Kirish: 1-bob Motoo’qchi guruh razvedka qidiruv o’ziga xos xususiyatlari
Download 32.95 Kb.
|
KURS ISHI Т улкин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy umumqo’shin janglarida razvedkaning o’rni va unga qo’yilgan talablari.
- 2.2 Motoo’qchi guruh bilan turli xil jangovor harakatlarda razvedkani olib boorish.
- Tayanch so‘zlar
KURS ISHI Mavzu:Motoo‘qchi guruhni razvedka-qidiruv razvedka - zarba harakatlari. Bajardi:T.Sh.Durnazarov Ilmiy rahvar:J.A.To’rayev KIRISH: 1-bob Motoo’qchi guruh razvedka qidiruv o’ziga xos xususiyatlari. Razvedka haqida tushuncha. Zamonaviy umumqo’shin janglarida razvedkaning o’rni va unga qo’yilgan talablari. 2-bob Motoo’qchi guruhlari bilan turli xil jangovor harakatlarda razvedkani tashkillashtirish va olib borishning asosiy tushunchalari. 2.1 Motoo’qchi guruh bilan turli xil jangovor harakatlarda razvedka zarba harakatlarini tashkillashtirish. 2.2 Motoo’qchi guruh bilan turli xil jangovor harakatlarda razvedkani olib boorish. Harbiy san’at ilmiy nazariya sifatida uchta tarkibiy qismga bulinadi-strategiyaga, tezkorlik (operativ) san’atiga va taktikaga. Strategiya-harbiy sanatning tarkibiy qismi va yukori kulami bo‘lib, mamlakat va Qurolli Kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyotini urush va strategiya tadbirlarini rejalashtirish va olib borishni o‘z ichiga oladi. Tezkorlik san’ati-harbiy sanatning tarkibiy kismi bo‘lib, Qurolli kuchlar turlari birlashmalarining nazariy va Amaliy tayyorgarligi ko‘rinishlarini xamda ularning xamkorlikda va mustakil tarzda operatsiyalar (jangovar harakatlar) olib borishini o‘z ichiga oladi. Taktika-harbiy san’atning tarkibiy kismi bo‘lib, Qurolli Kuchlarning turli ko‘rinishlari, qo‘shinlar turi (kuchlari) va maxsus qo‘shinlar bo‘linmalari va birlashmalarining nazariy va Amaliy tayyorgarligini va jang olib borishini o‘z ichiga oladi. U umumiy taktikaga va Qurolli Kuchlar turi, qo‘shinlar va maxsus qo‘shinlar turi taktikasiga bulinadi. Taktika nazariyasi-jangning konun koidalarini, xususiyatlarini va mazmunini urganadi, uni tayyorlash va olib borish usullarini ishlab chikadi, bo‘linma va birlashmalarning jangovar xususiyatlari va imkoniyatlarini xam aniklaydi. Taktika amaliyoti-komandirlar, shtablar va qo‘shinlarning jangga hozirlik ko‘rish va uni olib borish mobaynidagi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibiga: vaziyat xakida ma’lumotlarni muntazam ravishda aniklash; qarorlarni qabul qilish va buysunuvchilarga jangovar topshiriqlarni etqazish; jangovar harakatlarni rejalashtirish, olib berish; bo‘linma va birlashmalar boshqariluvi; jangovar harakatlarning ta’minoti kiradi. Ayni paytda umumiy taktikaga Qurolli Kuchlar turi taktikasiga, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar taktikasiga bulinadi. Quruqlikdagi qo‘shinlar taktikasi umumiy taktikaning asosini tashkil etadi. Taktikaning vazifalari. Taktika umumqo‘shin jangini xozirlash va olib borish usullarini urganadi va ishlab chikadi. U o‘z ichiga umumqo‘shin birlashmalari va bo‘linmalari taktikasini, shuningdek , Qurolli Kuchlar turlari va kuruqlikdagi qo‘shinlar tarkibiga kiruvchi qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar taktikasini oladi. U jangovar harakatlar ko‘rinishining mazmunini, o‘t ochuvchi va boshqa turdagi talofat etkazuvchi vositalar kulanilishining moxiyatini urganadi. Qo‘shinlar manyovri, yurishlar, jang oldi va jangdagi tartiblar shaklni ishlab chikadi, harbiy qo‘shin turi va maxsus qo‘shinlar birlashma va bo‘linmalarining umumqo‘shin jangidagi o‘rni va bajaradigan rolini va ularning vazifasini, shuningdek, ularni birgalikda jangovar kullash xamda ular orasidagi o‘zaro xamkorlik harakatlari usullarini belgilaydi. Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar taktikasi-ularga karashli yoki o‘zga turdagi Qurolli Kuchlar turi, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlarning birlashma va bo‘linmalarining umumqo‘shin jangidagi yoki mustakil tarzda jangovar kullash mobaynida xal qiluvchi maxsus topshiriklarini ishlab chikadi. Umumiy taktika Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shinlar turi, maxsus qo‘shinlar taktikasi bilan o‘zaro mustaxkam alokada bog‘langandir. Umumiy taktika Qurolli Kuchlar turi, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar birlashma,bo‘linmalarining umumqo‘shin jangda va uni olib borish mobaynida ularni birgalikda kullash tartib va usullarini belgilab beradi va shu bilan ular taktikasini takomillashtirishiga ta’sir kursatadi. O‘z navbatida yangi qurollar rusumi kiritilishi munosabati bilan qo‘shinlar turi, maxsus qo‘shinlar va Qurolli Kuchlar turlari taktikasidagi o‘zgarishlar umumiy taktikaning rivojlanib borishiga ma’lum darajada ta’sir kursatadi. Umumqo‘shin jangini olib borish, Qurolli Kuchlar turi va qo‘shinlar turi xamda maxsus qo‘shinlar birlashma va bo‘linmalarini jangda kullash buyicha tavsiyalarini takomillashtirishni talab kiladi. Taktikaning rivojlanishiga qurol va harbiy texnikaning takomillashtirish, qo‘shinlar shaxsiy tarkibidagi sifat o‘zgarishlari katta ta’sir kursatadi, ayniqsa, texnika rivojining jadallashuvi , qurolli kurash vositalarining va shaxsiy tarkibning jangovar ma’naviy sifatlari takomillashishi taktikadagi o‘zgarishlar sur’atini tezlatmokda. Sunggi yillarda yirik masshtabli janglar bulish xavfining kamayib borishi. Jangovar harakatlar yuritilish xususiyatlariga kura ko‘p mikdordagi qo‘shinlar guruhi kullanilmagan xolda, cheklangan xududlarda, lekin uta vaxshiylashgan ko‘rinishdagi turli qurolli mojarolar sodir bulish extimoli ortib bormokda. Sunggi yillarda qurolli mojarolarda olib borilgan jangovar harakatlar mobaynida taktikaning amaliy rivojlanishi borasida ko‘plab ijobiy tajribalar tuplanib, ularni taktik harakatlar shakli va usullaridagi yangilik va yaxlit harbiy san’atdagi progress sifatida kabul qilish mumkin. SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, sunggi un yillikdagi qurolli mojarolar va mintakaviy urushlar davomida olib borilgan jangovar harakatlar tizimida taktikaning xal qiluvchi roli anik belgilanadigan bo‘lib koldi. Jangovar harakatlar olib borishdagi asosiy ma’suliyat negizi taktik harakatlar tomonga ogib, qo‘shinlar tomonidan xal etiladigan taktik vazifalarning 75-80% ni tashkil etadi. SHundan xulosa qilish mumkinki, taktika qurolli kurashda ko‘zlangan maksadga erishishning negizi bo‘lgan va shundayligicha kolmokda. Ayni paytda qo‘shinlar taktik harakatlarining nazariy va amaliy rivojlanish jarayonida ruyobga chikkan quyidagi xolatlarni ta’kidlab o‘tish lozim: -bevosita harbiy to‘qnashuvdan buyin tovlaydigan, partizancha kurash olib borish tarafdori bo‘lgan, «Terror ko‘poruv, kurkitish» shiori bilan harakat kiladigan nomuntazam tuzilmalar tomonidan olib boriladigan jangovar harakatlarga karshi karatilgan fikrlar tizimi jamlandi. SHuni ta’kidlash lozimki, nokonuniy qurollangan tuzilmalarni (NKT) tormor qilish va yo‘q qilish borasidagi taktik muvaffakiyatlar inkiroziy xolatlarni bartaraf etish uchun muayyan zaruriy sharoitlar yaratadi; -jangovar harakatlar mobaynida o‘zga qurolli tuzilmalar bilan xamkorlikda umumqo‘shin kushilmalar (birlashmalar) tomonidan o‘tkazilgan «odatdan tashkari» dushmanga karshi maxsus tadbirlarda taktik harakatlarning ko‘plab noan’anaviy shakl va uslublari tugildi; -qurolli mojarolarda otryad-guruhli taktik harakatlar o‘z o‘rnini topdi, umumqo‘shin birlashmalar va kismlarni jangovar tartibga tizilishining ko‘plab yangi elementlari paydo buldi; -xududning turli joylaridagi kichik nuqtalardagi karshilik kursatayotgan dushmanga o‘t ochish bilan talofat etqazish sharoitlarida kullaniladigan tizim takomillashda; -mudofaaning yangi usuli-tuxtab, ma’lum vaqtlarda harakatlanuvchi –barkarorlashtiruvchi faoliyatlari paydo buldi; -umumqo‘shin jang tamoyillari sezilarli rivoj topdi, uni tayyorlash va yuritish buyicha, qo‘shinlarni boshqarish, xamkorlikni tashkillash va xar tomonlama ta’minlash buyicha komandir va shtablarning ish faoliyati mazmunan va usluban boyidi. Taktika ayni paytda qo‘shinlarning amaliy faoliyatiga bevosita chambarchas bog‘lanib yakinlashdi. Taktika bilan Qurolli Kuchlarning barcha shaxsiy tarkibi shugullanmokda, shuningdek, eng ko‘p sonli tuzilmalar-birlashma va bo‘linmalar (shu jumladan o‘zga vazirliklar va muassasalar), ofitserlar nafaqat taktik tavsiyalardan foydalanuvchi, balki ularni takomillashtirishda faol katnashuvchi sifatida xam taktikani rivojlantirish bilan mashguldirlar. Umumqo‘shin jangning rivojlanishi darajasi, ofitserlar, shtablar va qo‘shinlarning taktik tayyorgarlik sifati qurolli kurashda erishiladigan muvaffakiyatning muxim omilidir. Bo‘linmalarni o‘qitish jarayonida taktik tayyorgarlikning moxiyati. Taktik tayyorgarlik-bu shaxsiy tarkibni, bo‘linmalar va birlashmalarni, shuningdek , ularning boshqaruv organlarini jangga tayyorgarlik ko‘rishi va uni olib borishga o‘qitishdir. Taktik tayyorgarlik qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik fanlarining eng muximlaridan biri bo‘lib, oliy harbiy o‘quv yurtlarining etakchi fani xisoblanadi, chunki u kursantlarning zamonaviy jangda amaliy harakatlarga tayyorgarligini, ularning dala o‘quv malakalarini yukori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Taktik tayyorgalikka boshqa barcha fanlar buysunib, moslanib boradi. Bunga sabab-ushbu fan harbiy xizmatchilarning o‘t ochish, texnik, maxsus, muxandislik, saf, jismoniy tayyorgarlik kabi mashgulotlari jarayonida olgan bilim va tajribalarini yagona kompleksga mujassamlaydi. U qo‘shinlarning dala o‘quv mashqlari malakalarini olishining asosi xisoblanadi. Buning sababi, xakikiy jangovar vaziyatlarga faqat dala o‘quv mashqlari sharoitidagi taktik mashgulotlardagina maksimal yakinlashtirish mumkin. Taktik tayyorgarlik mashgulotlarida bo‘linmalar va ularning komandirlari yukori tezliklarda uzoq masofalarga marsh o‘tqazish, qurolni qo‘llab, dushmanga yetkazilgan talofat natijalaridan foydalangan xolda unga tezkor ataka qilish, joyning tekislik tog‘li va cho‘l sharoitlarida jangovar harakatlarni moxirona olib borish, yashirin manyovr olib borish malakalariga kunikma xosil kiladilar. Dushmanning mudofaasi ortida mardlarcha harakat qilishga, suvli to‘siqlarda, tusilgan va zararlangan xududlardan o‘tishni, sabot va chidam bilan mudofaada turishi, dushmanning ommaviy qirg‘in qurollaridan moxirona xomoyalanishni, extimoliy dushmanning qurollangan muntazam va nomuntazam guruhlariga karshi murakkab va tez o‘zgaruvchan vaziyatlarda jang olib borishni urganadilar. Bugungi kunda qo‘shinlar oldiga ularning taktik tayyorgarligini takomillashtirish buyicha talablar bejiz kuyilayotgani yo‘q. CHunki ular dushman aviatsiyasi va radioelektronikasiga karshilik kilgan murakkab vaziyatni sharoitlarda tezkor va faol jangovar harakat yuritishga tayyorgarlik ko‘rishlari; asosiy kuchlardan uzoqlashgan, shu jumladan tog, chul sharoitlarida va axoli punktlarida aloxida harakat qilishga; dushman mudofaasining erib o‘tish usullarini takomillashtirib borishga; zamonaviy o‘t ochish usullarini qo‘llagan xolda o‘t ochish bilan etkazilgan talofat natijalaridan tulik foydalanishga, jangovar tartibning turli ko‘rinishlarida yukori sur’atlarda ataka qilishga; nisbatan ko‘p sonli dushman kuchlarining xujumini bartaraf etish buyicha turgun va faol mudofaa yuritishga; muxim obektlarning muxofazasi va mudofaasi mobaynida faoliyat ko‘rsatishga; dushman otryadlari va guruhlarini kidirish, kurshab olish va yo‘q qilishga; zararlangan xududlardan va vayronaliklardan o‘tish bilanok o‘z vaqtida jangga kirishga tayyor bulishga; kurshov sharoitlarida va undan chiqish mobaynidagi harakatlarda jang olib borishga; chekinayotgan dushmanni ta’kib qilishga, shuningdek, sara otryadlar tarkibida harakat qilishga shay bulmoklari kerak. Zamonaviy jang askardan harakat xududi xususiyatlarini xisobga olgan xolda, yakka tartibdagi tog va tungi tayyorgarlikni, bo‘linmalarning jang maydonida harakat usullarini, jangovar vazifalarni bajarish maksadlarida, muxandislik to‘siqlarini va bo‘linmalar utini mujassamlashtirish san’atini o‘zlashtirish buyicha xamjixatlikni talab kilmokda. Bugungi kunda oliy harbiy bilim yurtlari kursantlarining tayyorgarligi buyicha asosiy e’tiborni bulgusi lavozimi doirasida bo‘linmalarni boshqarish buyicha amaliy ishlarga o‘qitish maksadiga karatish talab qilinmokda. Kursantlar bilimi va kunikmalarini baxolash mobaynida ularning joyda jangni tashkillashtirishi, bo‘linmalarni boshqarish buyicha amaliy tajribalari, qurol va jangovar texnikani boshqarishni asosiy omil qilib olinadi. Kursantning vazifasi-bu taktika asoslarini chuqur o‘rganish va uni extimoliy dushmanni tez va mardona tormor qilish uchun moxirona kullay olishdir. ZAMONAVIY UMUMQO‘SHIN JANGINING ASOSLARI Zamonaviy umumqo‘shin jangi tushunchasining ma’nosi deganda o‘tmishda bo‘lib o‘tgan qurolli hodisa va to‘qnashuvlardan, avvalambor, o‘tgan urushlardan farqi tushuniladi. Jang tushunchasining mazmuni deganda uning ichki ma’nosi to‘plamlari, tarkibiy qismlari va elementlarining mujassamlangan bayoni yotadi. O‘q otar qurol paydo bo‘lgunga qadar qadim zamonlardan buyon jang tushunchasi sovuq qurol bilan qurollangan jangchilarning qo‘l janggi bilan cheklanib kelingan edi. O‘q otar qurolning rivojlanishi, takomillashib borishi bilan jang qilayotgan tomonlarning bevosita to‘qnashuvga kirmay (lekin bu holni to‘la istisno qilmay) masofadan turib kurash olib borish imkonini yaratgan o‘t ochish jangning asosiy elementiga aylanib bormoqda va shu bilan harbiy ishning sezilarli rivoji bo‘lgan jangning harakat ko‘lami kengaymokda. Jang maydonidagi muvaffaqiyatga qo‘shinlarning ommaviy ravishda artilleriya to‘plari, pulemyotlar bilan ta’minlanishi, tanklar va aviatsiyaning qo‘llanilishi, unda ishtirok etayotgan barcha qo‘shinlar turi bo‘linma va birlashmalarining kelishilgan harakatlari bilan erishilmoqsa. Jang umumqo‘shin jangi shakli ko‘rinishiga tobora o‘xshab bormokda, harakat ko‘lami esa yanada kengaymoqda. 50yillar davomida bir qator davlatlarning ommaviy qirg‘in qurollariga, so‘ng raketalarga ega bo‘lishi bilan umumqo‘shin jangning xususiyatlari o‘zgardi. Jang yanada dinamik (o‘sib o‘zgarib boruvchi) xossalarga, manyovrlari takomillashgan ko‘rinishga ega bo‘lib, harakat ko‘lami esa undan ham kengayib ketdi, shaxsiy tarkib oldiga qo‘yiladigan ruhiy ma’naviy va jismoniy sifatlar talabi yanada ortib ketdi. Qo‘shinlarni xilma xil qurollar va texnika bilan ta’minlanishi tufayli jangda ishtirok etayotgan kuchlar va vositalar orasidagi o‘zaro xamkorlikka, shuningdek, ularning boshqaruviga bo‘lgan talablar ham tobora ortib bormoqsa. Dushmanga talofat etqazish va uni tormor etishga, barcha turdagi qurollar bilan kuchli zarba berish, ularning natijalaridan o‘z vaqgida foydalanish, shuningdek, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar bo‘linma va birlashmalarining faol harakati bilan erishiladi. Zamonaviy umumqo‘shin jangi qo‘shinlardan talofat etkazuvchi vositalarni, jangovar va maxsus texnikalarni, yuqori ko‘chish qobiliyatini va uyushqoklikni, barcha ma’naviy va jismoniy kuchlarni to‘la safarbar etishni, g‘alabaga intilgan bukilmas irodani, metindek intizomni va jangovar hamjihatlikni talab etadi. Bunga yuqori jangovar ta’minot, harbiy burchni ongli ravishda bajarish, chidamlilik, mardlik, jasorat va shaxsiy tarkibni har qanday sharoitlarda dushman ustidan to‘la g‘alaba qozonishga shayligi bilan, boshliklarning o‘z shaxsiy tarkibini bilishi, ular bilan shaxsiy muloqoti, ularni kundalik jangovar hayotlari va ehgiyojlariga e’tibor berishi, ularga nisbatan talabchanlik bilan o‘z ishining hakdigiga ishonch hosil qildirishi, Vatanga, Prezidentiga va hukumatga sodiqligi bilan erishiladi. Zamonaviy umumqo‘shin jangi talofat etkazuvchi turli vositalar qo‘llanilgan sharoitlarda olib borilishi mumkin bo‘lib, qo‘shinlardan vaziyatning har qanday sharoitlarida jangovar harakatlar olib borishni, dushmanning doimiy birlashma va qismlariga, shuningdek, nomuntazam jangovar tuzilmalariga qarshi tura olishini talab etadi. Zamonaviy jangning kuchlari va vositalari — bu, avvalambor, shaxsiy tarkib bo‘linma va birlashmalarning jang yuritish va uni ta’minlashga mo‘ljallangan qurol aslahasidir, chunki jang xususiyati va uni yuritish usullari asosan uning moddiy negiziga, ya’ni qurol aslaha, jangovar texnika va odamlarga bog‘liqdir. Jangovar harakatlarning usullariga, qurolli kurash olib borish vositalari ko‘proq progressiv ta’sir ko‘rsatadi, lekin jang vositalarining ulkan quvvati va imkoniyatiga qaramay, inson birlamchi omil bo‘lib, uning ishtirokisiz har qanday texnika, har qanday talofat keltiruvchi vositalar befoyda bo‘ladi, qurolli kurashni esa tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jangchilari buyuk ajdodlarimizning an’analariga sodiq qolib, ularning qahramonliklaridan o‘rnak olib, o‘zining kasbiy mahoratini yanada rivojlantirib, zamonaviy talablarga javob beradigan, sergak, jasur, yuqori jangovar shaylikni saqlab turadigan o‘z ona yurtining vatanparvar himoyachisidir. Harbiy qasamyodga va harbiy burchga sodiqlik, yuqori jangovar mahorat, a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlik, yuksak ma’naviy, ruhiy kayfiyat, mustahkam harbiy intizom, jangovar birodarlik va o‘zaro bir biriga madad berish jangdagi g‘alabaning muhim kafolatidir. Har bir askar, kichik komandir va ofitser dushmanlarni yo‘q qilishda hech qachon ikkilanmasligi, qatiyat va jasurlik ko‘rsatishi kerak. Xar qanday xavf va qiyinchilik, hatto, o‘z jonini qurbon qilib bo‘lsa ham jangovar vazifani bajarilishini ta’minlashi kerak. Zamonaviy umumqo‘shin jangi — har bir jangchidan yuksak jangovar mahoratni, jismoniy chiniqishni, qurol yarog‘ va texnikaning qudratidan to‘liq foydalana bilishni, himoya va niqoblash vositalarini unumli qo‘llashni, jang mobaynida tashabbus ko‘rsatish va jangovar vazifani aniq va puxta bilishni talab etadi. Bunga tinchlik davrida tinimsiz o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tqazish, jangga tayyorgarlik ko‘rishda va janglar o‘rtasidagi vaqglardagi tayyorgarliklar orqali erishiladi.Tinchlik davrida jangovar tayyorgarlikning asosiy maqsadi bo‘lg‘usi dushmanni, uning takgik harakatlari va tashqiliy tuzilishini o‘rganishdan hamda har qanday vaziyatlarda ham dushmanni samarali usullardan foydalanib yakson qilishni o‘rganishdan iboratdir.Zamonaviy qurollar barcha o‘t ochish va zarba beruvchi artilleriya, zenit, aviatsiya, o‘qotar, muhandislik o‘q dorilari hamda endiruvchi o‘q dorilari sifatida qo‘llaniladigan vositalardan tuzilgan.Qurollar dushmanni tirik kuchlari, jangovar texnikasiga talofat berish va turli ob’ektlarni buzib tashlash va yakson qilish uchun ko‘llanishi mumkin. Jangda artilleriya, tanklar, piyodalar jangovar mashinasi (bronetransportyor — BTR), zenit vositalari va o‘q otar qurollar bilan, aviatsiya zarbalari hamjihatligida zarba berish dushmanlarga talofat etqazishning asosiy negizi hisoblanadi. Zamonaviy talofat etqazish vositalarining eng samarali turi aniq nuqtaga uruvchi qurollar (VTO) hisoblanadi, bunday qurollarga razvedka zarbali (razvedkali o‘tli) komplekslar hamda qurol yarog‘ komplekslari (tizimlari) kiradi, shuningdek, uzoq masofadagi nishonni birinchi otishdayoq o‘zi boshqarilib va nishonni izlab topib yakson qiladigan raketa va qurollar tizimlari xam kiradi.YOndiruvchi o‘q dorilar, yong‘in chiqaruvchi aralashmalar ochiq yalangliklarda joylashgan dushman tirik kuchlarini, o‘t ochish vositalarini yoki uzoq muddatli o‘t ochish va boshqa fortifikatsion inshootlarni, ularda joylashgan dushmanni, hamda jangovar texnika va boshqa ob’ektlarda bo‘lgan dushmanlarga alanga otib talofat etqazish uchun qo‘llaniladi.Bo‘linmalar faqat barcha zamonaviy qurol turlarini qo‘llab jang qilishnigina emas, balki ommaviy qirg‘in qurollari talofati ta’sir etgan sharoitlarda ham harakatlanishga doimo shay turishlari kerak. SHunday qilib, vazifa — zamonaviy janglarda tanklarning o‘t ochish va zarba kuchidan, artilleriya o‘tlari va aviatsiya zarbalaridan, umumqushin bo‘linmalari va birlashmalarining o‘sib borayotgan yuqori malakasidan samarali, unumli foylanishdan iboratdir. Qurollar va jangovar texnikadagi o‘zgarishlar jang olib borish usullariga, mazmuniga va xususiyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy umumqo‘shin jangining o‘ziga xos xususiyatlari — bu jangga tegishli bo‘lgan holatlar va xususiyatlarning umumlashgan belgilaridir. Jangning xususiyatlari (belgilari) uning material jihatdan ta’minlanishiga qarab o‘zgaradi. Birinchi jahon urushi davrida kurash vositalarining nisbatan sekin rivojlanishi janglar qamrovining chegaralanganligi, sur’ati va jur’ati pastligini ko‘rsatdi. Ikkinchi jahon urushi davrida esa aksincha, jang olib borish vositalari sifatining keskin ko‘tarilishi, miqdor jihatdan ortishi, jangga yangi ma’no kashf etib, jangning yuqori manyovrchanligini va o‘zgarib boruvchi shiddatligini yuzaga keltirdi. Qo‘shinlarda zamonaviy qurollar va yangi texnika turlarining qo‘llanishi va ta’minlanishi, jangovar faoliyat olib borishga katta o‘zgarishlar kiritdi va jang olib borish tavsiflari va usullarini o‘zgartirdi. Zamonaviy jang o‘zining yuqori sur’ati, manyovrchanligi, keskinligi, vaziyatni tez va keskin o‘zgaruvchanligi bilan, xilma xil jang usullarini qo‘llanishi bilan, qo‘shinlar harakatini bir vaqtning o‘zida erdan va havodan faoliyat ko‘rsatishi, keng frontda hamda yuqori sur’atlarda olib borilishi bilan tavsiflanadi. Jangchilarni mardlik, shiddatkorlik ruxida tarbiyalash, ularni dushmanga hech ikkilanmasdan zarba berishi, tashabbuskorlik ko‘rsatib, mas’uliyatni dadil o‘z bo‘yniga olishi, jangovar vazifani bajarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi muhim ahamiyatga egadir. Jangdagi sustkashlik mag‘lubiyatga olib keladi. YUqori manyovrchanlikka zamonaviy jangda umumqo‘shin bo‘linma va birlashmalarini yuqori harakatchan jangovar texnikalar bilan ta’minlanib, tezkorligi oshganligi, qudratli talofat etqazish vositalarini qo‘llashi, mudofaada va hujumda ham keng qamrovli frontning yo‘qligi natijasida erishiladi, Zamonaviy talofat etqazish vositalari dushmanga katta talofat etkazadi. Qo‘shinlarning yuqori harakatchanligi berilgan zarbalardan tezda foydalanib, dushmanga harakatni to‘xtatmasdan ataka qilishni, dushman mudofaasi ichkarisiga chuqur kirib borishni, qisqa vaqt ichida turli maqsadlarni ko‘zlab manyovr qilish imkoniyatlarini beradi. Hozirgi vaqglarda manyovr — o‘t ochib berilgan zarbalar natijasidan o‘z vaqtida foydalanib, asosiy kuchlarni dushman mudofaasining ichkarisiga ko‘chirishda yoki yangi yo‘nalishga ko‘chirish maqsadida, zararlangan zonalarni, to‘siklarni, toshqin va yong‘inlarni tezlikda bosib o‘tishda, qo‘shinlarni dushman o‘tlari zarbasidan olib chiqishda, qism va bo‘linmalarni almashtirishda (talofat ko‘rgan va jangovarligini yo‘qotgan) ham qullanadi. Jangovar harakatlarning keskinligi (tig‘izligi)— ehtimoliy dushmanning aniq maqsad bilan keskin, faol jangovar harakat olib borish imkoniyati va intilishi oqibatida kelib chiqadi. Bunday sharoitda jangda g‘alaba qilish uchun qo‘shinlarimizdan yuqori jangovar malaka, mustahkam axloqiy ruhiy tayyorgarlik, ustalik, mahorat va g‘ayrat, katta jismoniy va ruhiy kuch sarflash talab qilinadi. Jang sur’atining tezligi — zamonaviy talofat etqazish vositalari qudrati, ularni tez harakatchanligi, dushmanga qisqa muddatda talofat etqazish qobiliyati va zarbalari ortidan dushmanni tormor qilish, mudofaani ichkarisida yuqori sur’atda muvaffaqiyatga erishish bilan yuzaga keltiriladi. Tez sur’atli jangovar harakatlarda vaqtdan yutish uchun kurash, shaxsiy tarkibning vaziyatni zudlik bilan baholash malakasi va qo‘yilgan vazifani yuqori taktik tayyorgarlik va mustahkam amaliy ko‘nikmalar asosida hal qshshshi muhim masala bo‘lib qoladi. Vaziyatning tez va keskin o‘zgarishi — zamonaviy jangning yangi xususiyatlaridan biridir. Vaziyatning tez o‘zgarishi qo‘shinlar harakatining tavsiflari, holati va xususiyatlarini qisqa vaqt ichida sezilarli darajada o‘zgarishi bilan belgilanadi. U dushmanning ma’lum bir ob’ektlarini qisqa vaqt orasida zamonaviy qurollar bilan yakson qilish yoki talofat etqazishda qo‘llash imkoniyatiga hamda qo‘shinlarning harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Vaziyatning keskin o‘zgarishi tomonlarni qisqa muddatda bir biriga katta talofat etqazishi, buning oqibatida qo‘shinlarni sifat tarkibi tez va butkul o‘zgarishi, jangovar harakatlar bir turdan ikkinchisiga o‘tishi, kuch va vositalar nisbatini o‘zgarish imkoniyatlari orqali ifodalanadi. Zamonaviy jangda qudratli talofat etqazish vositalarini qo‘llash, qushinlarning yuqori manyovrchanligi, ularning yuqori jangovar o‘t ochish va zarba berish quvvati vaziyatni faqat soatlar emas, balki daqiqalar ichida butunlay o‘zgartirib yuboradi. Talofat etqazish vositalarining quvvati va ta’sir etish tezligini hamda qo‘shinlar harakatchanligining ortishi ushbu jangni kelgusidagi shakl xususiyatlarini yuqoriga ko‘taradi. SHuning uchun qo‘shinlarning vaziyatini keskin va favqulodda sharoitda, har qanday jangovar vazifani bajara oladigan qilib tayyorlash, komandirlardan esa vaziyatning o‘zgarishini tez va mohirona sezib baholashi, qat’iylik, tashabbuskorlik, mustaqillik ko‘rsatish talab qilinadi. Jang olib borish usullarining xilma-xilliga (turlari) — jang sur’atining jo‘shqinligi (dinamikasi) va vaziyatni tez o‘zgaruvchanligi, vaziyatni turli sharoitlarda turli xil o‘t ochish vositalariga o‘tishi, jangovar harakatlar turlarini tez almashtirish imkoniyati hamda jang mobaynida qo‘shinlar jangovar imkoniyatlarini keskin o‘zgartirishi, hal etiladigan vazifa va qarshi kurash vositalarining turli xilligi bilan ifodalanadi. Komandir hozirgi vaqtda dushman ustidan g‘alaba qilish uchun jang olib borish usullarini xilmaxil turlarini qo‘llay oladigan malakaga ega bo‘lishi kerak. Jang olib borish usullari deganda dushmanni tormor qilish uchun kuch va vositalarni qo‘llash, jangovar harakatlar maqsadiga erishish tartibini belgilash (aniqlash) tushuniladi. Bo‘lib o‘tgan urushlar tajribasidan ma’lumki, moddiy va material bazani rivojlanib borishi jang olib borish usullarini to‘xtovsiz o‘zgartirib, mukammallashtirib bormoqda. Bundan tashqari jang usullari qo‘shinlarga qo‘yilgan vazifaga, bajarish shartlari va holatiga, qo‘shinlar imkoniyatiga, dushman tarkibiga, harakatlari xususiyatlariga va tevarak atrof joylarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Birlashma va bo‘linmalar oldiga qo‘yilgan vazifalarning xilma xilligi, dushman harakatlari xarakterining rang barangligi va joylarni holatlaridan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, zamonaviy umumqo‘shin janglarini olib borishda turli tuman usullar qullaniladi. Jang olib borish usullarida bir xil qolipda (shablon) bo‘lishi mumkin emas. Jangovar vazifani bajarishga ilmiy yondashish, yangi jang olib borish usullarini qullash har bir komandirning muhim majburiyati xisoblanadi. Jangovar harakatlarni yerda va havoda, keng frontda, katta masofada va yuqori sur’atda olib borish qo‘shinlarning jangovar imkoniyatlarini va talofat etqazish vositalaridan uzoq masofalarga talofat etqazish imkoniyatlarini yuzaga keltirmoqda. Bu esa jang maydoni chegaralarini kengayishiga va jang sur’atini o‘sishiga olib keldi. Zamonaviy umumqo‘shin jangining asosiy prinsiplari — bu asosiy boshqaruv yo‘riqnomalari, jang olib borish va tashkil etishdagi muxim ko‘rsatmalardan iborat. Zamonaviy umumqo‘shin jangning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi: bo‘linmaning doimiy yuqori jangovar shayligi; jang olib borishni to‘xtovsizligi, yuqori faollik va qat’iyatchanlik; harakatlarning to‘satdanligi; jangda uzluksiz o‘zaro hamkorlik qilish; asosiy yo‘nalishga kerakli vaqtda asosiy kuchlarni jamlab yo‘naltirish; kuchlar, vositalar va o‘t ochish bilan manyovr qilish; qo‘yilgan vazifani bajarish bo‘yicha ma’naviy siyosiy va ruxiy faktorlarni hisobga olish va foydalanish; jangni har tomonlama ta’minlash; vzvodni qullash va o‘z vaqtida jangovarligini tiklash; vzvodni mustahkam va uzluksiz boshqarish, ko‘zlangan maqsadga erishishda, qabul qilgan qarorni bajarishda va qo‘yilgan vazifani bajarishda qaytmas, sabotli bo‘lish. Jangovar vazifani bajarishga, doimiy jangovar shaylikka quyidagicha erishiladi: o‘z vazifalarini to‘g‘ri tushunish, barcha shaxsiy tarkibni yuqori jangovar malakasi va dushman OQKlarini qo‘llaganda faoliyat ko‘rsatishga tayyorligi; shaxsiy tarkibni yuqori axloqiy ruhiy holati, mustahkam intizom va hushyorligi bilan; vzvodni jang olib borishga (to‘likligi) komplektligi va kerakli narsalar bilan ta’minlanganligi; qurollar bilan ta’minlanganligi; qurollar va jangovar texnikaning zudlik bilan qo‘llashga doimo tayyorlash, shaxsiy tarkibning oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishga doimo shayligi; jangni ta’minlash tadbirlarini mohirona boshqarish va amalga oshirish. Jang olib borishning to‘xtovsizligi, yuqori faolligi va qat’iyligi har doimo dushmanni to‘la to‘kis tor mor qilishga intilish bilan ifodalanadi. Guruh komandirlarining dushmanni yakson qilishga qarori aniq, puxta bo‘lishi va xech ikkilanmasdan oxiriga etkazilishi kerak. Guruh komandiri bu qatiyat va ishonchni bo‘ysunuvchilariga singdirishi, ularni jangovar vazifani muvaffaqiyatli bajarishga tayyorlashi kerak. Bunga quyidagicha: dushmanlarni har tomonlama bilishi, o‘rganishi; tashabbusni qo‘lga olish va ushlab qolishi; shaxsiy tarkibning jangovar vazifani bajarishdagi mardligi, shijoati va saboti bilan; dushman o‘tlari talofatidan va o‘z o‘tlari bergan talofat natijalaridan tezlik bilan foydalanish orqali; to‘siqlar, vayrona, buzilgan joylar, zararlangan zonalarni, yong‘inlarni aylanib o‘tishi; jangni tunda, kunduzi va har qanday ob havo sharoitida olib borishi; jangovar ta’minot bilan, sarf qilingan o‘q dori, yoqilg‘i va boshqa moddiy vositalarni o‘z vaqtida to‘ldirish hamda qurol yarog‘, texnikaga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish orqali erishiladi. Harakatning to‘satdanligi (kutilmaganligi) — dushman uchun kutilmagan harakat usullaridan va qurollardan qo‘llash orqali ifodalanadi. U dushmanni to‘satdan g‘aflatda qoldiradi, uni saflarida vahima uyg‘otadi, jangovarligini tushirib yuboradi, qarshilik ko‘rsatishga bo‘lgan kayfiyatini o‘ldiradi, boshqaruvini parokandalikka soladi va shu bilan, hatto, nisbatan kuchi ortiq bo‘lgan dushmanni yanchib tashlash uchun sharoit yaratadi. To‘satdanlikka quyidagalar orqali erishish mumkin: mavjud qurol yarog‘ va jangovar texnikalardan turli yo‘llar va usullarda foydalanib; bo‘lg‘usi jangga tayyorgarlikni, jangning niyatini, maqsadini sir saqlash; dushmandan o‘z niyatlarini yashirib, uni chalg‘itmoq, adashtirmoq, bo‘linmalar jangovar tayyorgarligini yashirincha o‘tqazish va jangga tayyorgarlik muddatini qisqartirish; dushman harakatlarini oldindan xisobga olib, kutilmaganda zarba berish orqali; o‘t ochish bilan, kuch va vositalar bilan mohirona manyovr qilish; niqoblash, maxfiylik tartibiga oid tadbirlarni to‘liq va aniq bajarish orqali erishiladi. O‘zaro hamkorlikni uzluksiz saqlash deganda — seksiyalar (tank) va berilgan vositalarni vazifa, belgilangan marralar va muddatlar bo‘yicha o‘zaro kelishib, hamkorliqda faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi. Guruh komandiri o‘zaro hamkorlikni tashkil etganda o‘z bo‘linmasining jangovar vazifasini, uni bajarish usullarini, qo‘shni bo‘linmalar vazifalarini, mo‘ljallarni, xabar berish signallarini, boshqaruv va o‘zaro munosabatlarni (katta boshliq ko‘rsatmasi bo‘yicha) puxta bilishi va guruh ichida, qo‘shinlar bilan uzluksiz alokada bo‘lishi kerak O‘zaro hamkorlik tartibini guruh komandiri qaror qabul qilish mobaynida belgilaydi va jangovar vazifa qo‘ygach, hamkorlik to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi. O‘zaro hamkorlikni tashkil etish va unga amal qilish butun jang mobaynida olib boriladi. Asosiy kuchlarni eng muhim yo‘nalishga o‘z vaqtida jamlab yo‘naltirish guruh komandirini dushmanlar ustidan ustunlikka erishtiradi yoki nisbatan ortiq dushman kuchlariga muvaffaqiyatli qarshi turish, bor kuch va vositalardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi hamda dushmanni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. Kuchlar vositalar va o‘t ochish bilan manyovr qilish — jangning muhim asosiy qismidir. Manyovr tashabbusni qo‘lga olish va ushlab turishga, dushman rejalarini barbod qilishga va o‘zgargan vaziyatda muvaffaqiyatli jang olib borishga imkon yaratadi. Dushmanning eng nozik (kuchsiz) joylariga qulay holatlarda turib o‘t ochish uchun yoki dushman qanotlariga va orqasiga hujum qilish maqsadida kuch va vositalar bilan manyovr o‘tkaziladi. Kuch va vositalar bilan manyovr qilish turlariga o‘rab olish, aylanib o‘tish, ortga qaytishlar (chekinish) kiradi. O‘rab (qurshab) olish — dushman qanotlaridan biriga, unga hujum qilish maqsadida amalga oshiriladigan manyovr turidir. U, odatda, front bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘linmalar bilan o‘zaro mustahkam o‘t ochish hamda taktik hamkorligida o‘tkaziladi. Aylanib o‘tish — dushman orqasiga chiqib hujum qilish maqsadida o‘tkaziladigan chuqur manyovr turi hisoblanadi. U, odatda, front bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘linmalar bilan faqat o‘zaro taktik hamkorliqda o‘tkaziladi. Ortga qaytish (chekinish) — o‘z bo‘linmalarini dushman zarbasi ostida chiqarish va dushmanga nisbatan qulay holatlarni egallash maqsadida qo‘llaniladigan zaruriy manyovr turi hisoblanadi. U faqat katta komandir ruxsati bilan o‘tkaziladi. Manyovr rejasi va niyati bo‘yicha sodda, dushman uchun kutilmagan, yashirin va tez o‘tkaziladigan bo‘lishi kerak. Manyovrdagi tezkorlikka, uni qisqa muddatda tashkil etishga, bo‘linmalarning yuqori harakat tezligiga va harakat mobaynida turli to‘siq va g‘ovlardan tezlik bilan o‘tib borishi orqali erishiladi. Ut bilan manyovr qilish — guruh o‘tlarini muhim bir nishonga jamlash, o‘tni o‘z vaqtida bir nishondan ikkinchisiga ko‘chirish, guruhdan bir vaqtni o‘zida bir nechta nishonlarga o‘t ochishdan iborat bo‘ladi (2rasm). Quyilgan vazifani bajarishda axloqiy siyosiy va ruhiy omillarni hisobga olish, foydalanish jangda g‘alabaga erishishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Bunga vzvod shaxsiy tarkibining ma’naviy siyosiy va ruhiy holatini chuqur bilish, faol ijtimoiy siyosiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va o‘tqazish, dushmanni axloqiy siyosiy holatini muntazam o‘rganish, uni kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, dushmanning qo‘poruvchilik g‘oyalari va tashviqotlariga faol qarshilik ko‘rsatish orqali erishiladi. Jangni har tomonlama ta’minlash — guruhni yuqori jangovar shayligini ushlab turishga, uning jangovarligini saqlashga, quyilgan vazifani bajarish uchun qulay sharoitlar yaratishga, vazifani o‘z vaqtida bajarishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishdan iboratdir. Guruhni har tomonlama ta’minlash deganda jangovar, texnik va ichkari xizmati ta’minoti tushuniladi. Guruhni o‘z vaqtida jangovarligini tiklash va qo‘llash — bo‘linmalarning jangovar malakasini yuqori ko‘tarish tadbirlarini tashkil etish va o‘tqazish, jang uchun zarur bo‘ladigan hamma narsalar bilan o‘z vaqtida ta’minlash va ularni o‘z vaqtida to‘ldirish (komplektlash) hamda qo‘yilgan vazifani bajarish imkoniyatlarini tiklash tushuniladi. Vzvodni uzluksiz va ishonchli boshqarishga, ko‘zlangan maqsadga erishishda sabotli bo‘lishga, qo‘yilgan vazifa va qabul qilingan qarorni bajarishga quyidagilar orqali erishiladi: vaziyatni doimo bilib turish, o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish va ularni izchil amalga oshirish; seksiyalarga (tanklarga), berilgan va qo‘llovchi vositalarga aniq, puxta vazifalar quyish; guruh komandirining tashabbuskorligi va o‘z qaroriga shaxsan javobgarligi mas’uliyati; o‘zining va berilgan bo‘linmalarni tug‘ri jangovar qo‘llashi va ular bilan uzluksiz aloqada bo‘lishi. Muvaffaqiyatli jangovar harakatlar olib borishga quyidagicha erishiladi: qo‘shinlarni doimiy jangovar shayligiga; dushmanni har tomonlama o‘rganish va uning harakatlarini oldindan bilish; dushmanga ishonchli o‘t ochish talofati etqazish; eng muhim yo‘nalishga mohirlik bilan asosiy kuchlarni jamlash; qo‘shinlarni ishonchli havo mudofaasi; dushman jangovar tartibiga, ichkariga shiddatli zarba berish; kuch va vositalar bilan mohirona manyovr qilish; jangovar harakatlarni to‘satdanligi va uzluksizligi; tashabbuskorlik va ilmiy yondashuv; qo‘shinlarni to‘g‘ri joylashtirish va tevarak atrofni himoyalash xususiyatlaridan unumli foydalanish; OQQ qo‘llangan sharoitlarda jang olib borishga doimiy shaylik; jangovar, jang oldi va safar tartiblarini ustalik bilan saflash; qo‘shinlarni jangovar harakatlarini ta’minlash va boshqaruvni puxta tashkil etish. Umumqo‘shin jangi turlari va ularning qisqacha tavsifi. Dushman ustidan g‘alabani qo‘lga kiritishda qo‘shinlar turli xil taktik yo‘llardan va harakat usullaridan hamda ularni birga qo‘shib turli xil umumlashgan usullarni qo‘llaydilar. Ammo jangovar harakatlarning turli tumanligiga qaramasdan ular asosiy jixatlariga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Bunday jihatlarda jangning maqsadi va unga erishish usullari kiradi. SHunga ko‘ra bo‘linmalarning jangovar harakatlari hujum va mudofaaga bo‘linadi. Hujum — qo‘shinlar jangovar harakatining asosiy turi bo‘lib, dushman ustidan g‘alaba qilishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Faqat hal qiluvchi, yuqori sur’atda va katta chuqurlik ko‘lamida o‘tkazilgan hujum dushmanni to‘liq tor mor etishni ta’minlaydi. Qo‘shinlarning shiddatli hujumi aviatsiya, artilleriya va boshqa talofat etqazish vositalarining o‘t ochish bilan bergan zarbalari natijasidan to‘liq foydalanish imkonini beradi. Hujumning maqsadi — qarshi turgan dushmanni to‘liq tor mor etish, haetiy muhim rayonlarni qo‘lga kiritishdan iborat. Bu maqsadga aviatsiya, artilleriya va boshqa talofat etqazish vositalari o‘tlari zarbasidan, dushmanning asosiy gruppirovkalarini, ommaviy talofat etqazish vositalarini yakson qilish yo‘li bilan hamda tankchi, motoo‘qchi birlashma va bo‘linmalarni dushman mudofaasiga shiddat bilan chuqur kirib borishi, o‘tishi, uni qismlarga bo‘lib tashlashi orqali erishiladi. Hujum uzluksiz — kunduzi va tunda to‘xtovsiz olib boriladi. YUzaga kelgan vaziyatga va qo‘yilgan vazifaga qarab hujum — mudofaadagi, hujumdagi va chekinayotgan dushmanlarga qarshi olib boriladi: — mudofaadagi dushmanga hujum, harakat mobaynida yoki bevosita to‘qnashish holatida amalga oshiriladi; — hujumga o‘tgan dushmanga qarshi hujum to‘qnashuv jangni qilish orqali amalga oshiriladi; — chekinayotgan (ortga qaytgan) dushmanga hujum ularni ta’qib etish orqali amalga oshiriladi. Mudofaa — jangovar harakat turi bo‘lib, hujum qilishni iloji yo‘q yoki hujum maqsadga muvofiq bo‘lmagan holatlarda hamda bir yo‘nalishdagi kuch va vositalarni iqtisod qilib, boshqa muhim yo‘nalishdagi xujumni ta’minlash kerak bo‘lgan holatda qo‘llaniladi. Mudofaa kuch va vositalarni o‘t bilan keng manyovr qilishga, ularni o‘t ochish zarbalariga va dushman hujumi ehtimoli kutilayotgan yo‘nalishlardagi muhim rayonlarni ushlab qolishga va o‘sha erlardan qarshi hujum qilishga asoslanadi. Mudofaa dushman bilan bevosita to‘qnashish xavfi bo‘lganda va to‘qnashish xavfi yo‘q bo‘lganda hamda oldindan yoki jang mobaynida tashkil etilishi mumkin. Qo‘shinlarni mudofaaga o‘tishda ko‘p uchraydigan va hammasidan ko‘ra qiyin usuli — dushman bilan bevosita to‘qnashish holatidan mudofaaga o‘tishdir. Bu usul kuchlar nisbati ortiq bo‘lgan dushman qarshi hujumini qaytarishda, qo‘lga kiritilgan hududlar yoki marralarni mustahkamlash uchun, hujumdagi jamlangan kuchlarning qanotlarini mustahkamligini ta’minlash uchun va qarshi hujum natijasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganda qo‘llaniladi. Dushman bilan bevosita to‘qnashmagan sharoitda mudofaaga o‘tish urushning dastlabki davrida, shuningdek, hujumga o‘tish ko‘zda tutilmagan yo‘nalishlarda asosiy kuchlarni hujumga o‘tishi va jangovar tartibi jamlanib, harakatlanishini ta’minlash uchun hamda hujumda ikkinchi eshelonda harakatlanganda yoki zaxirada qo‘llaniladi. Qurolli kurashning an’anaviy turlaridan tashqari, oxirgi o‘n yilliklarda bo‘lib o‘tgan qurolli mojarolar tajribalaridan kelib chiqqan holda yangi operativ harakatlar shakllari ishlab chiqildi. Bu yanga operativ shakllar mojaro rayonida operativ, taktik va boshqa tadbirlarni, qo‘shinlar vazifasini, vaqgini, joyini, maqsadini bir biriga bog‘lab birlashtirgan maxsus operatsiyalar o‘tqazishdir. Bunday operatsiyalarning elementlaridan biri qo‘shinlarning maxsus harakatlari bo‘lib qoldi. Ushbu shakldagi taktik harakatlar jangning an’anaviy turlari (hujum va mudofaa) noqonuniy qurolli tuzilmalarga karshi kurashda qurolli mojarolarni echishdagi kurash faoliyatining barcha jabhalari mazmunini o‘z ichiga olmagani sababli yuzaga keldi. QO‘SHINLARNING MAXSUS HARAKATLARI ASOSLARI Qo‘shinlarning maxsus harakatlari-noqonuniy qurolli tuzilmalarni (NKT), terroristik (ekstremistik) tashkilotlar tomonidan qurolli mojarolar keltirib chikarishini oldini olish, ularni faoliyat olib borishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘z vaqtida tor mor etib, yanchib tashlash maksadida o‘tkaziladigan maxsus operatsiyalarning asosiy elementi xisoblanadi. Qo‘shinlarning maxsus harakatlari (KMX)-terroristik, qo‘poruvchi va jangari guruhlarni yo‘q qilishga (tormor qilishga) yunaltirilgan va umumqo‘shin qism va bo‘linmalarini boshqa kuch tizimlari (KMX IIV va chegara qo‘shinlari-DCHXKK) bilan xamkorlikda vazifasini, joyini, vaqtini va taktik harakat usullarini kelishilgan, maksadga yunaltirilgan kompleks tadbirlarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Qo‘shinlarning maxsus harakatlari unda katnashayotgan barcha kuch tuzilmalarini bo‘linma va kismlari birgalikda, tanklar,piyodalar jangovar mashina (bronetransportyor)lari, artilleriya, XXM (xavo xujumidan mudofaa) vositalari, samolyotlar, vertolyotlar va boshqa qurol-yarog‘ va texnikalarni kullab amalga oshiriladi. Qo‘shinlarning maxsus harakatlari o‘zining keskinligi, tigizligi, tezkorligi, vaziyatni tezda o‘zgaruvchanligi front chizig‘i va xavfli zonalarni anik belgilab qo‘yilmaganligi, doimo barcha yo‘nalishlarda istalgan vaqtda tusatdan xujum bo‘lib kolish xavfi, harbiy xizmatchilarga kuchli ma’naviy ruxiy va jismoniy ta’sir ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi. Qo‘shinlarning maxsus harakatlarini olib borishni ajratib turuvchi aloxida xususiyatlar quyidagilar xisoblanadi: -dushman bilan ochikdan ochik qurolli to‘qnashuv olib borishning iloji yo‘qligi,shaxsiy tarkibning tinkasini ko‘ritish va xoldan toydirish uchun ko‘qkisdan zarba berishga intilish; -maxalliy,tinch axoliga, davlatning madaniy yodgorliklari, iktisodiy obektlariga etkaziladigan zararni kam bo‘lishi; -qo‘shinlarning maxsus harakatlari o‘tkaziladigan xududlarda maxalliy axolini xalok bo‘lishiga va talofat ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaslik. Qo‘shinlarning maxsus harakatlarida muvaffakiyatga; shaxsiy tarkibning yukori jangovar malakasi ma’naviy ruxiy va jismoniy chinikib tayyorgarlik ko‘rishi, vaziyatni va kuyilgan jangovar vazifa shartlarini anik bilish xamda katnashayotgan turli kuchlar (kuch tizimlari bo‘linmalari) bilan o‘zaro xamkorlik va kelishuvni amalga oshirish orkali erishiladi. Qo‘shinlarning maxsus harakatlari jangovar guruhdan tortib, motoo‘qchilar batalonigacha bo‘lgan bo‘linmalarning harakati bo‘lib, ular katta komandirning jangovar, moddiy va texnik ta’minot bo‘linmalari bilan kuchaytirilib,taktik faoliyatning kuyi darajadagi harakati xisoblanadi. Qo‘shinlarning maxsus harakatlari o‘z ichiga quyidagi turlarni oladi: -chegara oldi zonalarini panalashni (yopish) kuchaytirish harakatlari; -aloxida muxim davlat (harbiy) obektlari, kommunikatsiyalarni qo‘riqlash va mudofaa qilish harakatlari; -razvedka kidiruv harakatlari (RQX); -razvedka zarba harakatlari (RZX); -reyd shturm harakatlari (RSHX); -NQT bo‘lgan rayonni izolyasiya (ajratib kuyish) qilish harakatlari; -NQTlarni bevosita urab olish va yakson qilish harakatlari. Jangovar guruh berilgan kuchaytirish vositalari bilan yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chikkan xolda chegara oldi zonalarini panalash, aloxida muxim davlat (harbiy) obektlari va kommunikatsiyalarni mudofaasi va qo‘riqlashda razvedka kidiruv, razvedka zarba harakatlarida mustakil faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Kolgan harakat turlarida motoo‘qchi vzvod tarkibida faoliyat kursatadi. CHegara oldi zonalarini panalab mustaxkamlash yoki xudud ichidagi rayonni izolyasiya qilish harakatlari NKT jangari va razvedka ko‘poruv guruhlarini davlat chegaralarini buzib kirishiga (o‘tishiga) yo‘l kuymalik maksadida o‘tkaziladi. Bu vazifalarni xal qilish uchun umumqo‘shin birlashma va bo‘linmalaridan chegara oldi rayonlarini va postlarini kuchaytirish uchun kuch va vositalar ajratilishi, tusuvchi va zaxira otryadlar tuzishga, poylokchi zastavaga, nazorat o‘tish joylariga (NUJ) va blokpostlar kuyishga ajratilishi mumkin. Ular kuyilgan vazifa xajmiga va vaziyatga karab, kuchaytirilgan motoo‘qchi vzvodi tarkibigacha bo‘lishi mumkin. Aloxida muxim davlat (harbiy) obektlari va kommunikatsiyalarni mudofaa qilish va qo‘riqlash harakatlari- ko‘poruvchilik, terrorchilik harakatlarini yoki bosib olish harakatlarini oldini olishga karatilgan tadbirlarni ko‘zda tutadi. Buning uchun umumqo‘shin bo‘linmalaridan koravul xizmati utashga, harakatlanuvchi patrulga, qo‘riqlov zastaviga, NUJ va blokpostlarga, zarurat bo‘lganda temir yo‘l va avtomobil kolonnalarini ko‘zatib borishga kuch va vositalar ajratilishi mumkin. Razvedka qidiruv harakatlari (RQX)- NQTning jangovar guruhlari va otryadlari joylashgan erlarni, ularning jangovar tarkibi va sonini, tayanch punktlari va kunim bazalarini, omborlarini, boshqaruv va aloka punktlarini aniklash (topish), qulay sharoit bo‘lib kolganda ularni yakson qilish maksadida o‘tkaziladi. Bu vazifalarni xal qilish uchun aloxida xolatlarda, umumqo‘shin bo‘linmalardan razvedka kidiruv guruhi (RKGr) yuborilishi mumkin. Razvedka kidiruv harakatlari olib borishning asosiy usuli kidirish faoliyatidir. Xal qilinadigan vazifa xajmiga va vaziyatga karab, razvedka kidiruv guruhlari tarkibiga, odatda, jangovar guruhdan tortib motoo‘qchi vzvodgacha kuchaytirilgan umumqo‘shin bo‘linma, aloxida xolatlarda esa kuchaytirilgan motoo‘qchi batalonigacha tayinlanishi mumkin. Razvedka zarba harakatlari (RZX)-aviatsiya va artilleriya utlaridan omon kolgan NQT guruhlarini yakson etishni oxiriga etqazish, NQT katta guruhlari (otryadlari) joylashgan rayonlarni, kuchib yurgan marshrutlarini kayta razvedka qilish maksadida, razvedka ko‘poruv, jangovar va terrorchi guruhlarini kulga olish va yakson qilish maksadida xamda qo‘riqlanayotgan bazalarini, omborlarini (maxfiy joylarini), boshqaruv va aloka punktlarini, keyinchalik aviatsiya va artilleriya utlaridan beriladigan zarbalarini nishonga tugrilab turish maksadida, qulay sharoit bo‘lganda mustakil yanchib tashlash maksadida o‘tkaziladi. Razvedka zarba xaraakatlari davomidagi vazifalarni bajarish uchun, umumqo‘shin bo‘linmalaridan aloxida xollarda, motoo‘qchi guruh (vzvod) tarkibidagi kuchaytirilgan razvedka zarba guruhi yuborilishi mumkin. Razvedka zarba harakatlari olib borishda umumqo‘shin bo‘linmalari pistirma va reydli harakat usullarini kullaydilar. Jangovar guruh razvedka kidiruv va razvedka zarba harakatlari olib borganda granatomyot, pulemyot raschyoti (seksiyasi), razvedka va muxandis - saper bo‘linmalari bilan kuchaytirilishi mumkin. Odatda, kuyilgan vazifani ular, harbiy razvedka bo‘linmalari, maxsus operatsiya kuchlari xamda boshqa kuch tizimlarining maxsus bo‘linmalari bilan o‘zaro mustaxkam xamkorlikda bajaradilar. Kuchaytirilgan jangovar guruhning (vzvodni) razvedka kidiruv, razvedka zarba harakatlari olib boradigan rayonga chiqish usuli birinchi navbatda kuyilgan maksadga va yuzaga kelgan vaziyatga karab quyidagi shaklda amalga oshirilishi mumkin; vertolyotlardan desant tashlab, zirxli taxnikalarda harakatlanib va piyoda yurib chiqishi mumkin. Qo‘shinlarning maxsus harakatlarini olib borayotgan bo‘linmalarning boshqaruvini, odatda, katta komandir yoki uning urinbosarlaridan biri olib boradi. Masalan, kuchaytirilgan jangovar guruhni vzvod komandiri yoki uning urinbosari, vzvodni-batalon komandiri yoki uning urinbosarlaridan biri boshqaradi. Qo‘shinlarning maxsus harakatlari mobaynida motoo‘qchi guruh (seksiya,tank) boshqaruvini tashkil etishdagi boshqa masalalar shu bo‘linmalarni umumqo‘shin jangida boshqarish kabi bir xil bo‘ladi. Tayanch so‘zlar: -NQT – noqonuniy qurolliy tashkilotlar; - RZX – Razvedka zarba harakatlari ; -RShX–reyd shturm harakatlari; -RQX - Razvedka qidiruv harakatlari. Adabiyotlar: QQJN II,III –qism. Umumiy taktika (guruh.sektsiya. tank) T.2004 y Download 32.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling