xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga imtiyozlar joriy etildi [4].
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14 fevraldagi № PP-3532 sonli «Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamkor mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan .
Ushbu tadbirda maʼlum qilinishicha, hozir Oʻzbekistonda 4 ming turdagi oʻsimlik oʻsayotgan boʻlsa, ularning 500 tasi dorivor hisoblanadi va atigi 61 tasi tibbiy maqsadlarda madaniy shaklda yetishtirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2017 yil 16 yanvarda oʻtkazilgan 6-son yigʻilishi qarorining “Oʻrmon xoʻjaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, oʻrmon xoʻjaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan .
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng
farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshlandi. Dastlab respublikamizda dorivor oʻsimlikshunoslik dehqonchiligini rivojlantirish maqsadida 1991-yil 31-dekabr Vazirlar mahkamasining
171-F sonli qarori bilan “Shifobaxsh” IICHM tashkil etildi. Uning tarkibida 5 ta ixtisoslashgan (Namangan viloyati Pop tumanidagi Abu Ali ibn Sino, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi Yoʻldosh Oxunboboyev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Hisor”, Qashqadaryo viloyati
Yakkabogʻ tumanidagi “Yakkabogʻ” va Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi) davlat oʻrmon xoʻjaliklari birlashtirildi. Bu xoʻjaliklar shu kungacha farmatsevtika ishlab-chiqarish sanoatini dorivor oʻsimliklar xom ashyosiga boʻlgan ehtiyojini imkon qadar taʼminlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir.
Hozirgi vaqtgacha mamlakatimizning ixtisoslashgan fermer, oʻrmon, dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xoʻjaliklarida dorivor
Do'stlaringiz bilan baham: |