Kirish. 1-bob. Auditning mohiyati, rivojlanish tarixi, maqsadi va vazifalari


Download 64.84 Kb.
bet1/11
Sana03.02.2023
Hajmi64.84 Kb.
#1151436
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
REJA1


MAVZU: AUDITNING MOHIYATI VAZIFALARI VA AHAMIYATI.

REJA:
KIRISH.


1-BOB. AUDITNING MOHIYATI, RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI.
1.1 Audit va uning paydo bo’lishi.
1.2 Auditning maqsadi, vazifalari va axborot manbalari.
1.3. Audit va taftish.
2-BOB. O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatini tartibga solish.
2.1 Auditorlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy asoslar.
2.2 Auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi.
2.3 Audit ma’lumotlarini rasmiylashtirish.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
ILOVALAR.

KIRISH.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar o’zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari to’g’risida berilgan beg’araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aksiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.
Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’pisida» gi qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no-mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarini hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tekshirish ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur.
Shu jihatdan «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
Uning asosiy maqsadi - moliyaviy buxgalteriya hisobotlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, sub’ekt faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, hisob yuritish bo’yicha maslahatlar berish va boshqalardan iborat. «Audit» fanini o’rganish uning turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni tekshirishda tutgan o’rnini tushunish va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan boyitishni vazifa qilib qo’yadi.
Bugungi kunda rеspublikamiz iqtisodiyotining dеyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash, tеxnik va tеxnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining kеng ko’lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kеngaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo– mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida rеal sеktor korxonalarini qo’llab-quvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Zеro, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur еtkazishi mumkin. Bunday korxonalarni bankrot deb e'lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy o’zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali еchim hisoblanadi.
Yuqoridagilarni ijobiy hal etish o’z navbatida buxgaltеriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit oldiga ham bir qancha masalalarni dolzarb qilib qo’yadi, jumladan: xo’jalik yurituvchi sub'еktlar tomonidan amalga oshiriladigan xo’jalik opеratsiyalarini buxgaltеriya hisobining milliy va xalqaro standartlar talablari asosida hisobda aks ettirish, moliyaviyxo’jalik faoliyatini va iqtisodiy barqarorligini tahlil qilish, moliyaviy hisobotini va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida auditorlik tеkshiruvini o’tkazish hamda boshqa malakali xizmatlar ko’rsatish va h.k.
Xo’jalik yurituvchi sub'еktning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa bеrishda auditorlar o’zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zеro auditorlar tomonidan xo’jalik sub'еktining moliyaviy hisobotlari to’g’risida bеrilgan bеg’araz xulosadan mulk egalari, invеstorlar, krеditorlar, banklar aktsiyalarni sotib olishda va sotishda, krеditlar va qarzlar bеrish to’g’risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.


Download 64.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling