Kirish Asosiy qism 1


Download 116 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi116 Kb.
#1204745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari

Kurs ishi maqsadi: Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari samaradorligini oshirish omillarini o’rganish.
Kurs ishi ob’ekti Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalarini tashkil etish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari usullari va vositalari.
Kurs ishining metodlari: Kuzatish, eksprement, natijalarni tahlil qilish, suhbat, so’rovnoma, test
Kurs ishining metadologik asoslari: Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati Olam va odamni bir butunlikda tadqiq etuvchi dialektik falsafa, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, ijtimoiy talim va tarbiyani takomillashtirish yolida chiqarilayotgan qonunlar, farmoyishlar, avlod –ajdodlarimizning qoldirgan ilmiy-adabiy- meroslaridagi ijtimoiy talim-tarbiyaga oid qarashlari, ogitlari, pand-nasihatlari; etnopedagogik meros.
Kurs ishining vazifasi: 1.Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyatini anglash va uni pedagogik jarayonga tadbiq etish muammolarini bartaraf qilish yo`llarini aniqlash; 2. Ijtimoiy pedagogik faoliyatning jamiyat hayoti uchun zaruriy-ehtiyojiy sifatlarini tadqiq qilish; 3. Ijtimoiy tarbiyani rivjolantirish tamoyillarini tadqiq qilish;
Kurs ishini tuzilishi: Kurs ishi 4 qism ya’ni (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar) 29 sahifadan iboratdir.



  1. Ijtimoiy pedagog ta’lim tizimida

Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o‘quv yurtlarida olib boriladi: o‘rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar). O‘rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflarla va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O‘rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarpi singab o‘tishda yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko‘maklashuvchi faoliyat turlarini tashqillashtirish. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilai hamkorlik qilish, o‘z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o‘qib borishdan iboratdir. O‘rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach, ular oliy ta’lim muassasida o‘z o‘qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmog’i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina kolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o‘quvchi inson mohiyatini anglaydi. O‘z hayoti dovomida inson to‘g‘risida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fukaro bo‘lib yetishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko‘nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U bo‘lajak fukarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’limda metodologik xayot tajribasiga ziddiyatli holatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi:
- ijtimoiy–shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi;
- real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli xolatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni takozo etadi;
- mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi;
- shaxslararo aloqalarni kamrab oladi;
- shaxsning shakllanish jarayonini yunaltiradi.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so‘zidan olingan bo‘lib, avvalo o‘qituvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so’ng aynan o‘qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo‘lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyerlash bo‘yicha kurslar tinglovchilarinipg aksariyat k;ismini dam o‘qituvchilar tatiqil etadi. Yana shuni ta’kidlamok. joizki, ijtimoiy pedagoglarnipg kasbiy tayargarligi kam pedagogik oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhaqiqat, pedagog ham o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ko‘pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham obyekt bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘z navbatida mazkur mutaxassisliklarning kasbiy faoliyati ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga ham ega. O‘qituvchi o‘zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o‘rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berishdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari. o‘quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi. Ijtomoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam ko‘rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan bo‘lishi mumkin turli xil ta’lim muassasalari, tashqilotlari, birlashmalari, ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim, ya’ni aniq. bir bolaga va ijtimoiylashuv, jamiyatga integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muamolarini hal etishga yunaltirilgan bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat tuzilmasi-har qanday faoliyat o‘z tuzilmasiga egadir. Ular faoliyat elementlarining o‘zaro bog‘liqligini va o‘zaro shartlaripi apikdaydi. Ijtimoiy pedagog faoliyati to‘z ilmasi quyidagi komponstlardan iborat: subyekt (faoliyatni amalga oshiruvchi tomon), obyekt (faoliyat yunaltirilgan tomon), maqsad (faoliyat orqali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orqali nimalar amalga oshiriladi), vositalar(faoliyat kaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi). Ijtimoiy pedagog faoliyatining obyekti jamiyatga moslashish jaraynidagi yordamga maqsad bolalar va yeshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy nuk;soni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yeki akliy shakllanishi bo‘zilgan bolllariing katta qismi (ko‘zi ojiz, kar—sokov, akliy ojiz va borlalar stsrsbral falajligiga chalingaplar) kiritiladi. Ular jamiyatning alohida mexriga maqsaddir. Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa, unda ijtimoiy pedagog yordami zarur bo‘lmaydi. Bordiyu, ota-onalar va maktab uning shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa, u holda ijtimoiy pedagog xizmati kerak bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruxiy yengilligi va xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan ogohlantiruvchi va ularni yengib o‘tuvchi ijtimoiy, xukuqiy, ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarni kompleks ravishda hal etish maqsadida turli mutaxassilar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoiy xodimlar va yuristlar) hamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, sog‘liqni saklash, ijtimoiy himoya sohasidagi) mazkur masalaga yo‘naltirilgan say’i-harakatlarini muvofiqlashtirib turishda vositachi bo‘la olishi kerak. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi muhim yunalish-bu BMT konvensiyasida e’lon qilingan bolaning yashashga, sog‘lom shakllanishga, ta’lim olishga, o‘z qarashlarini erkin ifoda etishga, kamsitishning har qanday turidan himoyalashga qaratilgan huquqlarini himoya qilishdir. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi yana bir yo‘nalish-bu bolani shakllanishiga ko‘maklashuvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab chiqishda ishtirok etishdir. Shunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish mumkin: .
— tashhis kuyish
— bashoratchilik
— vositachilik
— to‘g‘rilash va qayta tiklash
— himoyalash
— ogohlantirish va profilaktik
— evristika (ijodiy fikrlash)
Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bular safiga maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan barcha harakatlar, predmetlar, qurollar, usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyat subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy omilkorlik. Ijtimoiy pedagogning shaxsiy tavfsifnomasi ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, avvalo mazkur faoliyat subyektini o‘z sohasini mukammal biluvchi mutaxassini belgilab olishimiz zarur bo‘ladi. U bola hayotidagi ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni chukur farklay biladi va unga yordamga kela oladi. U umumnazariy va maxsus bilimlarga malaka va ko‘nikmalarga, ma’lum darajadagi qobiliyatga ega bo‘ladi. xo‘sh ijtimoiy pedagog kim. Uning ruhiy surati va shaxsiy tavsifnomasi qanday? Qaysi sohalar uning faoliyati doirasiga tsgishli. U boshqa kasb egalaridan nimasi bilan farq qiladi. Kundalik xayotda biz kasb inson ongida, uning xatti-harakatlarida va dunyoqarashida o‘ziga xos iz qoldirishiga guvoh bo‘lamiz. Psixologiyada bu narsa "kasbiy mentallik" deb ataladi. Mentallik-bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik hatti-harakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy—ruhiy qarashlar va qadriyatlar majmuidir. Mentallik o‘zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo‘lib, insonning k;aysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniqlanadi. Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos bo‘lgan xususiyat sifatida e’tirof qilinadi.


  1. Download 116 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling