Kirish. Adabiy jarayonda ro`y bеrayotgan yangiliklar va yangi tamoyillar


Download 73.84 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi73.84 Kb.
#1172575
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu taqdimot (1)

Kirish. Adabiy jarayonda ro`y bеrayotgan yangiliklar va yangi tamoyillar

REJA: 1. Kursning mazmuni, asosiy maqsadi, vazifalari. 2. Kurs qamrab olgan davr va ijtimoiy-siyosiy sharoit. 3. XX asr adabiyotining taraqqiyot yo‘llari. Davrlashtirish tamoyillari.

"Hozirgi adabiy jarayon" fani mustaqillik mevasi hisoblanadi. Bu fan o'zbek filologiyasi fakutetining ilk kursida o'rganiladigan yangi predmetdir. O'z nomidan ham ko'rinib turibdiki, mazkur fan O'zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini tashlay boshlagan davr haqida ma’lumot beradi.

Adabiyotshunoslikda "adabiy jarayon" atamasi tor va kеng ma'nolarda qo`llanadi. Kеng ma'noda qo`llanganda adabiy jarayon atamasi badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga qadar davom qilib kеlayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi. Tor ma'noda esa ushbu atama ostida muayyan bir davr adabiy jarayoni, undagi badiiy adabiyotning mavjudligi va rivoji bilan bog`liq barcha narsa-hodisalar, jarayonlar tushuniladi.

Agar badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kеchayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, bu jarayon kishilik jamiyatining taraqqiysi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, umummadaniy va umumma'rifiy rivojlanishi bilan baqamti kеchayotgani ko`riladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr adabiy hodisalarini o`rganganda ijtimoiy-tarixiy sharoitni albatta e'tiborga oladi, chunki har bir davr adabiyotining rivojlanish darajasi, undagi turfa adabiy hodisalar ko`p jihatdan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog`liq bo`ladi.

Biz o'rganayotgan mana shu fan murakkab, ziddiyatli asrning oxirgi 20 yilini o'z ichiga olgan. Bu davr XX asrning eng badbaxt, qabih va eng xayrli, umumbaxsh yillari hisoblanadi. Bu davrning badbaxtligi va qabihligi shundaki, SSSR deb atalgan qizil imperiyaning mustamlakachilik zanjirlari yanada tarang tortildi, millatni kamsitish, uni yo'qotishga intilish, rus shovinizmi har qachongidan kuchaydi, tilimiz kamsitildi, dinimiz tahqirlandi, huquqimiz cheklandi, tariximiz qoralandi, nomusimiz oyoq-osti qilindi.


Download 73.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling