MUNDARIJA:
|
Kirish
|
3
|
I BOB
|
Davlatning bandlik siyosati va mehnat bozorini tartibga solish usullari
|
5
|
1.1
|
Davlatning mehnat bozoridagi roli.
|
5
|
1.2
|
Davlatning ish bilan bandlik siyosati.
|
12
|
1.3
|
Mehnat bozorining infratuzilmalari.
|
16
|
1.4
|
Aholini ishga joylashtirish tizimida davlat va xususiy tuzilmalar sherikligining roli.
|
19
|
|
Xulosa va takliflar
|
26
|
|
Adabiyotlar ro‘yxati
|
28
|
KIRISH
Mustaqil ish mavzusining dolzarbligi. Mehnat bozori boshqa tovarlar bozoridan yuqorida bayon qilingan xususiyatlari va amal qilish mexanizmi komponentlaridan tashqari yana quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, mehnat bozoridagi ishchi kuchini sotuvchisi bilan uning xaridori o’rtasidagi o’zaro munosabatlar uzoq muddat davom etadi. Tovar bozorlarida sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabat, asosan, qisqa muddat ichida sodir bo’ladi.
Ikkinchidan, mehnat bozorida pulsiz omillar katta rol o’ynaydi. Bu omillar qatoriga ishning murakkabligi va sertalabligi, mehnat sharoiti, uning inson salomatligi uchun xavfsizligi, ish bilan bandlik va kasbiy o’sishning kafolatlanganligi, jamoadagi ma’naviy muhit va boshqalar kiradi.
Uchinchidan, mehnat bozoriga turli institusional tuzilmalar ta’siri kuchlidir. Kasaba uyushmalari, mehnat qonunchiligi, davlatning bandlik siyosati va kasb-hunar ta’limi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimi, tadbirkorlar uyushmalari va boshqa institusional tuzilmalar mehnat bozoriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.Mehnatbozori o’zining turli segmentlariga ega bo’ladi. Ular o’z ichiga eng yuqori alakali mutaxassislar, malakali kadrlar va boshqa ishchi-xodimlar bozorlarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |