Kirish Adabiyotlar sharhi
oʻsimliklarni, ularni oʻstirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda
Download 243.09 Kb.
|
Dorivor Momaqaymoq.Kurs ishi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari: Dorivor momaqaymoq (taraxasum officinalis. L) oʻsimligining bioekologik xususiyatlari va yetishtirish agrotexnologiyalarini oʻrganishdan iborat.
oʻsimliklarni, ularni oʻstirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda.
Mazkur oʻsimlik ekin maydonlarini barpo etish va agrotexnik chora tadbirlarini oʻrganish oʻz navbatida farmatsevtika sanoatini oʻsimlik xom ashyosiga boʻlgan talabni maʼlum miqdorda qondiradi.Shu maqsadda, kurs ishining obʼekti sifatida Dorivor momaqaymoq (taraxasum officinalis. L) oʻsimligi ilmiy obʼekt sifatida tanlab olindi. Ilmiy tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari: Dorivor momaqaymoq (taraxasum officinalis. L) oʻsimligining bioekologik xususiyatlari va yetishtirish agrotexnologiyalarini oʻrganishdan iborat. Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Olingan natijalar Dorivor momaqaymoq (taraxasum officinalis. L) oʻsimligini yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish va ularni ixtisoslashgan xoʻjaliklarda joriy etish masalalarini maʼlum miqdorda hal etadi. Shuningdek, mazkur oʻsimlik xom-ashyolari bazalarini yaratishga maʼlum maʼnoda zamin yaratiladi. Tadqiqotning obʼekti: Tadqiqotning obʼekti sifatida Gulbandli kiyiko’t (Zizifora pedicellata L.) oʻsimligi tanlab olindi. II. ADABIYOTLAR SHARHI Dorivor oʻsimliklar haqidagi birinchi yozuvlar miloddan 3 ming yil avvalgi manbalardan topilgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, bizning davrimizgacha yetib kelgan qoʻlyozmalarda dorivor oʻsimliklardan foydalanish miloddan 6 ming yil avval shumerlar (hozirgi Iroq yerlarining qadimgi aholisi) tomonidan yozib qoldirilgan. Shumer tabiblari, oʻsimlikning yer ustki va yer ostki qismidan kukunlar va damlamalar tayyorlab, foydalanganlar. Quritib maydalangan oʻsimliklar kukuniga, hayvonot dunyosidan olingan mahsulotlar qoʻshib foydalanish xam, adabiyotlarda uchrab turadi. Oʻrta Osiyoda xam dorivor oʻsimliklardan foydalanish tarixi juda uzoq davrlarga borib tarqalishi shubha tugʻdirmaydi. Bizgacha yetib kelgan manbalarga, asosan, oʻrta asr yirik qomusiy olimlari Abu Ali ibn Sino (980-1037) va Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ijod mahsullari yer yuzida tan olingan va shu davrgacha ilmiy va amaliy ahamiyatini saqlab kelayotgan ilmiy asarlardir . 1892 yilda Moskvada boʻlib oʻtgan botaniklar va zoologlar syezdida, yangi ozuqabop, texnik va dorivor oʻsimliklarni Oʻrta Osiyo sharoitida sinab koʻrish va ilmiy jihatdan oʻrganish masalasi qoʻyildi. Shunga asoslangan holda, Kaspiy orti vohasida ilmiy asosda iqlimlashtirish stansiyasi tashkil qilindi va 1893 yilda stansiyada 112 tur oʻsimliklar oʻrganish uchun ekildi. Ulardan 7 turi dorivor oʻsimliklar (Foeniculum vulgare Mill, Rhamnus catartica L., Matricaria recutita (L.) Rauschert., Salvia officinalis L. va boshq.) boʻlib, keyinchalik ularning qatori tabobatda keng qoʻllaniladigan muhim (Altaea officinalis Kr., Angelica archangelica L., Rosmarinus officinalis L. va boshq.) turlar bilan toʻldirildi . Shu vaqtga kelib, Turkiston mevachilik qishloq xoʻjaligi jamiyati boʻlimi, dehqonchilik bosh boshqarmasi yonida dorishunoslar guruhini tashkil etdi.Bu guruh tomonidan kelajakda Turkiston oʻlkasida ekiladigan va oʻrganiladigan dorivor oʻsimliklar qatorini tuzish, ularni ekishni rejalashtirish va kolleksiyasini tashkil etish maqsad qilib olindi. Ekiladigan dorivor oʻsimliklar qatoriga Digitalis purpurea L., Valeriana officinalis L., Arnica montana L., Glycyrrhiza glabra L. va boshqalar kiritildi .A.Talishevskiy (1915) tomonidan dorivor va xushboʻy ozuqabop oʻsimliklar (Mentha piperita L., Crocus sativus L., Anisum vulgare Gaertn., Rinicus communis L., va boshq.) ning ekilishi taklif etildi . Kaspiy boʻylarida esa V. I. Gomilevskiy tomonidan Atropa belladonna L., Ruta graveolens L., Pyretrum roseum (Adans) M. V. va shuningdek, 10 tur dorivor oʻsimliklarni ekish rejalashtirildi . A.A.Dilevskiy ilmiy ishlarida (1915, 1916) Turkiston oʻlkasida yovvoyi holda oʻsadigan dorivor oʻsimliklar (Angelica archangelica L., Cartamnus tinctorius L., Inula helenium L., Origanum vulgare L. va boshq.) ni madaniy holda ekish mumkinligini tavsiya etadi va Turkiston qishloq xoʻjaligi jamiyatining kolleksiyasida 80 tur dorivor va texnik oʻsimliklar oʻstirilayotganini maʼlum qiladi. Ekish uchun oʻsimliklarning urugʻlari Rossiya, Amerika, Fransiya va Angliyadan olindi. Natijada, Adonis aestivalis Bobr., Bryonia alba L., Borago officinalis L. va boshqa oʻsimliklar oʻstirilib koʻpaytirildi . Shunday qilib, amalga oshirilgan ilmiy ishlar, dorivor oʻsimliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi sohasida muhim poydevor boʻlib xizmat qildi. Dastlab, Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Botanika bogʻi olimlari tomonidan mahalliy va chetdan keltirilgan dorivor oʻsimliklar introduksiya sharoitida oʻstirildi. Dorivor oʻsimliklarning kolleksiyasi tashkil etildi. S.N.Kudryashov (1931, 1932, 1935) va P.K.Ozolinlar (1931) 23 tur dorivor va efir-moyli oʻsimliklarning geografik tarqalishiga asoslanib ekib, sinovdan oʻtkazdilar. Ilmiy ishlar Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Botanika bogʻida, Toshkent atrofida, Boʻzbozorda, janubiy-gʻarbiy Tyan- Shan togʻ oldi adirliklarida, Xoʻjand va Chimyonda olib borildi. Ekiladigan urugʻlar va koʻchatlar Nikitin Botanika bogʻi (Yalta) va Butunittifoq dorivor oʻsimliklar ilmgohi (Leningrad) dan olindi. Dorivor oʻsimliklar ning introduksiya sharoitida, geografik xilma xil mintaqalarda oʻstirish, rivojlanishi, biologiyasi va biologik faol moddalarning oʻrganilishi xususida ilmiy izlanishlar amalga oshirildi . S.N.Kudryashov (1937) oʻzining «Efir-moyli oʻsimliklar va ularning Oʻrta Osiyoda oʻstirilishi» nomli monografik asarida 23 tur efir-moyli oʻsimliklarning geografik sharoitlarda oʻsishi va xususiyatlari asosida introduksion tajribalarining natijalarini tahlil qilib, oʻsimliklarning introduksion chidamliligi toʻgʻrisida axborot berdi. U Oʻzbekiston iqlim va tuproq sharoitida Oʻrta yer dengizi, Janubiy Yevropa,Shimoliy Afrika, Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Shimoliy Amerikaning Atlantik boʻyi rayonlari, subtropik Xitoy va Yaponiyadan koʻp yillik oʻsimliklarni, Hindiston va Seylondan bir yillik dorivor oʻsimliklarning introduksiya qilinishi qoniqarli natijalar berishini isbotlab berdi va ularni oʻstirish uchun tavsiya qildi . R.L. Xazanovich, M.I.Russiyan, P.A.Gomolitskiy (1951) lar oʻz ishlarida mahalliy va chetdan keltirilgan dorivor, kraxmal saqlovchi va efir-moyli oʻsimliklarni introduksiya sharoitida oʻsishi va rivojlanishi, kimyoviy tarkibining oʻzgarishlarini oʻrgandilar . Bir qator olimlar ilmiy ishlarida ham mahalliy, ham chetdan keltirilgan dorivor oʻsimliklarni introduksiya sharoitida oʻrganib, introdutsentlarning moslashish xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Xususan, H.X.Xolmatovning qayd etishicha, Oʻzbekiston florasida dorivor oʻsimliklarning 577 turi mavjud boʻlib, ular 381 turkum va 93 oilaga mansubdir . Ularning 140 turi madaniy holda ekiladi. Dorivor oʻsimliklarning 47 turi esa Sobiq Ittifoq Davlat farmakopeyasiga kiritilgandir (GF-IX nashr). Ilmiy tabobatda hozirgi vaqtda 180 tur dorivor oʻsimlik foydalanish uchun ruxsat etilgan boʻlib, ularning 65% yovvoyi holda uchraydi . Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning introduksiya va iqlimlash tirilishi sohasida OʻzR FAsining Botanika instituti va Botanika bogʻi olimlari muhim ishlarni amalga oshirdilarki, bu tadqiqotlar respublikamiz dori-darmon ishlab chiqarish tarmogʻining dorivor oʻsimliklar xom-ashyosiga boʻlgan ehtiyojini qondirishda muhim tadbirlardan biri boʻldi. Masalan, 1950-1965 yillar mobaynida akademik F.N.Rusanov boshchiligida Yer sharining deyarli barcha floristik oblastlaridan oʻsimliklar yigʻib kelindi va ularning namunalari tuzildi. Q.H.Xoʻdjayev va H.X. Xolmatov (1963,1965) lar esa kolleksiyadagi dorivor oʻsimliklarni madaniy holda oʻstirish va ularga qoʻllaniladigan agrotexnik tadbirlari ustida ilmiy ish olib bordilar. Shuningdek, I.V.Belolipov (1976) Oʻrta Osiyo florasida uchraydigan oʻsimliklarning Toshkent Botanika bogʻi - introduksion sharoitida ekologik jihatdan moslashish xususiyatlarini tavsiflab berdi. Ilmiy tadqiqotlarda Oʻrta Osiyo florasiga mansub 565 yoki Yer sharining floristik oblastlaridan 5,5 mingdan ortiq tur introduksiya qilingan oʻsimliklar kolleksiyasidan foydalanildi .A.A.Abdurahmonov va S.P.Valixoʻjayeva (1980) lar tomonidan esa, Sharqiy Osiyo floristik oblastiga mansub boʻlgan 25 turning introduksiyasi oʻrganildi. Bu tadqiqotlardan soʻng Toshkent sharoitida 500 dan ortiq turlardan iborat kolleksiya tashkil qilindi . Jumladan, YU.M. Murdaxayev (1965-1990) tomonidan Nyphaceae Dc., Nelumbonacea Salisb., Trapa L., Mentha L., Brasenia schreberi I. F. Gmel., Sophora japonica L., Orthosiphon stamineus Benth., Solanum laciniatum Ait., Rhaponticum carthamoides (Willd.) Jljin., Mandragora turcomanica (Mizgir.), Aerva lanata (L.) Juss va boshqa oʻsimliklar introduksiya qilindi. Sharqiy Osiyo florasiga mansub boʻlgan dorivor oʻsimliklarning mavsumiy rivojlanishi turli xil sharoitlarda (soya va quyoshli ekspozitsiyasida, soya-quyosh ekspozitsiyalarida sugʻorish miqdori bilan) oʻrganildi. Oʻzbekiston dorivor oʻsimlikshunosligi uchun yangi boʻlgan 35 turdan ortiq dorivor oʻsimliklar ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarda sinovdan oʻtkazildi . T.S.Safarov (1982) Janubiy-Gʻarbiy Tyan-Shan oʻrta togʻ qismlarida uchray-digan bir necha dorivor daraxt va buta oʻsimliklarning introduksiyasi bilan shugʻullandi . N.A.Toshmatova (1975) Hyssopus L. turkumi turlarining introduksiyasi, O.A.Titova (1988) 40 ga yaqin Eremurus M. B., Allium L., Crocus L., Juno Tratt., Asparagus L. turlari va T.T.Tursunov (1987) Sophora korolkovii Koehne. oʻsimliklarining introduksiya sharoitida oʻsish va rivojlanishidagi oʻzgarishlar jarayonlarini ilmiy jihatdan tahlil etdilar .Shuningdek, koʻp olimlar mahalliy floraga mansub dorivor oʻsimliklarni xaritaga tushirish, ularning xom-ashyo zaxiralarini aniqlash, madaniy holda oʻstirish va ulardan foydalanish masalalari ustida ish olib bordilar. I.I.Granitov (1937) mahalliy sharoitda oʻsadigan dorivor oʻsimliklar, A.YA.Butkov (1942) Oʻzbekistonning bir necha tur dorivor oʻsimliklari, N.A.Amirxonov (1961) Crambe kotschyana Boiss., T.O.Odilovva YE.YE.Korotkova (1965) Vinca erecta Rgl. et Schmals. toʻgʻrisida ilmiy tadqiqotlar olib bordilar . P.Q.Zokirov va L.M.Myasnikova (1979) lar toʻqayda oʻsayotgan 14 tur dorivor va foydali oʻsimliklarni oʻrgandilar. P.Q.Zokirov, R.I. Toshmuhamedov va A.T.Qobulov (1983) lar Adonis turkestanicus (Korsh.), Inula grandis Schrenck., Gentiana oliviyeri Griseb. kabi dorivor oʻsimliklarni ilmiy jihatdan oʻrganib, tabiatdagi hom-ashyo maydonlarini aniqladilar . S.M.Mustafoyev (1966) Qashqadaryo va Surxondaryo vohasining dorivor oʻsimliklari, T.P.Poʻlatova, H.X.Xolmatov, N.N.Joʻrayev (1980) Oʻzbekistonning yovvoyi holda oʻsadigan dorivor oʻsimliklari va Toshkent vohasi dorivor oʻsimliklari, S.S.Sagatov (1966) Oʻzbekistonning saponin saqlovchioʻsimliklari toʻgʻrisida ilmiy tadqiqotlar olib bordilar . Shuningdek, N.N.Shorahimov (1977) ning Peganum garmala L., M.U.Olloyorov (1974) ning Oʻrta Osiyoda Rheum L. turkumi vakillarining tarqalishi, U.Rahmonqulov (1981,1999) ning Gʻarbiy Tayan-Shanning terpen moddasi saqlovchi oʻsimliklari va ularning foydalanilishi, Q.H.Hojimatov (1999) ning dorivor va efir moyli oʻsimliklarning zaxiralarini aniqlash, A.S.Yoʻldoshev (2001) ning Janubiy Turkiston va Shimoliy Zarafshon tizmalarining dorivor oʻsimliklari toʻgʻrisidagi ilmiy asarlari yaratildi . Oʻzbekistonning shimoliy hududi boʻlgan Qoraqalpogʻiston florasida 343 tur dorivor oʻsimliklar aniqlanib, shulardan 15 turiga (farmakopeyaga kirgan turlar) ekologik jihatdan va xom-ashyo zaxiralarining hajmi toʻla tahlil qilindi. Download 243.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling