Kirish asosiy qism I bob alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekologik holati


II BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI


Download 108.11 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi108.11 Kb.
#1551417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAYHONA

II BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI
2.1 DAVLAT MILLIY TABIAT BOG‘LARI
Davlat milliy tabiat bog‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ekologik-huquqiy muammolar O‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qonunning 15-18-moddalari bevosita mazkur masalaga bag‘ishlangan.
Ushbu qonunda davlat milliy tabiat bog‘larining ta’rifi va aniq vazifalari ko‘rsatib berilgan. Jumladan, ana shu qonunning 15-moddasiga ko‘ra, davlat milliy tabiat bog‘lari tabiatni muhofaza qilish muassasasi bo‘lib, ularning hududlari (akvatoriylari) alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo‘lgan hamda tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan tabiiy majmualarni qamrab oladi.
Davlat milliy tabiat bog‘lari hududi davlat milliy bog‘lariga egalik qilish yoki ulardan foydalanish uchun beriladigan yerlarda, shuningdek boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarida joylashadi. Davlat milliy tabiat bog‘lariga:

  • rekreatsiya, ma’rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy majmualar va tarixiy-madaniy meroslarni asrab qolishni ta’minlaydigan ish tartibiga rioya etish;

  • shikast yetgan tabiiy majmualarni tiklash;

  • tarix, madaniyat, me’morchilik obidalarini saqlab qolish;

  • turizm, ekskursiya va dam olish uchun sharoit yaratish;

  • ekologik bilimlarini targ‘ib qilish;

  • zaxiralarni tejaydigan, ekologik jihatdan sof texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa faoliyatda ishlatishga joriy etishga ko‘maklashish;

  • tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilish vazifalari yuklatiladi.

Ana shu vazifalarni bajarish bevosita davlat milliy tabiat bog‘larini tashkil etish va boshqarish jarayonlari bilan ham bog‘liq. Davlat milliy tabiat bog‘larini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishib turib kiritgan taqdimnomasiga ko‘ra qabul qiladi.
Davlat milliy tabiat bog‘larini boshqarish ular faoliyati tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq qaysi vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tasarrufida bo‘lsa, shu vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan amalga oshiriladi. Har bir milliy bog‘ qaysi idora tasarrufida bo‘lsa, shu idora tasdiqlab beradigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat milliy tabiat bog‘larining maqomi va mablag‘lari ham hayotiy, ekologik ahamiyatga ega. Xususan, qonunga ko‘ra, davlat milliy tabiat bog‘lari yuridik shaxs bo‘lib, davlat byudjetidan ta’minlanadi, mustaqil balansda turadi, ularning bank muassasalarida o‘z hisob raqamlari, o‘z nomida O‘zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan muhri bo‘ladi. Davlat milliy tabiat bog‘larining mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablag‘lari:

  • O‘zbekiston Respublikasi byudjeti ajratmalaridan;

  • rekreatsiya, turizm-ekskursiya, reklama-noshirlik va ushbu qonun hamda Milliy bog‘lar to‘g‘risidagi nizomda ruxsat etilgan boshqa faoliyatlardan keladigan daromadlardan;

  • davlat, kooperativ va boshqa jamoat korxonalari, muassasalari, tashkilotlaridan, qo‘shma korxonalar, ajnabiy va xalqaro tashkilotlar hamda xususiy shaxslardan keladigan pul mablag‘lari va moddiy boyliklardan;

  • davlat milliy tabiat bog‘ini muhofaza etish qoidasini buzuvchilardan belgilangan tartibda undirib olinadigan jarima pullardan iborat tushumlardan;

  • korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarning faoliyati natijasida davlat milliy tabiat bog‘iga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash hisobidan keladigan tushumlardan hosil etiladi.

Davlat milliy tabiat bog‘lari o‘z mablag‘larini aniq maqsadga qaratgan holda mustaqil tarzda, ushbu qonunning 16- moddasida belgilangan tartibga muvofiq tasarruf etadilar (17-modda).
Ushbu qonunda davlat milliy tabiat bog‘larining ish tartibi masalasiga ham e’tibor berilgan, unga muvofiq, davlat milliy tabiat bog‘larining hududlarida tabiiy majmua va ob’ektlar holatini, ularning rekreatsiya, madaniy va estetik qimmatini inobatga olgan holda muhofaza etish va ulardan foydalanishning tabaqalashtirilgan tartibi belgilab qo‘yiladi.
Davlat milliy tabiat bog‘larining tegrasida davlat qo‘riqxonalari hududlari uchun nazarda tutilgan tartibdagi qo‘riq tegralari, rekreatsiya xo‘jalik va o‘zga yo‘sindagi foydalanish tegralari, tarixiy-madaniy ob’ektlarning muhofaza tegralari ajratiladiki, ularda davlat milliy tabiat bog‘lari vazifalariga zid bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullaniladi.
Davlat milliy tabiat bog‘larining hududida:

  • daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo‘sindagi kesish bundan mustasno);

  • ekologik jihatdan xavf-xatar tug‘diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat olib borishiga;

  • gidrologik va gidrogeologik tartibni o‘zgartirib yuboruvchi harakatlarga;

  • tuproq eroziyasini, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga;

  • davlat milliy tabiat bog‘larining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga;

  • kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko‘mishga;

- iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni ko‘chirib keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat milliy tabiat bog‘larida ular hududining tabiiy, ilmiy, estetik va madaniy qimmati pasayishiga olib keluvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Bog‘ning rasamadi bilan faoliyat ko‘rsatishi uchun yo‘llar, boshqa kommunikatsiya va inshootlar qurish zarur bo‘lib qolganda muhofaza qilish tadbirlari majmuini o‘tkazish majburiyligi nazarda tutiladi (18-modda).
Ta’kidlash joizki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunda, davlat qo‘riqxonalari va davlat milliy tabiat bog‘larini muhofaza qilishga ham katta e’tibor berilgan. Jumladan, ushbu qonunning 33-moddasiga asosan, davlat qo‘riqxonalari va davlat milliy tabiat bog‘larini muhofaza qilishni maxsus tabiat hududlarini muhofaza qilish inspeksiyasi amalga oshiradi va bu ish davlat qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi yoki davlat milliy tabiat bog‘i haqidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Muhofaza qilish xodimlari davlat qo‘riqxonalari ^va davlat milliy tabiat bog‘lari shtatida turadilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlariga xos barcha huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.Qo‘riqxonalardan tashqari, kamayib ketayotgan o‘simlik va hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 10 ga yaqin zakazniklar barpo etilgan. Masalan Toshkent viloyatidagi Oqbuloq zakaznigi Chatqol tizmasi tarmoqlarida Oqbuloq soyi havzasida joylashgan bo‘lib, maydoni 12,5 ming gektardan ortiq, uning hududida oqtirnoq ayiq, to‘ng‘iz, O‘rta Osiyo echkisi, bo‘rsiq va tosh suvsari muhofaza qilinadi. Buxoro viloyatidagi tashlama suvlardan hosil bo‘lgan ko‘l asosida tashkil etilgan To‘dako‘l zakaznigida (maydoni 30 ming gektar) qishlovga uchib keluvchi yirik qushlardan - o‘rdak, g‘oz, birqozon, oqqush qo‘riqlanadi. Dengizko‘l zakaznigida ham (8620 gektar) suv qushlaridan o‘rdak, g‘oz, qoravoy, flamingo (qizilg‘oz) kabilar himoya ostiga olingan.
Xorazm zakaznigida (maydoni 11 ming gektar) ko‘l va suv qushlari hamda sut emizuvchi hayvonlardan to‘ng‘iz, shoqol, tulki, bo‘rsiq qo‘riqlanadi. Eng janubiy - Ko‘hitang zakaznigida esa (maydoni 43 ming gektar) morxo‘r, Buxoro tog‘ qo‘yi, burgut kabi hayvonlar bilan birga, dunyo ahamiyatiga molik ajoyib arxeologik yodgorlik - Zarautkamar qoya yozuvlari himoya qilinadi.
1977 yil respublikada birinchi xalq xiyoboni - O‘zbekiston milliy xiyoboni tashkil etildi. U Jizzax viloyatining Zomin tumani hududida, Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘rida, dengiz sathidan 1000-4030 metr balandlikda joylashgan (maydoni 47,47 gektar). Xiyobonning ajoyib iqlimli sermanzara landshaftlari aholining dam olib, xordiq chiqarishi, sport turizmi bilan shug‘ullanishi uchun juda qulaydir. Unda bargi siyrak tog‘ o‘rmonlari, butazorlar, archazorlar, subalp o‘tloqlari tabiiy majmualari muhofaza qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunining 19-moddasida davlat buyurtma qo‘riqxonasi tushunchasi va bunday qo‘riqxonalarni tashkil etish masalasi aniq ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, davlat buyurtma qo‘riqxonalari tabiiy majmualarni yoki ularning ayrim bo‘laklarini asrash, ko‘paytirish va tiklash maqsadida buyurtma qo‘riqxonalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriylar)dir.
Davlat buyurtma qo‘riqxonalari respublika va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin. Buyurtma qo‘riqxonalar vazifasiga ko‘ra:

  • alohida qimmatga ega bo‘lgan tabiiy landshaftlar va majmualarni asrash va tiklash uchun mo‘ljallangan landshaft (yaxlit) buyurtma qo‘riqxonalarga;

  • qimmatli, nodir va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va

jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun mo‘ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo‘riqxonalarga;

  • ayrim qazilma boyliklar va ularning majmuini asrab qolish uchun mo‘ljallangan paleontologik buyurtma qo‘riqxonalarga;

  • jonsiz tabiatning qimmatli ob’ektlari va majmuilarini asrab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik (botqoq, ko‘l, daryo) buyurtma qo‘riqxonalarga;

  • tabiat yaratgan nodir va noyob relef shakllarini asrab qolish uchun mo‘ljallangan gemorfologik buyurtma qo‘riqxonalarga;

  • nodir geologik va mineralogik hosilalar va tuzilmalarni asrab qolish uchun mo‘ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo‘riqxonalarga bo‘linadi.

Noyob mineral va o‘zga xil geologik tuzilmalarga ega bo‘lgan hamda fundamental ilmiy ahamiyatga molik geologik buyurtma qo‘riqxonalarga davlat qo‘riqxonasi maqomi berilishi mumkin.
Buyurtma qo‘riqxonalarning faoliyat muddatlari ko‘rsatilmay (muddatsiz), 5 yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli) yoki 5 yildan kam muddatga (qisqa muddatli) qilib tashkil etiladi.
Respublika ahamiyatiga molik davlat zakazniklarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi. Mahalliy ahamiyatga molik davlat buyurtma qo‘riqxonalari tabiatni muhofaza etish idoralarining taqdimnomasiga ko‘ra, viloyat hokimlarining qarori bilan tashkil etiladi. Shuningdek, davlat zakazniklarining ish tartibi ham qonunda o‘z aksini topgan bo‘lib, unga asosan, davlat zakazniklari deb e’lon qilingan hududlar ularni xo‘jalik maqsadlarida istifoda etayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan tortib olinmaydi.
Yerida davlat buyurtma qo‘riqxonalari tashkil etilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar davlat buyurtma qo‘riqxonasi belgilaydigan tartibga rioya etishlari shart.
Davlat buyurtma qo‘riqxonalarining hududlarida buyurtma qo‘riqxona oldiga qo‘yilgan vazifalarga zid bo‘lgan faoliyatning har qanaqa turi to‘xtatiladi yoki cheklab qo‘yiladi.
Har bir davlat buyurtma qo‘riqxonasining aniq vazifalari va ish tartibining xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining idoralari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishib turib ishlab chiqiladigan hamda davlat zakaznigi tashkil etish to‘g‘risida qaror chiqargan idora tasdiqlaydigan nizomda belgilab qo‘yiladi (20-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan. Ulardan atigi 80 ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma- xil karst relefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo‘lgan g‘orlar va ungurlar, shuningdek, nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, yer osti landshaftlari, ularning betakror, sehrli va maftunkor manzaralari jiddiy muhofazaga muhtojdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunining 21-moddasi aynan ana shu masala, ya’ni davlat tabiat yodgorliklarining ekologik-huquqiy ahamiyati va ularni muhofaza qilish masalasiga bag‘ishlangan. Zero, respublikamiz hududidagi tabiat, tarixiy va arxeologik yodgorliklar hozirgi paytda aynan muhofaza qilinishga, tiklanish (restavratsiya)ga juda muhtoj.
Ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan ob’ektlar davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilinadi.
Tabiat ob’ektlarini davlat hokimiyatining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat idoralari taqdimiga binoan davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qiladilar.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan egallab turgan yer uchastkalarini tortib olmay turib ham ob’ekt davlat tabiat yodgorligi deb e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat tabiat yodgorliklari joylashgan hududda ularni asrab qolishga tahdid etuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Tabiat yodgorliklarini muhofaza etish tartibini ta’minlashga oid majburiyatlar bu yodgorliklar qaysi korxona, muassasa va tashkilot hududida bo‘lsa, shu korxona, muassasa va tashkilot zimmasiga yuklanadi. Tabiiy ob’ektni davlat tabiat yodgorligi deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror chiqargan idora ob’ektni muhofaza ostiga o‘tkazish va muhofaza etish majburiyatini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Aholi diniy maqsadlarda foydalanib turgan davlat tabiat yodgorliklari muhofaza etish va obodonlashtirish ishlari o‘tkazish maqsadida, davlat tabiat yodgorligini asrab qolish sharti bilan diniy tashkilotlarga yoki alohida shaxslarga foydalanish uchun yoxud ijaraga berilishi mumkin.
E’tiborli tomoni shundaki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunda, davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish masalasi ham o‘z aksni topgan. Jumladan, ushbu qonunning 34-moddasia binoan, davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni davlat zakazniklari va davlat tabiat yodgorliklari qaysi korxona, muassasa va tashkilotning yer maydonida joylashgan bo‘lsa, ana shu korxona, muassasa va tashkilot amalga oshiradi. Basharti, davlat buyurtma qo‘riqxonasi yoki davlat tabiat yodgorligi tasarruf etish yoxud foydalanish uchun berilmagan yer maydonida joylashgan bo‘lsa, u holda bunday qo‘riqxona yoki tabiat yodgorligini muhofaza qilishni u qaysi idoraning qaramog‘ida bo‘lsa, ana shu idora ta’minlaydi.
Korxona, muassasa va tashkilotlar davlat buyurtma qo‘riqxonalari hamda davlat tabiat yodgorliklari muhofaza qilinishini ta’minlamaydigan hollarda davlat buyurtma qo‘riqxonasi va davlat tabiat yodgorligi egallab turgan yer maydoni hamda muhofaza qilinishini ta’minlash uchun unga tutash hudud yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.
Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan yerdan foydalanuvchi, yer egasi yoki suvdan foydalanuvchiga birkitib qo‘yilmagan yer maydonida yoki suv ob’ektida joylashgan bo‘lsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvchi mahalliy idoralari tomonidan ta’minlanadi.

Download 108.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling