Kirish Asosiy qism 1
Ijtimoiy pedagoglarning "kasbiy majburiyatlari
Download 116 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari
Ijtimoiy pedagoglarning "kasbiy majburiyatlari
Tarbiya jarayoni – uni tiklash, rivojlantirish va hayotda joriy qilish, ta’lim, milliy, ma’naviy – axloqiy kadriyat va normalar bilan bevosita bog‘liq. Ular halk pedagogikasi, urf – odatlari, bayramlari, o‘yinlari va boshqalarda o‘z ifodasini topadi». Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Ma’rifatparvarlar», «Oltin meros», «Tarixchilar», «Faylasuflar» va boshqa jamoat tashqilotlari, jamgarmalari yuqorida kuyilgan vazifalarni hal etishga katta imkoniyatlariga egadir. Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar anomalligi o‘qishda (o‘qishi qiyin, yomon kechali, dangasa) va xulkida (intizom va tarbiyaga rioya qilmaydi) namoyon bo‘ladi. «Qiyin bolalar» - jamiyatga zid yunalishdagi, bekaror axloqli, irodasi bush, pedagogik ta’siriga doim qarshilik ko‘rsatib keluvchi yoshlardir. Maktab mikyosida ular Ko‘p uchramaydi (bir sinfda ikki – uchtadan). Ammo sinf, maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. «Qiyin» bolalar o‘quvchilarning kam qismini tashqil etsa ham ular o‘quv – tarbiyaviy ishlarda barkarorlikka jiddiy tusik bo‘ladilar. Ular maktabda va undan tashkarida (oilada, kuchada, dam olish joylarida va x.k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashkarida ham o‘qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak. Tarbiyasi qiyin bo‘lganlarning kelib chiqishining ijtimoiy – psixologik va psixologik – pedagogik sabab va omillarni besh guruhga ajratish mumkin: Noqulay oilaviy muhit, ota – onalari o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar. O‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o‘qishdan sovib ketishi (60 – 70 % voyaga yetmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o‘qigan). Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay xolat mavjud. Mikromuhitning salbiy ta’siri, salbiy referent guruh ta’siri. Biror faoliyat yuzasidan o‘z moyilligini, qiziqishini namoyon qilish imkoniyati bo‘lmasligi. Psixolog – pedagogik nuktai nazaridan o‘smirlar bilan ishlaydigan katta yoshdagilar quyidagi qoidaga rioya qilishlari lozim: Ko‘p nasihat qilavermang; o‘smir his – tuyg‘ularini xurmat qiling; hayotda mustaqil bo‘lishga o‘rgating; Ko‘p dakki beravermang; do‘q – pupisa qilmang. Psixolog – pedagogik nuktai nazaridan o‘smirlar bilan ishlaydigan katta yoshdagilar quyidagi koidaga rioya qilishlari lozim: Ko‘p nasixat qilavermang; o‘smir his – tuyg‘ularini xurmat qiling; mustaqil bo‘lishga o‘rgating; Ko‘p dakki beravermang; do‘q – po‘pisa qilmang. Ijtimoiy – pedagogik boshqaruv va ijtimoiy jarayonlarni nazorat qilish obyekti sifatida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish maktab, ichki ishlar bo‘limi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi ko‘rash organlarining birgalikdagi tadbirlari tizimi doirasida amalga oshirilishi kerak. Shundan kelib chiqib dastlabki talablar olg‘a suriladi: mazkur faoliyat samaradorligi uchun xizmat qiladigan obyektiv jarayonlar va hodisalarni hisobga olib borish; tarbiya’ning noqulay sharoitiga va shaxsni noto‘g‘ri yo‘lga kirishning boshlanishiga o‘z vaktida e’tibor berish maqsadida ijtimoiy – pedagogik istikbol metodlaridan foydalanish; o‘smir shaxsning individual – psixologik va ijtimoiy sifatlarini hisobga olish. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 1994 yil 29 dekabrdagi 332 – sonli buyrugining ilovasida keltirilgan metodik tavsiyalar mazkur ishlarni amalga oshirishda muayyan yordam beradi. Deviant xulk –atvorli bolalarni reabilitatsiya qilish yo‘llari Tarbiyalovchi funksiya bolani atrof muhitga kirishishi ta’lim tarbiya jarayonida addaptatsiya, ijtimoiylashtirish jarayonini amalga oshrishni ko‘zda tutudi. Ijtimoiy reabilitatsiya bolalar uchun davlatni bolalarga ramxurligi Ijtimoiy-reabilitatsion funksiya. Ruxiy jismoniy nuqsonga ega bolalar ta’lim- tarbiya bolalarni tarbiyalash funksiyasi pedagog tomonidan amalga oshiriladi. 1. Bola ongida barcha jonli mavjudotga muxabbat ijodiy tushunish, vijdoniylik tuyg‘usini tarbiyalash lozim 2. Atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishishga o‘rganish hayot maqsadida va mazmunini anglatadi. 3. Atrofdagi olamni tushunish uning ruxida ma’naviy xususiyatlarni, jamiyatdagi huquqiy normalarini rivojlantirish. 4. O‘z - o‘ziga xurmat, mustaqillik his- tuyg‘usini shakllantirish. 5. Bolar orasida, mehnatda va maktabda, oilada tengdoshlari, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish malakasini shakllantirish. Odamlar orasida shaxs va jamiyat o‘rtasida kelishmovchiliklarni bola atrofidagi muhitdagi ijtimoiy munosabatlar, xususiy normalarga taya’nib farqlashga o‘z hayotini tashkil qilishni o‘zini individualligi, vazifalari xususiyatlarining rivojlantirishni tarbiyalashga qaratilgan deb e’tirof etishi joizdir. Xulosa. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo’ldi. Kurs ishimning mazmuni ham ana shunda. Men kurs ishini yozish davomida bir qancha adabiyotlarni ko'rib chiqtim. Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin. Ushbu fanning o‘qitilish samaradorligi esa: DTS, fan dasturi talablariga javob beradigan darslik va qo‘llanmalarning bir necha variantlarda yaratilishi; mashg‘ulotlar jarayonida ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini qo‘llashga doir ishlanma, tavsiyalarning ishlab chiqilishi; o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning qonuniyat va tamoyilidagi uzviyligiga amal qilinishi; o‘qitishda ta’limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash, aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, “debat”, “klaster” kabi) ning qo‘llanishi; mashg‘ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o‘qitishning amalga oshirilishi; Ijtimoiy pedagogika fani qayerdan paydo boldi? Ijtimoiy pedagog ozi kim? Hozirgi kundagi ushbu fanga bolgan talab qanchalik yuqori ekanligini organdim. Pedagogik fanlarni oqib organishdan tashqari yanada chuqurroq anglash va uni yoshlar orasida yanada chuqurroq organishga bolgan qiziqishni oshirish hamda yanada chuqqurroq tadbiq etish kerakligini angladim. Bundan tshqariHozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o’zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so’ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunda bizga kim yordam beradi albatta biz organayotgan ijtimoiy pedagog. Ijtimoiy pedagog haqida tushunchaga ega bolishdan avval kurs ishimning mazmuni bolgan ijtimoiy pedagogika va uning tarixi haqida malumotga ega bolish kerak. Kurs ishim yozish davomida shunga amin boldimki, mamlakat qancha rivojlangan sari, aholi orasida ham bir qator muammolar yuzaga kela boshlaydi. Jumladan, insonlar oliy malumotli bolib, ishlash hamda pul topishga bor etiborini qaratadi natijada farzandlar nazoratsiz qoladi. Hulqidan ogishish, narkomaniya, ichkilikbozlik, mayda bezorilik kabi bir qator illatlarga ruju qoyadi, natijada uni yagona qoshtirnoq ichida qaxramoni Ijtmoiy pedagog bolishi mumkin. Siz ushbu jarayonni qay davrdan boshlap rivojlanish sxemasi yuqorilap borganini kurs ishimoqish davomida bilib olishingiz mumkin. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z- o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o’z - o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yorda m insonga muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bosg’iq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko'rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. - Umuman olganda, o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. Download 116 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling