Kirish asosiy bo`lim
Download 46.7 Kb.
|
FIZIALOGIAFaoliyat va uning tuzilishi — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ
1. Sodda malakalar.
2. Murakkab malakalar. 1. Oldin egallagan malakalrning yangi egallanayotgan malakalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish malakaning ko’chishi deyiladi. 2. Oldin egallagan malakaning egallanayotgan malakalariga salbiy ta’sir ko’rsatish malakaning interferensiyasi deyiladi. Malakada uzoq vaqt mashq qilmaslik darajasida so’nish hodisasi ro’y beradi. Bu hodisa malakaning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakaning tez va mustahkam egallashi bir necha omillarga bog‘liq. 1.insonning ongiga bog‘liq. 2.malakaga nisbatan munosabatiga bog‘liq. 3.shaxsning ayni chog’dagi kayfiyatiga bog‘liq. 4.malakaning murakkablik darajasiga bog‘liq. 5.kishining individual xususiyatlariga bog‘liq. 6.kishining nerv sistemasi tiplariga bog‘liq. 7.o’qitishning metodlariga bog‘liq. Malakalar mashq qilish yordamida mustahkamlanadi. Mashq qilish bu takrorlashdir. Malaka hosil qilishining bir necha qonuniyatlari mavjud. O’zlashtirilishi maqsad qilib qo’yilgan va tushunish hamda ong nazorati va tuzatishiga asoslangan mana shunday ko’p marta takrorlanadigan ma’lum ish-harakat yoki faoliyat turlari mashq deb ataladi. Odatlar-shaxsning biror narsani bajarish yoki ma’lum tartibda bajarishga moyilligi va ehtiyojlaridan iborat bo‘ladilar. «Odat–kishining ikkinchi tabiati deb bejizga aytilmagan». Inson qalbiga chuqur o’rnashib uning kunlik ehtiyojiga aylanib qolgan ish – harakatiga odatlar deyiladi. Odatlar ijobiy va salbiy odatlarga bo’linadi. A) Gigiyena. B) Axloq. V) Estetika. Kishilarning ehtiyoj va qiziqishlari turli-tuman bo‘lganidek, shu ehtiyoj va qiziqishlarni qondirishga qaratilgan faoliyati ham xilma-xil bo‘ladi. Ma’lum ijtimoiy foydali (yoki hech bo‘lmaganda, jamiyat tomonidan iste’mol qilinadigan) moddiy yoki ma’naviy mahsulot ishlab chiqarishiga qaratilgan faoliyatdan iboratdir. Voqelikka ana shunday munosabatda bulish ongning asosini tashkil etadi. Bunday munosabat odjamni narsalarga nisbatan faoliyat sub’ektiga, boshqa odamlarga nisbatan esa shaxsga aylantiradi. Voqelikka bunday munosabatda bo’lish odamni tevarak-atrofidagi olamning qo’li bo’lishdan qutqarib olam ustidan hokim qiladi. Odamga bu olamni o’zgartirish va uzoq maqsadlarga intilish imkonini beradi, odamning harakatlarini ongli planli faoliyatga, uning yerdagi hayotini esa muvofiqlashib yashashdan ma’noli va yuksak maqsadga ega bo‘lgan aktiv hayotga aylantiradi. Faoliyatning istalgan turi odamda tegishli ko’nikma va malakalar bilan amalga oshiriladi. Faoliyatning tuzilishi quyidagilardan iborat bo‘ladi. 1. Maqsad (vazifa). 2. Ishni rejalashtirish. 3. Ishni bajarishning eng ma’qul usulini tanlash. 4. Ishni amalga oshirish. 5. Ishning natijalarini tekshirib chiqarish. 6. Xatolarni tuzatish. 7. Ishga yakun yasash. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shuning bilan birga, faoliyat odamning shaxsini tarkib toptiradi. XULOSA. Mamlakatimizda boy ma’naviy salohiyat va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Bu muammoni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Mazkur qonun hamda dasturda shaxs va uning shakllanishiga katta e’tibor qaratilgan, ya’ni shaxs «o‘zbek modeli»ning asosiy tarkibiy qismi sifatida modelning bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va amalga oshiruvchisi deb ta’kidlab o‘tilgan. Ma’lumki, shaxs bir qator fanlarning obyekti bo‘lib hisoblanadi. Shaxsni bevosita va bavosita o‘rganadigan fanlar sirasiga psixologiya fani ham kiradi. Xuddi shu maqsadda barcha oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga psixologiya fani ham kiritilgan bo‘lib, u huquqshunoslik sohasida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun ixtisoslik fani hisoblanadi. Mazkur ma’ruzalar matni ham psixologiyaning boshlang‘ich va asosiy tarmog‘i bo‘lgan umumiy psixologiya mavzulari asosida tayyorlangan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayotgan birinchi bosqich tinglovchilarining psixologiya fani bilan tanishtirish, ularga kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan psixologiyaga oid bilimlarni berish, kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Ma’ruzalar matnida quyidagilar xususida so‘z yuritiladi: psixologiya fanining nazariy-metodologik va tabiiy-ilmiy asoslarini ochib berish, psixologiya fanining asosiy kategoriyalari bo‘lgan psixika, ong, shaxs, faoliyat, psixik ko‘rinishlar, jarayonlar, holatlar va shaxsning individual-psixologik xususiyatlari haqid asosini, muomala va ijtimoiy tasavvurlarni psixologik o‘rganish, psixodiagnostika asoslari, shaxsning xususiyatlarini, psixik holatini, muomala va tasavvur qonuniyatlarini o‘zlashtirish haqida qisman ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon qilingan. Ushbu qo‘llanma tinglovchilarni bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlariga psixologik jihatdan tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, unda psixologiya fani haqidagi eng qadimgi qarashlardan tortib, to hozirgi zamon G‘arb va Sharq olimlarining bu fan xususida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari chuqur tahlil qilingan holda berilgan. Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan psixologiyadan ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi psixologiya va kasb etikasi kafedrasining professor o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ Психология мутахассислиги учун дарслик Э. ҒОЗИЕВ Тошкент-2006 PSIXOLOGIYA B. N. SIRLIYEV A. A. BEKNAZAROV D. N. ARZIQULOV “ TOSHKENT” UMUMIY PSIXOLOGIYA (darslik) F.I.XAYDAROV, N.I.XALILOVA Download 46.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling