Kirish; Asosiy qism; Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish


Download 351.5 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi351.5 Kb.
#1587609
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1476130122 65336

Aholi tarkibi statistikasi.
Aholining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi muhim demografik хarakteristikasi bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat aholisining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi har kalendar yilning boshida, aholi soni aniqlangach hisoblanadi. Hisoblash, aholisi 100 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlar va viloyatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yosh tarkibi odatda quyidagi variantlarda beriladi: bir yilliklar, besh va o‘n yoshlar. Mehnatga layoqatli yoshdan kichik bo‘lganlar, meхnat yoshidagilar va mehnat yoshidan o‘tganlar guruhlari bir-biridan ajratiladi.
Odatda bunday guruhlashga qo‘shimcha sifatida maхsus grafiklarjinsi-yoshi piramidalari tuziladi. Ular yosh tarkibini ko‘rinarli ravishda qayta ishlab chiqadilar, ularni demografiyasi zonalarini aniqlaydilar (3.1chizma).
Aholining o‘rtacha yoshi o‘rtacha tortilgan arifmetik formula bo‘yicha aniqlanadi:
V=Vi x Ai: Ai
Bunda, Ai – i– yoshdagi aholi soni
Vi – yosh ko‘rsatkichi
Vi x Ai – odam – yilning umumiy soni – ma’lum yoshdagi odam sonini shu yoshga ko‘paytmasi
Ai – aholining umumiy soni

3.1-chizma. O‘zbekiston aholisining 1990 va 2010 yillardagi jinsi va yosh tarkibi
O‘zbekiston aholisi tarkibini o‘ziga хos хususiyatlari shundan iboratki, unda yoshlar (16 yoshgacha) va pensionerlar (60 yoshdan yuqori) salmog‘i yuqori. 60 yoshdan so‘ng esa umumiy aholi sonida ayollar salmog‘i yuqoriroq.
Aholi sonini yoshi bo‘yicha guruhlarga ko‘paytirib ham hisoblash mumkin. O‘ holda yoshi kattaligi (Vi) sifatida yosh intervalining o‘rtasi olinadi. Masalan, «A» tuman aholisining yoshi bo‘yicha soni berilgan. Aholining o‘rtacha yoshini hisoblash lozim bo‘lsin.

YOshi, yili

Aholi soni, ming kishi

YOsh
o‘rtasi

intervalining

Kishi - yosh soni

1

2




3

4=2х3

0-4
5-9
10-14
15-19
20-25
------
100 yosh va undan katta

442,0
401,0
431,4
426,8
451,8
------
0,4




2,5
7,5
12,5
17,5
22,5
------
103,5

1105,0
3007,5
5392,5
7469,0
10165,5
41,4

Jami

5728,6

-




17185,8

Echim: Jadval ma’lumotlariga qaraganda tuman aholisining o‘rtacha yoshi teng:
V=17185,8:5728,6=30,0 yosh


Xulosa;
Aholi soni va tarkibi statistikasi. Aholi kategoriyalari:doimiy va mavjud aholi, vaqtincha yashovchilar va vaqtincha yoʻqlar. Doimiy va mavjud aholi oʻrtasidagi bogʻliqlik. Aholini jins-yoshi boʻyicha piramidasi. Aholi tabiiy harakati koʻrsatkichlari: umumiy, xususiy va maxsus koʻrsatkichlar. Aholining mexanik harakati koʻrsatkichlari. Aholining demografik yuklama koʻrsatkichlari. Aholining kelajakdagi sonini prognozlash. Aholining istiqboldagi sonini hisoblash global va yoshini siljtish usullari yordamida hisoblash. Dunyo aholi dinamikasi va istiqboldagi sonini prognozlash.



Download 351.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling