interaktiv xizmat orqali yuridik mijozlar o‘z hisob
raqamlarini mobil aloqa vositalari orqali dunyoning istalgan
nuqtasidan boshqarishi mumkin.
Internet banking — Internetdan bank xizmatlaridan
foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy
hujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to‘lovlarni,
korporativ kartani to‘ldirish, oylik to‘lovlarni amalga
oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini
beradi.
Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit
turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif
qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda
ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab
chiqilmoqda.
Bank kartalar — Pensionerlar, talabalar, ishchilar va
tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari, dunyoning 180
dan ortiq davlatlarida „UnionPay“ va „VISA“ tizimida
ishlovchi debit va kredit kartalar.
Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar
mavjud.
Mobil banking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank
xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali
to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „Zolotoya
Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini
kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa
kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat
ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish
mumkin.
Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „MoneyGram“, „Contact“,
„UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul
o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek,
respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy
Do'stlaringiz bilan baham: |