Ishning maqsadi Tibbiyot texnikalarining internetda online savdosini amalga oshirish uchun axborot tizimi ma’lumotlar bazasini loyihalash va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqishdan iborat.
Ishning amaliy ahamiyati. Bu ishning amaliy ahamiyati yurtimizda turli sohalarda AKT dan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Savdo va xizmat ko’rsatish sohalarida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish shu sohalarning rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Tibbiyot texnikalarining internetda online savdosini amalga oshirish iqtisodiyotning shu sohasida shaffoflik va xizmat ko’rsatishda sifatning oshishiga olib keladi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Ushbu ish 3 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlaridan tashkil topgan.
Birinchi paragraf “Internet orqali savdo qilish uchun axborot tizimlarini nazariy asoslari” deb nomlangan bo’lib, elektron do'konlarni qurish tamoyillarini tahlil qilish, elektron do'kon qurish uchun dasturiy vositalarning qiyosiy xususiyatlari va to'lov tizimlari va ularning xavfsizligini tahlil qilish haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan birgalikda ushbu bitiruv malakaviy ishda qo’yilgan masala keng yoritib berilgan.
Ishning ikkinchi paragrafi “Tibbiyot texnikalari uchun online savdo do’kon tizimini yaratishning dasturiy vositalari” deb nomlangan bo’lib, ushbu paragrafda tizimni yaratish uchun tanlangan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va tanlangan dasturlash vositasi haqida ma’lumotlar bayon qilingan.
Uchinchi paragraf tibbiyot texnikalari uchun online savdo do’koni tizimini loyihalashga bag’ishlangan. Shuningdek, ushbu bobda komp’yuter va axborot tizimlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga ham keltirilgan.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishida olingan asosiy natijalar keltirilgan.
Adabiyotlar qismida bitiruv malakaviy ishini bajarishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |