʼlimi tizmiga qariyb 45 ming nafar erkak oʻqituvchilarning qaytganligi boʻldi. Ayniqsa, bu oʻz kasbini millat farzandi taʼlim-tarbiyasi yoʻlida uzviy bogʻlagan erkak oʻqituvchilarimizni quvontirdi. Bugun barchamiz davlatimiz mustaqilligining muborak 30 yilligini keng nishonlash arafasida turibmiz.2 Taʼbir joiz boʻlsa, bu barchamiz uchun juda katta bir toʻy misolidir. Taʼlim-tarbiya sohasida boʻlayotgan mana shunday tarixiy oʻzgarish va islohotlar esa toʻyimizga toʻyonadir. Oradan yillar oʻtadi, odamlar oʻtadi. Lekin bugun biz boshlagan ulkan oʻzgarishlar, sharoitlar mevasi oʻlaroq ertaga maydonga yangi Oʻzbekistoning yangi yoshlari chiqadi.

Download 61.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling