Kirish. Asosiy qism: Geografik xaritalar tasnifi va qo’llnilish maqsadlari


Geografik xaritalar tasnifi va qo’llnilish maqsadlari


Download 416.13 Kb.
bet2/18
Sana18.06.2023
Hajmi416.13 Kb.
#1564850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DUNYO XARITASI (2)

Geografik xaritalar tasnifi va qo’llnilish maqsadlari
Geografik xaritalar - yer yuzasining tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning maʼlum bir vaqtdagi holati umumlashtirib, kichraytirib koʻrsatilgan tekislikdagi tasviri. Geografik xaritalar uchun xaritagrafik proyeksiyalar, shartli belgilar va xaritagrafik saralash (generalizatsiya) xos. Geografik xaritalar oʻzining mazmuni, tasviri, koʻrgazmaliligi va zamonaviyligi boʻyicha xaritagrafik model hisoblanadi.
Geografik xaritalarning birinchi xususiyati — xaritagrafik proyeksiyalar yordamida Yerdagi va boshqa sayyoralardagi obyektlarning oʻrni, rejali oʻlchamlari va shakli haqida toʻgʻri maʼlumotlar olishga imkon beradi.
Geografik xaritalarning ikkinchi xususiyati — xaritagrafik belgilardan foydalangan holda:

  • a) Yer yuzasining biror qismini yoki hammasi (hatto sayyoralardagi)ni masshtab asosida kichraytirib, masshtabga toʻgʻri kelmaydigan zarur obyektlarni masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlash mumkin;

  • b) xaritada Yer yuzasining relyefini (masalan, gorizontallar yordamida) tekislikda yoyib koʻrsatish mumkin;

  • v) geografik xaritalarda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning faqat tashqi koʻrinishigina emas, ularning ichki tuzilishi va mazmuni ham tasvirlanadi (masalan, dengiz xaritalarida chuqurligi, suvining kimyoviy tarkibi, oqim tezligi, dengiz tubining relyefi, flora va faunasi va hokazo);

  • g) sezgi organlari bevosita qabul qilmaydigan hodisalarning tarqalishini va bevosita erishib boʻlmaydigan aloqa va munosabatlarni koʻrsatish mumkin (masalan, magnit strelkasining ogʻish burchagini);

  • d) ayrim obyektlarga xos kam ahamiyatli tomonlari, hodisa va detallarini istisno qilish va ularning umumiy hamda asosiy belgilarini ajratib berish mumkin.

Geografik xaritalarning, ayniqsa, uchinchi xususiyati — tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni tanlash, toʻldirish, yaʼni xaritagrafik saralash (generalizatsiya) va umumlashtirish mumkin.
Mazmuniga koʻra, umumgeografik va mavzuli (tematik) xaritalarga boʻlinadi. Umumgeografik xaritalar masshtabi boʻyicha — yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va mayda masshtablilarga boʻlinadi, lekin ular qaysi masshtabda tasvirlansa ham, ularning mazmunini tashkil etgan elementlarning asosiylari saklanib qoladi. Bular — suv obyektlari, relyef, tuproq va oʻsimlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, aloqa yoʻllari va aloqa vositalari, davlatlar va ulardagi maʼmuriy chegaralar hamda ijtimoiy-iqtisodiy elementlar (sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar)dir.
Mavzuli xaritalar birorta mavzuga bagʻishlangan boʻladi. Mavzu toʻliq tasvirlanadi, lekin geografik asosini umumgeografik xaritalarning elementlari tashkil qiladi, yaʼni mavzuga mos qilib geografik asos yaratiladi. Mavzuli geografik xaritalar ikki sinfga — tabiiy geografik xaritalar va ijtimoiy-iqtisodiy geografik haritalarga boʻlinadi. Tabiiy geografik xaritalarga geologiya, tektonika, geofizika, seysmologiya, yerosti suvlari (gidrogeologiya), geomorfologiya, iqlim, gidrologiya, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, ekologiya va boshqalar sohalarga bagʻishlangan xaritalar kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy haritalarga aholi va demografiya, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, maishiy xizmat, atrof-muhitni muhofaza qilish, siyosiy-maʼmuriy xaritalar va hokazolar kiradi.
Geografik xaritalar tasvirlangan hududiga koʻra, dunyo, materik, okean, alohida mamlakatlar, oʻlkalar, viloyat va tuman xaritalariga boʻlinadi. Vazifasiga koʻra, maxsus xaritalar (oʻquv, turistik, navigatsiya, loyiha va hokazo)ga ajratiladi.
Mavzusi tor xaritalarga soha xaritalari (masalan, iqlimning bir sohasiga bagʻishlangan xaritalar), iqlimga toʻla xarakteristika berilgan boʻlsa, umumiy iqlim xaritalari deyiladi. Xaritalarda tasvirlanayotgan mazmun koʻp maʼlumotli boʻlib, ular orasidagi oʻzaro bogʻliqlikni tasvirlab, ulardagi qonuniyatlarni ochib bersa, kompleks xaritalar, deb ataladi.
Tabiatning ayrim elementlari (masalan, shamollar), muayyan joyning aholisi (masalan, tugʻilish), iqtisodiyoti (masalan, paxta hosildorligi) va madaniyati (masalan, teatrlar), ularning xususiyatlari va alomatlari koʻrsatilsa, analitik xaritalar deyiladi. Bir qancha sohalarni qoʻshib, koʻp mazmun bitta xaritada tasvirlansa, sintetik xaritalar deyiladi.
Geografik xaritalar ichida ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar nisbatan keng rivojlanayotgan soha. Ushbu yoʻnalishning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-iqtisodiy omillar rolining oshib borishi, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarda hududiy farqlarning kuchayib borishi bilan bevosita bogʻliq.
Dinamik ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni, ularning hududiy farqlarini chuqur tahlil etish zarurati xaritagrafiya fanidan tadqiqotni kengaytirishni, yangi oʻziga xos obyektlarni va nisbatan murakkab jarayonlarni qoʻshishni talab etadi. Masalan, qoʻshma korxonalar, aksionerlik jamiyatlari, fermer xoʻjaliklar, firmalar va b.
Geografik xaritalar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy obyektlarning joylanishi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va hodisalarga xos hududiy farqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki ularga xos hududiy kompleks qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon beradi. Buning asosida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni milliy va turli hududiy miqyoslarda bashoratlashtirish, rejalashtirish va boshqarishning mustahkam ilmiy-metodologik asoslarini tayyorlash mumkin. Shu nuqtai nazardan yangi tipdagi xaritalar yaratishni davr taqozo qilmoqda (masalan, bashorat qilish, baholash, rejalashtirish, loyihalash va boshqa xaritalar). Oʻzbekiston Respublikasida shu sohaga bagʻishlangan xaritalar tuzish ustida ish olib borilmoqda.
Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari. Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo’linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning sistemali to’plamiga geografik atlas deb aytiladi.

Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to’plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalarning to’plami uchun “Atlas” nomi Merkator tomonidan (1595-yil) taklif etilgan. Maktab geografik atlaslari - bu o’quvchilarning mashg’ulot vaqtida mustaqil bajariladigan ishlari uchun mo’ljallangan eng muhim kartografik qo’llanmadir. Hozirgi vaqtda barcha maktab geografiya kurslari muqim geografik atlaslar bilan ta’minlangan bo’lib, ular darsliklar bilan bir qatorda bo’lishi shart hisoblangan qo’llanmalar qatoriga kiradi.
Globus - Yer sharining kichraytirilgan modeli bo’lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo’laklari) nisbatini eng to’g’ri va ko’rgazmali tasvir-laydi. Globusda kartografik tasvirning xatoliklari bo’lmaydi, shuning uchun undagi turli geografik obyektlarni bir-biriga taqqoslash mumkin. Globus yuzasining hamma qismida masshtab bir xil, ya’ni o’zgarmas bo’ladi.
Maktab o’quv globuslari 1:83000000, 1:50000000, 1:40000000, 1:30000000 masshtabda tayyorlanadi.
Yunon olimi Pifagor (eramizdan avvalgi VI asr) ning Yer shar shaklida degan fikriga asoslanib, yunonistonlik Krates (er.av.II asr) birinchi globusni yasagan. O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 - y.) Shimoliy yarimsharning globusini yasagan. Birinchi mukammalroq geografik globusni 1492-yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy 1886-yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at tarixi muzeyida saqlanmoqda. M.Ulug’bek nomidagi O’zMU geografiya fakultetida 1984-yilda H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan “Relyefli globus” o’rnatilgan.
Hozirgi vaqtda globuslarning bir necha turlari mavjud. Bular maktab globusi, relyefli globus, osmon jismlarini tasvirlovchi globuslardir.

Dunyoning zamonaviy siyosiy xaritasini shakllantirish murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, birinchi davlatlar paydo bo'lganidan beri bir necha ming yillar davomida davom etmoqda. U insoniyat jamiyati taraqqiyotini aks ettiradi,ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkning paydo bo'lishi va jamiyatning ijtimoiy tabaqalarga bo'linishi bilan boshlanadi.
Ko'p asrlar davomida o'zgarib turadigan siyosiy xaritada davlatlarning paydo bo'lishi va parchalanishi, ularning chegaralarining o'zgarishi, yangi yerlarning ochilishi va mustamlaka qilinishi, dunyoning hududiy bo'linishi va qayta bo'linishi aks ettirilgan.
Siyosiy xaritada davlatlar, ularning chegaralari, maʼmuriy-hududiy boʻlinishi, Eng yirik shaharlar.Bularning barchasidan ko'proq narsa tushunilgani tushuniladi - shakllarni joylashtirish naqshlari davlat tuzilishi dunyo mamlakatlari, davlatlar o'rtasidagi munosabatlar, davlat chegaralarini shizish bilan bog'liq hududiy nizolar. Dunyoning siyosiy xaritasi urushlar, shartnomalar, davlatlarning parchalanishi va birlashishi, yangi mustaqil davlatlarning shakllanishi, boshqaruv shakllarining o'zgarishi, davlatchilikning yo'qolishi (siyosiy suverenitet) natijasida yuzaga keladigan doimiy o'zgarishlar jarayonida. ), shtatlarning (mamlakatlarning) - hududlari va suv zonalari, ularning chegaralari, poytaxtlarini almashtirish, davlatlarning (mamlakatlarning) va ularning poytaxtlarining nomlarining o'zgarishi, boshqaruv shakllarining o'zgarishi, agar ular bo'lsa ushbu xaritada ko'rsatilgan.
So'nggi bir necha o'n yillikda sayyoramizning siyosiy xaritasida katta o'zgarishlar ro'y berdi.O'tmishda siyosiy xarita doimo o'zgarib turdi. Bu jarayon kelajakda ham davom etadi.
Dunyo siyosiy xaritasi dunyodagi barcha mamlakatlarni dunyo geografik xaritasida ko‘rsatishni bildiradi. Keng ma'noda dunyo siyosiy xaritasi dunyo siyosiy geografiyasi bo‘yisha bilimlar majmuini o‘zida ifodalaydi. Dunyo iqtisodiy xaritasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy salohiyatining yer yuzasida taqsimlanishi va ularning xududiy farqlarini dunyo xaritasida tasvirlaydi va ularni ilmiy-amaliy nuqtai nazardan ta'riflaydi. Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasida sodir bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarini, ayrim mamlakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini, xalqaro xududiy mehnat taqsimoti rivojlanishi tendensiyalarini, to‘g‘ri tushunish ushun siyosiy geografiyani o‘rganish lozim. Bu fan ko‘plab ijtimoiy va siyosiy muammolarning yechimini topish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi. Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasining shakllanishi jarayoni uzoq davom etgan. Uning shakllanish davrlarini aniqlash jahon tarixining davrlariga bo‘linishiga asoslanishi kerak, shunki ular ijtimoiy rivojlanish bosqishlarining qonuniy almashinishini ifodalaydi.Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi shakllanishining qadimgi, o‘rta asr, yangi va eng yangi davrlarini ajratish mumkin. Hozirgi dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi ming yillar davom etgan insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Unda sodir bo‘layotgan miqdoriy o‘zgarishlari o‘z o‘rnini tobora ko‘proq sifat o‘zgarishlariga bo‘shatib berayotir va bular hozirgi davrning mohiyatini belgilab berayotir. Xamkorlik, xududiy muammolarni, tinch yo‘l bilan hal etish uchinchi ming yillikdagi eng asosiy maqbul yo‘ldir. Hozirgi dunyoning ko‘p sonli mamlakatlarining o‘ziga xos va o‘xshash xususiyatlarini aniqlash ushun mamlakatlar tipologiyasidan foydalanish lozim. Haqiqiy tipologiya imkon boricha maksimal darajada ko‘rsatkichlarni differensiyalashni va unikal bog‘lanishlarni qidirishni talab qiladi.Dunyo mamlakatlari tipologiyasini turli ko‘rsatkishlarga asoslanib amalga oshirish mumkin. Geografik xususiyatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlarini tiplarga bo‘lish g‘oyat muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ular xalqaro qiyosiy taqqoslashga asoslanib amalga oshiriladi.Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlari ikki katta guruhga – iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga, ularning har birida esa bir nechta kichik guruhlar ajratiladi.  Dunyo siyosiy xaritasining barsha siyosiy-geografik birliklari ikkita teng bo‘lmagan guruhga bo‘linadi:
1) mustaqil (suveren) davlatlar;
2) boshqa davlatlarga turli shaklda qaram bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqaradigan xududlar. Suveren davlatlar davlatni tashkil etishning turli shakllariga ega, ularning eng muhimi davlat tuzumi hisoblanadi. Ular respublika yoki monarxiya bo‘lishi mumkin. Dunyoning barcha davlatlari davlat tuzilishi xususiyatiga ko‘ra, unitar va federativ davlatlarga bo‘linadi. Siyosiy tartib (rejim) bo‘yicha dunyo mamlakatlari demokratik, avtoritar, totalitar tiplarga bo‘linadi. Dunyo tuzilishining birlamchi elementi davlat xududlari hisoblanadi. Ular ma'lum mamlakatlar suvereniteti ostida bo‘lgan yer shari qismlaridir. Har bir mamlakat ularni boshqa davlatlardan ajratib turadigan quruqlik va dengiz chegaralariga ega bo‘ladi. Bu yerda davlat shegaralarining daxlsizligi va yaxlitligi prinsipi asosiy funksiyani bajaradi: ajratuvshi va birlashtiruvchi. Xalqaro xuquq boshqa davlatlarning shegaralarini buzishni ta'qiqlaydi.Davlat o‘rtasidagi barcha xududiy janjallar faqat tinch vositalar bilan hal etilishi kerak.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar birlashmalari yoki noxukumat yo‘nalishida bo‘lib, ular siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnika sohasidagi umumiy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat bilan shug‘ullanadilar. BMT eng ommaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi kelajak avlodlarni urush ofatlaridan xalos etish, mustamlakashilikka, inson xuquqlarini qo‘pol va ommaviy buzilishiga qarshi kurash, xalqaro xavfsizlik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida faoliyat yuritish va boshqalar. Malumki XX asrning so‘nggi chorak asri davomida etnik tarkibi murakkab bo‘lgan mamlakatlarda millatlararo munosabatlar murakkablashdi, xar hil mojarolar va ziddiyatlar vujudga keldi. Shularning barchasi har xil tarixiy va ijtimoiy-siyosiy sabablarga ega. Binobarin YYevropaliklar tomonidan bosib olinib, keyinchalik mustaqillika erishgan mamlakatlarda tub va mahalliy millat vakillarini kamsitish xollari uchrab turadi (Shimol xalqlari, Avstraliya, Amerika va Avstraliya va Okeaniya aborigenlari). Ziddiyatlarning ikkinchi manbai bu kam sonli millatlarning o‘ziga xos tili va madaniyatini mensimaslik, kamsitish (Buyuk Britaniyada shotlandlar va uelsliklar, Ispaniyada basklar, Fransiyada korsikaliklar, Kanadada frankokadaliklar va boshqalar). Milliy va diniy asosga ega bo‘lgan mojaralar uzoq yillardan beri Hindiston, Shri-Lanka, Indoneziya, Efiopiya, Nigeriya, KXDR, Sudan, Somali, Malayziya, Xitoy va boshqalarda davom etmoqda. Diniy va hududiy manbadagi milliy ixtiloflar yarim asrdan ortiq vaqt davomida Yaqin Sharqdagi vaziyatni belgilab bermoqda. Buyerda bir tomondan Isroil ikkinchi tomondan Misr, Livan, Suriya hamda Iordaniya o‘rtasidagi ziddiyatlarning oxiri ko‘rinmaydi. To‘g‘ri, 2001 yilning dastlabki davrida Isroil bilan Suriya o‘rtasida muzokaralarning tashkil qilinganligi bu dunyo miqyosidagi katta ijobiy siljishdir.
Malumki, din jamiyat hayotida, turmushida juda katta rol o‘ynaydi.Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, aholining talimiy darajasi katta ahamiyat kasb etmaydi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to‘g‘ri baholash dunyoda bo‘lib o‘tayotgan miqyosli voqea va hodisalarning ko‘pshiligini to‘g‘ri tushinish va anglashga imkon beradi.
Keyingi vaqtlarda geografiya va demografiyada aholining soni bilan bir navbatda uning sifatiga ham katta etibor qaratilmoqda. Aholi sifati uning talimiy darajasi kasbiy va ijtimoiy tarkibi, sog‘lig‘i va boshqa belgilar orqali baholanadi. Bunda talimiy daraja aholi sifatining eng muhim ko‘rsatgishi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga katta yoshdagi barsha savodsiz kishilarning taxminan 4%, rivojlanayotgan mamlakatlarga esa 96,0% to‘g‘ri keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlik darajasi katta hududiy farqlarga ega. Bu o‘rinda Markaziy, G‘arbiy, Sharqiy hamda Janubiy Afrika, Arab, Lotin Amerikasi, Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari alohida o‘rin egallaydi. Mazkur va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlarning ulushi erkaklar o‘rtasida 25%ga teng bo‘lsa, ayollar o‘rtasida qarib 45%ni tashkil etadi.
Dunyoda katta yoshdagi aholining savodsizlik darajasining yuqoriligi bo‘yisha qator mamlakatlar ajralib turadi. Masalan Butan davlatida savodsizlik darajasi erkaklar o‘rtasida 93%ga, ayollar o‘rtasida 95%ga, Afg‘anistonda tegishli ravishda 93 va 95%ga, Somalida 82 va 94%ga, Tropik Afrika regionidagi Burkina-Faso, Senegal, Mavritaniya, Gambiya, Niger, Shad, Mali mamlakatlarida 75 va 90%ga teng bundan ham yuqori ko‘rsatgishlar Nepal va Gaitiga xosdir.
Yer yuzasida aholi juda notekis joylashgan. Aholining o‘rtasha zishligi (1 kv.kmga to‘g‘ri kelgan aholi miqdori) doimiy aholisi mavjud hududlar (130 mln. kv.km) doirasida 46 kishini tashkil qildi. Shu vaqtning o‘zida ushbu ko‘rsatgish Osiyoda 116.3 va Yevropada 102.5 kishini tashkil esa, Afrikada 27.5, Shimoliy Amerikada 23.8, Janubiy Amerikada 19.6 hamda Avstraliya va Okeaniyada atigi 3.7 kishiga teng. Umumlashtirib aytganda er quruqlik yuzasining atigi 7%da unda mavjud aholining 70%i istiqomat qiladi.Aholi nihoyatda zich joylashgan mintaqalar qatoriga Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo, YYevropa hamda AQShning shimoli-sharqiy qismi, «Bosvash» megopolisi kiradi.
Aholi siyrak tarqalgan hududlar er quruqlik yuzasining ansha katta qismini egallaydi. Shular qatoriga birinshi navbatda ekstremal tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan geografik obektlar-sho‘llar, tropik o‘rmonlar, baland tog‘lar, tundra, muzlik hududlari va boshqalar kiradi.

Dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari


Dunyoning siyosiy xaritasini shakllantirish davriyligi umumiy tarixiy davrlashtirish bilan chambarchas bog'liq. Dunyoning siyosiy xaritasini shakllantirishda beshta davrni ajratib ko'rsatish mumkin:

Download 416.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling