Kirish. 1-mavzu: Qadimgi tarix-taraqqiyotning boshlanish Epigrafika nimalarni o’rganadi ?
Download 44.5 Kb.
|
6-sinf 1-2 mavzu
Kirish. 1-mavzu:Qadimgi tarix-taraqqiyotning boshlanish 1.Epigrafika nimalarni o’rganadi ? J –Qadimgi bitiklarni o’rganadi 2. Numizmatikachi... J – tangalarni o’rganadi 3. Sivilizatsiya nima? J – eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlarning tashkil topishi va rivijlanishi 4. Dastlabki sivilizatsiyalar qayerda vujudga kelgan? J - Qadimgi Sharqda, so’ngra Yunonistonning Krit orolida 5. Qadimgi dunyo tarixi qaysi voqealarni o’z ichiga oladi? J – Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to 476-yilda Garbiy Rim imperiyasining qulashigacha bo’lgan davrni 6. ,,Piramida matnlari’’ va ,, Marhumlar kitobi’’ qaysi xalqlar tarixidan hikoya qiladi? J – Misrliklar 7. ,,Rigveda’’ chi kitobichi? J – Hindlar tarixidan 8. Qaysi kitob O’rta Osiyo tarixidan hikoya qiladi? J – ,,,Avesto’’ kitobi 9.Bobil qayerda joylashgan? J – Dajla va Frot daryolari oralig’ida 10.Qaysi fanni ,, buyuk o’qituvchi’’ deb atashadi? J – Tarixni 11. Biografiyalar nima? J – Insonlarning tarjimayi holi 12. Arxeologlar kimlar? J – Qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini olib boruvchilar 13.Antropologlar kimlar? J – odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklovchilar 14. Etnograflar kimlar? J – hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlanib qolgan xo’jalik va madaniy ana’analarini o’rganuvchilar 15. Manbalar nechiga bo’linadi? J – 2 ga , moddiy va yozma manbalar 16. Moddiy manbalarga nimalar kiradi? J – qadimda inson qo’li bilan yaratilgan hamma narsalar kiradi 17. Qaysi manbalarni topilishi olimlarga ming yilliklar tarixini tiklashni osonlashtirdi? J – Yozma manbalarning topilishi 18. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba bu... J -“Avesto” 19. ,,Avesto’’ da yurtimizning qaysi viloyatlari sanab o’tilgan? J – Baqtriya, So’g’d, Xorazm 20.Behistun bitiktoshi qayerda joylashgan? J – Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida 21.Behistun qoyatosh bitiklari kimning buyrug’iga ko’ra yozilgan? J – Doro I buyrug’i bilan 22.Unda qaysi viloyatlarimiz sanab o’tilgan? J - Xorazm, So’gdiyona, Baqtriya 23. Qaysi asarda yurtimizning qadimgi madaniyati to’g’risida malumot berilgan? J – Avestoda 25. Tarixning otasi kim? J – Gerodot 26. Gerodot haqida gapiring? J – Mil.avv Vasrda yashagan yunon tarixchisi 27.Gerodotning asarini ayting? J – to’qqiz kitobdan iborat ,,Tarix’’ kitobi 28.Qaysi asarda o’lkamizning qadimgi aholisi to’g’risida malumotlar berilgan? J - ,,Tarix’’ asarida 29.,,Geografiya’’ asari kimniki? J - Yunon tarixchisi va geografi Straboning asari 30.Qaysi asarda O’rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma'lumotlar keltirilgan? J -,,Geografiya ‘’ asarida 31. Strabon nechanchi asrda yashagan? J – Mil.avv I asrda 32. Kvint Kursiy Rufning asarini ayting? J - "Makedoniyalik Aleksandr tarixi" 33.Kvint Kursiy Ruf nechanchi asrda yashagan? J – Milodiy I asrda 34.Arrianning asarini ayting? J - "Aleksandrning harbiy yurishlari" 35.Arrian nechanchi asrda yashagan? J - Milоdiy II- аsrdа yashаgаn yunon tarixchisi 36. Ko’hna qadamjolarni qazish chog’ida arxeologlar qaysi hudud hunarmandlari tamonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan? J - Eron, Mesopatamiya va Hindiston 37. Jahondagi barcha xalqlarning tarixi qaysi tuzumdan boshlangan? J – ibtidoiy jamoa tuzumidan 38.Ibtidoiy jamoa tuzumi bu... J – insoniyat tarixining boshlang’ich davri bo’lib, bu paytda barcha mehnat qilgan qurollari umumiy bo’lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan 38. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich bu..? J - Ibtodoiy to’da 40. Ibtidоiy to`dа nima? J - turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir. 41. Urug` bu ...? J -birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy jamoa mehnat qurollari va qurol yaroqlarga ega bo`lgan qarindoshlar jamoasidir. 42. Dastlabki urug` jamoalarni kim boshqargan.? J - Ona boshqargan (Matriarxat). 43. Mаtriаrхаt qanday davr? J – ona urug’ davri. 44. Qaysi omillar urug’ sardori erkak kishi bo`lishiga olib keldi.? J - mehnat qurollari va xojalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi urug`ga sardor bo`lib qoldi. 45. Pаtriаrхаt qanday davr? J –ota urug’ davri 46. Dastlabki mehnat qurollari nimadan yasalgan? J – Toshdan 47.Tosh davri nechiga bo’linadi , ular qaysilar? J – Uchga bo’linadi, paleolit, mezolit, neolit 48.Paleolit bu.. J - qadimgi tosh asri — paleolit (yunoncha "paleos"— "qadimgi" va "litos" — "tosh" sozlaridan) 49.Mezolit… J - o`rta tosh davri— mezolit ("mezos" — "Orta") 50.Neolit…. J - yangi tosh davri — neolit ("neos" — "yangi") 51.Eneolit…. J - mis-tosh davri — eneolit (lotincha "eneus" — "mis" va yunoncha "litos" — "tosh" sozlaridan) 52.Paleolit o’z o’rnida nechiga bo’linadi? J – uchga bo’linadi, Ilk-mil.avv. 1mln-100 ming yilliklar O’rta-mil.avv.100-40 ming yilliklar So’nggi-mil.avv 40-12 ming yilliklar
1.Dastlabki odamlar qaysi xususiyatlari bilan hayvonlardan ajralib turgan? J – qaddi-qomatini tik tutib yurgani,mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilganligi bilan
3. Buyuk muzlik davri qachon boshlandi? J - Ilk paleolitning so`ngida 4.O`rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerlarda topilgan.? J - Farg`ona vodiysidagi Selung`ur manzilgohidan va Toshkent vohasidagi Kolbuloq manzilgohidan 5. Chopperlar nima? J - uchi bir tomonga qaratib o’tkirlangan qo’pol tosh qurollar 6. O`zlashtiruvchi xo'jalikka nimalar kiradi? J - termachilik va ovchilik kiradi 7. Teshiktosh g`ori qayerda joylashgan? J – Boysun tog’larida 8. Teshiktosh g’ori qaysi davrga tegishli? J –o’rta paleolit davriga 9. Teshiktosh g`oridan nimalar topilgan? J - tosh qurollari va ularning parchalari, tog’ echkisi, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. 10.Teshiktosh g`oridan topilgan eng mashhur topilmani ayting? J - tosh asriga mansub 8—9 yashar neandertal bolaning suyaklari qoldiqlari Jasad atrofiga tog’ echkisi shoxlari qadab chiqilgan. 11. Dastlabki diniy e'tiqodlar qaysi davrda shakllangan? J – O’rta paleolit davrida 12. Qaysi omillar insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o’zgartirib bordi? J – mehnat faoliyati va tevarak olam haqida to’plangan bilimlar 13.Totemizm nima? J – insonlarni biror hayvon yoki o’simlik turi bilan qarindoshlik aloqasi 14. Аnimizm nima? J - insonni o`rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish. 15. Fеtishizm bu .....? J - Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ishonish. 16. Qoyatosh suratlari qaysi davrga oid? J – So’nggi paleoliy davriga 17. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari qayerlardan topilgan.? J - Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko, Boshqirdistondagi Kapova g`orlaridan topilgan. 18.Qoyatosh suratlaridan qanday malumotlarni bilib olishimiz mumkin? J – Insonlar nimalarni o’ylaganini, qaysi hayvonlarni ovlaganini, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog’lardan foydalanganligini bilib olamiz 19. Qaysi omillar eng qadimgi tasviriy sanat rivoji uchun asos bo’lib xizmat qildi? J –odamning o’zini qurshab turgan tevarak olamni tushunishga intilishi 20.Avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop va sinantrop qaysi davrda yashagan? J – ilk paleolitda 21.Neandertal odam qaysi davrda yashagan? J – o’rta paleolitda 22. Kromanyon odam qaysi davrda yashagan? J – So’nggi paleolitda 23.Altamir qayerda joylashgan? J – Ispaniyada 24.Lasko qoyatosh suratlari qaysi davlatda? J – Fransiyada 25. Kapova g’ori qayerda joylashgan? J – Boshqirdistonda Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling