Kirish 3 kirish mavzuning dolzarbligi


Vosheriyalilar tartibi]— Vaucheriales


Download 1.81 Mb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1501244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
202 Одилбекова О

Vosheriyalilar tartibi]— Vaucheriales
Vosheriya (Vaucheria)1 turkumi vakillari chuchuk suvlarda, dengizlarda yoki sernam tuproqlarda tarqalgan bo‘lib, ba’zan moxlarning protonemasi orasida usadi va baxmalsimon chim qatlamlari hosil qiladi.Ularning ayrimlari haqiqiy galofit {galo — tuz, fit — o‘simlik) bo‘lib, suv tarkibidagi tuz-iing miqdorini aniqlashda indikator sifatida foydalaniladi.



1.5.rasm. Vaucheria.
A — anteridiy va oogoniyali ip; B — zoospo-rangiidan zoosporaning chiqishi; S-chapda qairilgan anteridii va oogoniy.
Vosheriyaning yo‘g‘on ipsimon tallomi uzunligi bir necha santimetr, shoxlangan va rangsiz rizoidlari yordamida subst-ratga birikkan xolda usadi (144-rayem, A). Ipsimon tallomi hujayrasining sitoplazma devori atrofida ko‘p miqdorda do-nasimon yoki duksimon, pirenoidsiz xromatoforalar va yog tom-chilari bo‘ladi. Sitoplazma ko‘p yadroli, unda bir qancha mayda yadrolar xromatofora ostida joylashgan.
Vosheriya jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi ipining yon shoxchalari uchidagi to‘siqlar bilan aj-ralgan zoosporangiylarda hosil bo‘ladigan bitta yirik zoo spora vositasida boradi. Zoospora vujudga kelishidan oldin, zoosporangiy ichidagi xromatofor va yadrolar protoplazma bilan aralashadi, so‘ng yadro hujayra devori atrofida va xromatofora esa hujayraning ichki qismida joylashadi. Zoospora yirik oval shaklda bo‘lib, ko‘p xivchinli. Har qaysi juft xiv-chin tagida sitoplazma, bitta yadro, uning ostida donador xromatofor joylashadi. Zoosporalar yetylganidan keyin zoosporangiy ustida asta-sekin teshikcha hosil bo‘ladi (144-rayem, B). Zoospora ana shu teshikcha orqali tashqariga chiqadi. Suvda xivchinlari yordamida harakat qilib, bironta substratga o‘rna-shadi, xivchinlarini tashlab, harakatdan to‘xtaydi va o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi.
Yer ustida o‘sadigan ba’zi turlarida, zoosporalar bilan bir qatorda qalin po‘stli harakatsiz aplonosporalar va aki-netsporalar vujudga keladi.
Vosheriyaning chuchuk suvlarda tarqalgan turlari bir uyli bo‘lib, dengizlarda tarqalganlari ham bir uyli, ham ikki uylidir.
Vosheriyaning jinsiy ko‘payishi oogamiya. Uni ipida oogoniya va anteridiyalari bir-biriga yaqin joylashadi. Oogoniya tagi-dagi ko‘ndalang to‘siq bilan ipidan ajralib turadi, ichida bitta tuxumhujayra bo‘ladi. Bir uyli turlarida oogoniya yoni-da erkak jinsiy hujayra—anteridiy joylashadi.
Anteridiy ilmoqsimon, qayrilgan silindrsimon, yon o‘simta ko‘rinishida bo‘lib, bukilgan joyidan ko‘ndalang to‘siq bilan ajraladi (1.4-rasm, V). To‘siqning yuqori qismida anteridiy bo‘lib, un da xromatoforalari bir-biriga teng bo‘lmagan ikki xivchinli spermatozoidlar vujudga keladi. Oogoniya ichidagi tuxum-hujayraning urug‘lanishi ancha masofada joylashgan anteri diydan hosil bo‘ladigan spermatozoidlar yordamida sodir bo‘lishi sababli, jinsiy organlar bi r vaqtda taiyor bo‘lmaydi. Tuxumhujayra yetilgandan so‘ng, oogoniya yorilib, yoriqcha hosil bo‘ladi, undan rangsiz modda ajraladi, bu modda spermatozoidni o‘ziga jalb etadi. Spermatozoidlardan faqat bittasi oogoniya burunchasidagi yoriqcha orqali ichk ariga o‘tib, tuxum-hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota qalin pust bilan o‘ralib, moy tomchilari va gema-toxrom bilan to‘ladi. Tinim davrini o‘tab bo‘lgandan so‘ng, gaploid naslli ip o‘sadi. Vosheriyaning ba’zi turlarida oogoniya va anteridiy tal-lomining pastki o‘siqlaridan taraqqiy etadi.
Turlarining soni jihatidan uncha ko‘p bo‘lmagan sariq-yashil suvo‘tlarning evolyutsiyasi yashil va oltin tusli suv-o‘tlar bilan bir vaqtda parallel holda o‘tishi tufayli, ular nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Foy-dali tomoni shundan iboratki, ular boshqa suvo‘tlar bilan birgalikda o‘sib, suv havzalarini oziq modda bilan boyitadi, suv havzalari va tuproqda organik moddalarni to‘plashda, suvni tozalashda sanitarlik — indikator vazifasini bajaradi.


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling