Kirish Asosiy qism Hissiyot turlari


Download 36.53 Kb.
bet1/8
Sana23.04.2023
Hajmi36.53 Kb.
#1392265
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iroda va uning mezonlari.


Mavzu: Iroda va uning mezonlari.
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism




  1. Hissiyot turlari.

  2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari

  3. Shaxs ning irodaviy sifatlari va uni tarbiyalash

  1. Adabiyotlar

  2. Xulosa



Kirish
Muhandis xodimlar kasbiy faoliyatlarida turli voqea-hodisalarga nisbatan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon etadilar. Xodim psixolo- giyasida namoyon bo‘ladigan bunday ruhiy holatlar voqealikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, o‘z navbatida, xodimning o‘ziga xos individual psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil ma’noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto‘g‘ridir. Odatda, tashqi
alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi. Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda hissiyot Shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha
«tonos» – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo‘zg‘atish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha «affectus» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish degani), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.



Download 36.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling