aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-
joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi
hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa
koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro K. — muddatli, qaytimli va
foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor
tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki
tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el
obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va b, qimmatli
qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.
K. iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning
orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda
turadi. K. yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga,
bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu
bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni
jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali
va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga
keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga
solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi
yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki
qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish
rivojiga ragʻbat beradi.
K. munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim
ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda K.
siyosati olib boriladi. K. siyosati tarkibida banklarning foiz
siyosati va ajratilayotgan K.larning yoʻnalishlari, ularning
qaytarilishini taʼminlash, K.ning samaradorligini oshirish,
imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini
olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat
banklarning K. siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor
Do'stlaringiz bilan baham: |