Kirish 1 bob. Ta`Lim tizimida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etishning fundamental asoslari


Ta`lim muassasalarida ma`naviy ishlarni tashkil etish va boshqarishda maktab menejerlariga qo’yilgan zamonaviy talablar


Download 104.15 Kb.
bet7/7
Sana23.04.2023
Hajmi104.15 Kb.
#1392002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZAMONAVIY MAKTABNI BOSHQARISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH 01

2.2. Ta`lim muassasalarida ma`naviy ishlarni tashkil etish va boshqarishda maktab menejerlariga qo’yilgan zamonaviy talablar.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ma'naviyatning mohiyatini chuqur anglash muvafaqqiyat garovidir. Сhunki ma'naviyat-insonning insoniylik mohiyati, shaxsdagi ijobiy fazilatlar majmui, insonning zohiriy va botiniy qiyofasi. U inson hayotining tub mohiyatini belgilaydigan aqliy, ruhiy, axloqiy va jismoniy qarashlar, ko'nikmalar, odatlar tizimidir. Ma'naviyat – har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, unga yetaklovchi, undovchi imkoniyat. U inson shaxsini insoniylik bilan boyituvchi, kamol toptiruvchi, ko'rkamlashtiruvchi beqiyos hayotiy omil. Ma'naviyat – yaxshilik va ezgulikka moyil, yomonlik va yovuzlikdan tiyilish, nafosat va haqiqatga, halollik va rostgo'ylikka intilish, o'zi mansub jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma'rifiy-madaniy mezonlariga amal qilish hissidir. U insonning umrguzaronlik mohiyati, faoliyatining tabiatini belgilab bergan va faoliyatida gavdalangan ijobiy, go'zal fazilatlar majmui. Ma'naviyatda inson qalbi, shuuri, aql-zakovati, tabiati, bilimi, madaniyati aks etadi.


Ma'rifat esa insonning o'zini o'zi anglash, o'zini o'zi kamol toptirish, imkoniyatlarini harakatga keltirish yo'lida bilim, tarbiya, madaniyat boyliklaridan bahramand bo'lishini kafolatlovchi omildir.
Bu masala har bir jamiyatda yetakchi o'rinda turmog'i lozim. Islom Karimov ta'kidlaganidek: “biz ko'p yillar davomida ma'rifat va madaniyatga noto'g'ri munosabatda bo'ldik. Unga sarflanadigan mablag'lar doim boshqa sohalardan kam bo'ldi. Natijada biz bu masalada orqada qolib ketdik. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma'rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat, shu sohalarda va shifokorlar, madaniy-oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko'plab mutaxassislar-chinakam ziyolilardir”1.
Ma'rifat – mohiyatan aql-idrok, tafakkurning mayog'i, mijozning murabbiysi, qalbda munavvarlikni, insoniy ulug'vorlikni qaror toptiruvchi umriy vosita, iymon-e'tiqod, xarakter, lafzning me'mori, vujudning jon tomiri. U – bilish, tanish, ilm va madaniyatning kamol topish mazmuni, usul va vositalaridir.
Ma'naviyat va ma'rifat va inson tushunchalari bir butun holdagina muayyan mazmunga ega bo'ladi. Ma'naviyat yo'q joyda ma'lum maqsadga qaratilgan insoniy faoliyat ham bo'lmaydi, insonlar jamoasining birligi – jamiyat ham bo'lmaydi. Islom Karimov, “Ma'naviyat insonga havodek, suvdek zarur”, deb ta'kidlagan fikr zamirida ana shunday falsafiy mazmun yashirin. Ma'naviyatning ahamiyatini ana shu nuqtai nazardan baholamoq kerak. Ma'naviyat – xalqning, millatning, davlatning kuch qudrati, buyuk kelajak sari yuksaltiruvchi mustahkam poydevoridir. Ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangani bejiz emas. Har qanday ishning, ijtimoiy taraqqiyotning me'mori ham, bunyodkori ham, bosh harakatlantiruvchi kuchi ham inson. Uning aql-zakovati va samarador mehnatisiz hech nima yaratilmaydi, vujudga kelmaydi. Respublikamizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar taqdiri pirovard natijada ma'naviy-ma'rifiy ishlarni qay darajada yuksak saviyada tashkil qila bilish muhim hayotiy muammo.
Сhunki ma'naviy –ma'rifiy ishlarning asosiy vazifasi yuksak axloqiy fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan komil insonni tarbiyalashdan iborat. Bugungi kunda bilimdon, yetuk malakali, yuksak aql-zakovat va istiqbol dunyoqarashiga ega tadbirkor kishilargina jamiyatimizning jahon tsivilizatsiyasi sari taraqqiyotini tezlashtira oladi, O'zbekistonning dunyodagi rivojlangan mamlakatlar safidan munosib o'rin egallashini ta'minlay oladi. O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning va yangi jamiyatni qurishimizning eng asosi bo'lgan ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish hamda uni izchillik bilan hozirgi zamon talablari, milliy ruhiyatimizning ildizlariga suyangan holda yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb va g'oyat muhim vazifasidir.
Ma'naviyat va ma'rifat davlat ichki hayotidagi bir butunlikni, odamlar ruhiyatidagi ko'tarinkilik va kelajakka ishonchni, aql-zakovat yuksakligini, o'z faoliyatida tinchlikni, millatlararo hamjihatlikni barqaror rivojlantirish yo'lini aniq belgilashdagi o'z fuqarolarning orzu-umidlarini, manfaatlarini ifoda eta bilish, uni buyuk kelajak sari harakatga yo'naltirish va unga rahbarlik qilish salohiyati hisoblanadi. Ma'naviyat va ma'rifatning yangi jamiyatni qurishdagi qudratli kuch va bebaho manba ekanligi quyidagi masalalarda o'z ifodasini topadi va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda ularga alohida e'tibor qaratiladi:
1. Ma'naviyat va ma'rifat jamiyatda mavjud bo'ladigan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma'rifiy sohalarni, ularni o'zaro bog'lab, uyg'unlashtirib, davlatning bir butun mustaqil sub'ekt sifatidagi maqomini ta'minlab turadi;
2. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy –siyosiy, madaniy huquqiy va ma'rifiy sohalarini rivojlantirishdan ko'zlagan asosiy maqsadi insonni kamol toptirish, ehtiyojlarini qondirish, uni barkamollik darajasiga ko'tarishdan iboratdir. Ma'naviyat va ma'rifatni yuksak zamonaviy talablar darajasida tashkil qilgandagina muayyan vazifalarni insonga xizmat qildirish mumkin bo'ladi. Bu jarayonda ma'naviyat va ma'rifat me'yor, mezon va yetakchi omil rolini o'ynaydi.
3. Ma'naviyat va ma'rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini o'zida ifoda ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolar va davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma'naviyati va ma'rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda xalqning vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg'ulari kuchli bo'ladi. Bunday holat o'z navbatida davlat va xalqning birligini mustahkamlashda turli xil millatlar va ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar yo'lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmat qiladi;
4. Ma'naviyat va ma'rifat milliy ong va milliy tuyg'u, milliy g'oyalarni shakllantiruvchi omildir. Bular o'z navbatida har bir millatning o'zo'zini anglashiga, manfaatlar yagonaligini tushunishiga, kishilarda milliy g'urur, qadr-qimmatning mustahkam dunyoqarashga aylanishiga yordam beradi;
5. Ma'naviyat va ma'rifat bor joyda ehtiyojlar va zaruriyatlar ham yuzaga keladi. O'z navbatida ehtiyojlar va zaruriyatlar shaxs, millat va davlatni kechagidan bugun, bugundan ertaga yana ham yaxshiroq hayot kechirishga, barkamol bo'lishiga yetaklaydi, shaxs, millat va davlatning tarqqiyoti sari harakat qilishga da'vat etadi. Bu jarayonda ma'naviyat va ma'rifat shaxs, millat va davlat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi bosh omil hisoblanadi;
6. Ma'naviyat va ma'rifat aql-zakovat, salohiyat yuksakligining muhim mezoni va manbai hisoblanadi. Bu orqali inson millat mahsulini millat va mamlakatning yuksak moddiy va ma'naviy boyliklari darajasiga ko'taradi;
7. Ma'naviyat va ma'rifat davlat ichki hayotida tinchlik, barqarorlikni vujudga keltiradi, har qanday munozarali masalalarni aql va vazminlik bilan hal qilishda xalq ruxiyatini shakllantiradi;
8. Ma'naviyat va ma'rifat kishilarni sub'ektiv, qarindosh-urug'chilik, mahalliychilik manfaatlari ehtiroslarga berilishidan saqlaydi, shaxsiy va mahalliy manfaatlarni millat hamda Vatan manfaatlariga uyg'unlashtirish muhitini vujudga keltiradi, millatning umubashariy qadriyatlar sari intilishini kuchaytiradi;
9. Ma'naviyat va ma'rifat mamlakatda adolatni qaror toptirish, insonlarni qonunlarning ijodkori va itoatkori darajasiga ko'taradi. Qonunlar davlat, millat va shaxsning har qanday harakatining aniq me'yori darajasiga aylangan mamlakatda demokratik ruhdagi adolatli qadriyatlar shakllanishi mumkin bo'ladi;
10. Ma'naviyat va ma'rifat davlatning ichki hayotidagi muammolarni hal qilishning muhim omili bo'lishi bilan birga, u davlatning xalqaro hayotdagi obro' –e'tiborini oshiradi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini va barqaror taraqqiy etayotganligini tasdiqlaydi. Bu o'z navbatida davlatning xalqaro hayotda harakat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Islom Karimov ta'kidlaganidek “agarki biz o'zimizning ma'naviy burchimizni oqlashni istasak ularga (yoshlarga M.A) otalarcha g'amxo'rlik qilishimiz kerak. Ana shu maqsadda biz ularning mamlakatimiz va chet ellardagi nufuzli ilmiy markazlarda ta'lim olishi uchun mablag'lar ajratdik. Bu ishlar uchun hech narsani, shu jumladan, valyutani ham ayamaymiz”. (“Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch”, T.: Ma'naviyat, 2008 80-bet.)
Ma'naviyat – shaxsning ruhiy hayot tajribasi, ruhiy olamini, dunyoqarashini, aqliy salohiyatini o'zida mujassamlashtiradi. U shaxsning va millatning o'zligini anglashi, milliy g'urur, milliy iftihor, vatanparvarlik, davlatga hurmat, jamoa an'analariga xayrixohlik, diyonat, mehr-shafqat, poklik, halollik, vijdonlilik, rostgo'ylik, adolatparvarlik, kamtarinlik kabilarni o'z ichiga oladi. Ma'naviyat yo'li – bosqichma-bosqich o'tiladigan yo'l. Inson aqlini tanigandan boshlab, tafakkur, ahloq va ma'rifatda kamolotga intiladi. Jamiyat ma'naviyati, uning rivoji ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyotning natijasi hisoblanadi. Jamiyat asta-sekin rivojlanib borgan sari inson ma'naviyati ham tarkibiy jihatdan mukammallashib borgan. Ma'naviyatning eng qadimgi asoslarini axloqiy, diniy va badiiy qarashlar tashkil qiladi. Davlatning yuzaga kelishi bilan ma'naviyat ning siyosiy, falsafiy va ilmiy shakllari yuzaga kelgan. Shunday qilib, ma'naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkil qiladi:
– axloqiy qarashlar va axloqiy ta'lim;
– diniy qarashlar va diniy ta'lim;
– badiiy qarashlar va badiiy ta'lim;
– falsafiy qarashlar va falsafiy ta'lim;
– siyosiy qarashlar va siyosiy ta'lim;
– huquqiy qarashlar va huquqiy ta'lim;
– ilmiy qarashlar va fan; jami tabiiy va gumanitar fanlar ham shu guruhga kiradi.
Bularning har qaysisi tadqiq predmetiga ega. Ular ma'lum ijtimoiy vazifani bajarishga da'vat etilgan bo'lib, jamiyat taraqqiyoti va ma'naviyatli komil insonni tarbiyalashda muhim mavqe tutadi.
Oila – ma'naviyatning ilk va daxlsiz beshigi. Insonning ma'naviy komillik maqomlariga ko'tarilishida oilaviy muhit bilan birga jamoatchilik, ta'lim tizimi, milliy mafkura va davlat faoliyati muhim o'rin egallaydi. Ularning real harakatlari quyidagi yo'nalish va shakllarda namoyon bo'ladi:
Oila – jamiyatning negizi va davlat taraqqiyotining ilk manbai.
Oila – shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh dunyoqarashlari shakllanishi va ijtimoiy munosabatlar vujudga kelishining bosh asosi hisoblanadi. Muayyan imkoniyatlar oilaning mamlakat ma'naviyatini shakllantirish, uning mavjudligini mustahkamlash, turli xalqlar va mamlakatlar o'rtasida ma'rifiy munosabatlar qaror topishini ta'minlaydi. “Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch” kitobida aytilganidek “yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo'rg'oni bo'lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishini istardim” (57-bet)
Oilaning yuksak madaniyatli shaxsni shakllantirish va davlat tizimidagi tutgan muhim o'rnidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
a) oilani shakllantirishda jamoatchilik boshqaruv institutlari rahbarlik faoliyatini kuchaytirish;
b) o'zbek xalqining ko'p bolalikka moyilligi va aholining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qilayotganligi, o'ziga xos urf-odatlar, an'analar va qadriyatlarning miliy taraqqiyotda muhim o'rin va mavqega egaligidan oilani ijtimoiy himoya qilishni davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida davom ettirishni ta'minlash;
v) aholining o'zi yetishtiradigan mahsulotni qayta ishlab chiqarishni keng joriy qilish,yoshlarning ish bilan ta'minlanmagan qismidan Respublikaning yirik qurilishlarida, qishloq xo'jaligida foydalanish va ularning xorijiy mamlakatlarga shartnoma asosida yuborishni ta'minlashni jamoat tashkilotlari va davlat institutlari faoliyatining yetakchi vazifasi qilib belgilash;
g) xotinqizlarning farzand tarbiyasi va oilani mustahkamlashdagi alohida o'rnini hisobga olib, ularning homiladorlik va bolani tarbiyalash davridagi belgilanadigan ta'tillar muhlatini kengaytirish, ko'p farzandli ayollarga tegishli imkoniyatlar beruvchi me'yoriy hujjatlar ishlab chiqish, soliqlarni imkoniyat darajasida qisqartirib borish;
d) davlat tomonidan qabul qilingan sog'lom avlod dasturini hayotga tatbiq etishda oilaning mas'uliyatini oshirish. O'z sohasi bo'yicha ishlash qobiliyatini saqlab qolgan mutaxassislardan foydalanishning me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Oilani yoshlarimizni ma'naviy tahdiddan himoya qiluvchi qo'rg'onga aylantirish.
Oila, maktabgacha bo'lgan tarbiya, umumiy ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim, malaka oshirish tarmoqlari ta'lim tizimining asosi bo'lib, davlat taraqqiyotining har bir bosqichidagi taqdirini belgilab beradi. Bu borada quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
a) ta'limning barcha sohalarini birlashtiruvchi, milliy xususiyatlarini o'zida aks ettiruvchi, jahon mamlakatlarining ilg'or tajribalarini umumlashtiruvchi davlat milliy kontseptsiyasini, ya'ni kadrlar tayyorlash milliy dasturini oxirigacha amalga oshirish;
b) shu maqsadga tegishli me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish, unda belgilangan vazifalarni tashkil qilish, boshqarish va rahbarlik qilishni yanada yaxshilash;
v) ta'lim tizimida ishlayotgan o'qituvchilarning malakalarini zamon talabi darajasiga ko'tarish, ularni o'z kasbining fidoyisiga aylantirish, o'qituvchilik kasbining nufuzini ko'tarish. Ushbu sohada faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib doimiy raishda oshirib borish;
g) oliy ta'lim tizimining mamlakat aqlzakovatini shakllantiruvchi asosiy tayanch ekanligidan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashni mamlakat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilishni yanada takomillashtirish;
d) viloyat markazlaridagi oliy o'quv yurtlarining o'z hududida mutaxassis kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini umumdavlat manfaatlari miqyosida qayta ko'rib chiqish, ularni yuqori malakali professoro'qituvchi mutaxassis kadrlar bilan ta'minlash, moddiy texnikaviy bazasini mustahkamlash asosida ma'naviyat va ma'rifat markaziga aylantirish;
j) umumiy ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimida xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish. O'zbekistonning mustaqil xususiy ta'lim tizimini yaratish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rib chiqish.
z) kadrlar tayyorlash sifatini yuksak darajaga ko'tarishning muhim omili sifatida davlatga qarashli oliy ta'lim faoliyatini takomillashtirish, bozor munosabatlari va soha raqobatini vujudga keltirish maqsadida ayrim oliy o'quv yurtlarini aktsiyadorlik jamoasi ixtiyoriga berish, uni muayyan yangi tartibda va uslubda tashkil qilish va boshqarish masalalarini ko'rib chiqish;
i) ijtimoiy gumanitar fanlarning ma'naviyat va ma'rifatni shakllantirishning asosi ekanligini e'tiborga olib, o'qitishning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ularni quyidagicha izchillik bilan tashkil qilish va o'qitishni nazoratda tutish;
umumiy ta'lim tizimida: tarix, o'zbek tili va adabiyoti, milliy g'oya, ma'naviyat, odobnoma, davlat huquqi asoslari, xorijiy tillarni mukammal o'rganish;
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida: tarix, huquqshunoslik, o'zbek tili va adabiyoti, milliy g'oya, ma'naviyat asoslari, xorijiy tillar, ahloqshunoslik fanlari o'qitilishi uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash.
oliy ta'lim tizimida: tarix va uning nazariy muammolari, politologiya va psixologiya, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, inson huquqlari muammolari, sotsiologiya, kasb etikasi, kasb estetikasi, milliy g'oya, ma'naviyat asoslari fanlarini o'qitishni takomillashtirish;
“Ma'naviyat asoslari”, milliy g'oya kurslarini o'qitishni, oliy o'quv yurtlarida o'qitilayotgan axloqshunoslik, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, estetika fanlari bilan bog'lash, undan davlat imtihoni olish maqomi berishni nazarda tutish;
mamlakat ichki va tashqi siyosati mohiyatini aholining anglab yetishi, madaniy ma'rifiy, milliy huquqiy, siyosiy ong darajalarini o'stirish, mutaxassis kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo'yish, rahbarlik qilish, ularning davlat siyosatini hayotga tatbiq etishdagi qadriyatini, yoshlar va boshqa umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan muammolarni o'rganish, tegishli takliflar ishlab chiqishni yo'lga qo'yish zaruriyatini hisobga olib, sotsiologik tadqiqotlarni kuchaytirish.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda milliy til va fan masalasi.
Milliy til ma'naviyat va ma'rifatning yetakchi omili ekanini hisobga olib, davlat tomonidan qabul qilingan qarorning real hayotda bajarilishini ta'minlash;
davlat tilini milliy ma'naviyatni targ'ib qilish, ta'lim, sog'liqni saqlash, oliy ta'lim, aloqa, transport, ommaviy axborot va boshqa davlat va nodavlat tizimida qo'llanishini ta'minlashni nazorat qilish;
xorijiy mamlakatlar vakillari bilan bo'ladigan muloqotlar, shartnomalar, ma'lumotlar va hujjatlarda asosiy til sifatida davlat tilini qo'llash ustidan nazoratni kuchaytirish;
davlat tilida ilmiy, badiiy va san'at asarlarini chop etishga e'tiborni kuchaytirish, xorijiy tillardan muxim iilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga bog'liq bo'lgan asarlarni tarjima qilish, ta'lim tizimida davlat tilini boshqa millat vakillariga o'rgatishni takomillashtirish, uning ustidan nazorat qilish, davlat tilni o'rganishni hohlovchi har bir fuqaro uchun amaliy, yordam ko'rsatishni idoralar, vazirliklar va boshqa muassasalar rahbarlari zimmasiga yuklash;
davlat tilini joriy qiluvchi komissiyalar faolini takomillashtirish, uning tarkibini qaytadan ko'rib chiqish va unga amaliy yordam berishda faollik ko'rsatuvchi kishilarni jalb qilish;
ko'chalar, maydonlar, tashkilotlarga o'zbek millatining taqdirida buyuk o'rin tutgan tarixiy shaxslar, ulug' allomalar, taniqli olimlar, adabiyot, san'at, davlat va jamoat arboblari nomlarini berish bo'yicha qabul qilingan davlat qonunining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Fanning ma'naviyat va ma'rifatni rivojlantirishdagi yetakchi mavqeini, fan ahllarining mamlakat aqlzakovatining tayanch qismi hisobga olinib, ularning jamiyatdagi mavqe va maqomini qayta ko'rib chiqish;
fanning fundamental sohalarini rivojlantirishda davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar bozor iqtisodiyoti talablari darajasidan orqada qolayotganligini e'tiborga olib, ularga tegishli moddiy yordam ko'rsatish va qo'llabquvvatlashning qo'shimcha omili sifatida ilmiy tadqiqot ishlaridan tushayotgan mablag'larning asosiy qismini muayyan sohada ishlayotgan kadrlarning ehtiyojini qondirishga saqlash imkoniyatini vujudga keltirish, iqtidorli yosh kadrlarni tarbiyalashga asosiy e'tborni qaratish;
qishloq xo'jaligi xomashyosini qayta ishlash, oziqovqat texnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan fanning yangi yo'nalishlarini belgilash va takomillashtirish;
ijtimoiy gumanitar fanlar bo'yicha milliy tarix, adabiyot, san'at, ma'naviy meros, qadriyatlar, an'analar, milliy ong, milliy g'urur, ruhiyat, erkin tafakkur, siyosat va huquqiy muammolarni har tomonlama chuqur va puxta o'rganish, tahlil qilish va ulardan kelib chiqadigan ilmiy xulosalarni hayotga tatbiq qilish orqali ma'naviyat va ma'rifatni rivojlantirishni nazarda tutish;
umummanfaatlarni uyg'unlashtiruvchi milliy taraqqiyot mafkurasini shakllantirish, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, qishloq aholisi ma'naviyati va ma'rifatini ko'tarish, yoshlarda vatanparvarlik, qonunlarga amal qilish, tuzumga hurmat ruhiyatini shakllantirishni ijtimoiy gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy mavzusi sifatida belgilash.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda adabiyot, san'at va mafkurani rivojlantirish masalasi.
Adabiyot va san'atning ma'naviyat va ma'rifatni shakllantirish va barkamol insonni tarbiyalashdagi muhim ahamiyatini nazarda tutib, uni rivojlantirishda:
milliy qadrni ko'tarishga, uning ongiga mustaqillik va millatparvarlik tuyg'ularini singdirishga, millat oldida turgan muammolarni hal qiloishda ularning faolligini oshirishga xizmat qiluvchi asarlar yaratilishini adabiyot va san'atning bosh talablari sifatida belgilanib, ijodkorlikning hamjihatligini vujudga keltirish, mamlakat va millat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi asarlar yaratishga yo'naltirish;
milliy san'at turlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish, bu sohada faoliyat ko'rsatayotgan yoshlarni qo'llabquvvatlash bilan san'atning jahonda tan olingan janrlarini keng targ'ib qilish, yoshlar ongiga, millatimiz ma'naviy madaniy manfaatlariga zid bo'lgan asarlarning targ'ib qilinishiga yo'l qo'ymaslik. “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asarida ko'rsatib o'tilganidek “keyingi paytlarda sa'natda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida, matbuot vositalarida bo'lmag'ur lavxalarni aks ettirish, bema'nilik va hayosizlikni, ba'zan esa, hatto ahloqiy buzuqlikni targ'ib qilishlar kilishlar ko'payib qoldi” (80-bet)
Mafkuraning millat, davlat va ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdagi ahamiyatini hisobga olib, uni yuksak darajada rivojlantirish va takomillashtirishda:
uni millatning milliy, ruhiy, aqliy va ma'naviy kuchqudrati va imtiyozlarini o'zida mujassamlashtiruvchi ilhombaxsh mafkuraga yetkazish:
mafkuraning ma'naviyat va ma'rifat tayanchi o'laroq, iqtisodiy siyosiy tafakkurni shakllantirish, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va fuqaro faolligini ta'minlashdagi mavqeini oshirib borish.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda OAV ta'lim, sog'liqni saqlash, jamoat tashkilotlari ishlarini yaxshilash masalasi.
Ommaviy axborot vositalarining ma'naviyat va ma'rifat ning targ'ib tashviq qilish, jamiyat va hayot muammolarini o'rtaga tashlashdagi tezkorlik va ommaviylik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda:
ularning saviyasini ko'tarish, chinakam ma'noda to'rtinchi hokimiyat darajasiga yetkazish;
gazeta, jurnal, radio eshittirishlar faoliyatini takomillashtirish, teleko'rsatuvlarda hayotiy muammolarni ko'tarish muhitini vujudga keltirish, ayniqsa bag'ishlangan ko'rsatuvlarda milliy qadriyatlar, zamonaviy an'analarga keng e'tibor qaratish;
respublika radio va televideniya tizimida ishlayotgan kadrlarning saviyasini ko'tarish, bu sohada milliy tushunchalari shakllangan yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, iqtidorli yoshlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga, tajriba almashishga yuborish;
Markaziy Osiyo mamlakatlarining o'zaro yaqinlashuvi bilan bog'liq bo'lgan haqiqatlarni chuqur bilish va targ'ib qilish maqsadida oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining mas'ulligida “ma'naviyat taraqqiyot” nomli oylik jurnal chiqarishni yo'lga qo'yish;
Ta'lim, sog'liqni saqlash, adabiyot, texnikatexnologiya, davlatni idora qilish, unga rahbarlik qilish, qishloq xo'jaligi va boshqa tizimlarda chuqur bilim va boy tajribalarga ega bo'lgan kishilardan iborat ziyolilar guruhini tashkil qilish, ularning faoliyatini yangi g'oyalar ravnaqiga safarbar etish, millat va davlat taqdiri uchun aholining umumiy mas'uliyani oshirishga qaratish;
yuksak malakali mutaxassislardan unumli foydalanish, ularning ish tajribalarini keng yoyish, fan doktorlari, professorlarning bozor iqtisodiyotini sharoitidagi moddiy ma'naviy ehtiyojlarni hisobga olish, ularning maqomini ko'tarish, maosh tayinlashda fan nomzodi va doktori o'rtasidagi tafovutlarni qayta ko'rib chiqish, ayniqsa fan doktorlari tayyorlash uchun davlat tomonidan sarflanadigan mablag'ni ularning davlatga keltiradigan foydasi va xorijiy mamlakatlar tajribalarini hisobga olib belgilash, ularga oylik ish haqini belgilashda tegishli imtiyozlar berish masalalarini ko'rib chiqish;
milliy aqlzakovat salohiyatini saqlab qolish, uni rivojlantirish, mamlakatimizning hozirgi zamon tsivilizatsiyasiga kirib borishida ziyolilarning alohida o'rni va xizmatlarini e'tiborga olib, nafaqat O'zbekiston fan arbobi, balki barcha fan doktorlari va professorlariga, davlat va jamoat tashkilotlarida xizmat ko'rsatgan ziyolilarga nafaqalar tayinlashda, sog'liqni tiklash muassasalaridan foydalanishda imtiyozlar berish masalasini hal qilish.


1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr

Download 104.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling