Kirish Asosiy qism G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha


Download 74.83 Kb.
bet1/7
Sana02.06.2024
Hajmi74.83 Kb.
#1837444
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kirish Asosiy qism G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risi


Mavzu: G`aznachilik yagona g`azna hisob raqamini yuritish
Reja:

  • Kirish

  • Asosiy qism

1.G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha
2.Respublika va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi
3. Yagona g’azna hisobraqamida budjet daromadiari ijrosini hisobga olish

4. G`aznachilik hisobraqamlaridan budjet xarajatlarini to`lash

  • Xulosa

  • Foydalangan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH

O`zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimida olib borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat budjetining g`azna ijrosiga bosqichma-bosqich o`tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomil lashtirishni nazarda tutadi. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida davlat mablag`larining harakati to`g`risidagi ma'lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish usullarini o`zlashtirish asosida davlat moliyasini boshqarishning samarali usul va vositalarini shakllantirish va muvofiq holda ishlashini ta'minlash zarur bo`ladi. Mamlakatimizda davlat budjetining g`azna ijrosini samarali tatbiq etishga faqatgina barqaror rivojlanish ko`rsatkichlariga erishganimizdan keyingina muvaffaq bo`lindi. O`zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham keng qamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat budjeti g`azna ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko`rishimiz mumkin.


Davlat budjetining g`azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha tushumlarini yagona g`azna hisobraqamiga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko`rsatish jarayonlarining tezkor nazorati va monitoringini olib borish, davlati mablag`larining samarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati – to`g`risida operativ tarzda ma'lumotlami jamlash imkonini beradi.



Download 74.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling