Kirish – odam anatomiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojlanish tarixi reja
Download 42.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anatomiyaning o`rganish usullari
Topografik anatomiya- a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro
munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi. Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog`liq atrof-muhit ta‘sirida shakillanish qonuniyatlari bilan birgalikda o`rganadi. Anatomiyaning o`rganish usullari. Odam anatomiyasining o`rganish usullari bir necha xil bo`lib odam tuzulishi haqida to`liq tassavvur hosil qilishda murdani yorib ko`rish usulidan foydalanib o`rganiladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo`lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo`llanib o`rganiladi. Bular quyudagilardir. 1. Antropomеtrik usul – bo`y uzunligi, tana vazni, ko`krak qafasi aylanasi, yеlka kеngligi kabilar o`lchanib o`sish va rivojlanishi o`rganiladi. 2. Kesib ochish yo`li bilan preparatlar tayyorlash 3. Arralash usuli- murda muzlatilib, o`rganiladigan a‘zosi bo`lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a‘zolar topografiyasi haqida kengroq ma‘lumot olinadi. 4. In‘eksiya usuli- ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bo`yoqlar yuborib o`rganiladi. 5. Yoritish ravshanlashtirish usuli- o`rganiladigan a‘zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib ko`riladi. 6. Karroziya yoki yemirish usuli kovak a‘zolariga tez qotadigan modda yuborib so`ngra kislota yoki ishqor ta‘sirida a‘zo to`qimalari yemiriladi va u a‘zoning shakli o`rganiliadi 7. Rentgen nuri yordamida o`rganish usuli- tirik odam tuzulishini o`rganishga keng imkon beradi. 8. Paypaslab o`rganish usuli- a‘zo chegralarini o`rganadi 9. Perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan urib aniqlash usuli, a‘zo chegaralari o`rganiladi. 12. Auskultatsiya usuli – maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, o`pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi. Download 42.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling