Kirish asosiy qism I bob alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekologik holati


Davlat qo‘riqxonalari va ularning ekologik-huquqiy tartibi


Download 108.11 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi108.11 Kb.
#1551417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAYHONA

1.2 Davlat qo‘riqxonalari va ularning ekologik-huquqiy tartibi
O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolish, sonini ko‘paytirishda qo‘riqxona, zakaznik va xalq xiyobonlarining ahamiyati kattadir. Shu maqsadda respublikamizda «Jayron» ekologik markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada qo‘riqlanadigan yerlarning umumiy maydoni 2 mln. gektardan ortiq, alohida qo‘riqlanadigan 11 ta tabiiy-hududiy ob’ekt, shu jumladan 9 ta qo‘riqxona bo‘lib, 3 tasi tog‘da, 3 tasi daryo qayiridagi to‘qayda va 3 tasi cho‘l landshaftlarida joylashgan. Bular Chatqol tog‘o‘rmon, Payg‘ambarorol, Qizilqum, Bodayto‘qay, Nurota, Zarafshon, Hisor, Varganza, Ko‘hitangtog‘, Kitob qo‘riqxonalaridir. Bu qo‘riqxonalarda bioekologik tadqiqotlar olib boriladi.
Ta’kidlash joizki, davlat qo‘riqxonalarining ta’rifi va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunida aniq ko‘rsatib berilgan. Mazkur qonunning 10-moddasiga asosan, davlat qo‘riqxonalari o‘z oldiga oddiy, odatiy va noyob tabiiy majmualar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondlarini saqlab qolish va o‘rganish, tabiiy jarayonlar va hodisalar o‘zgarishi ustidan monitoring o‘tkazish maqsadini qo‘ygan tabiatni muhofaza etuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalari hududidagi yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi xo‘jalik foydalanishidan to‘liq va bir umrga olib qo‘yiladi hamda doimiy foydalanish uchun qo‘riqxonalarga bepul beriladi. Davlat qo‘riqxonalari yerlarini ijaraga berish taqiqlanadi.
Hududi tabiiy landshaftlarning xos bo‘laklaridan iborat bo‘lgan va belgilangan tartibda biosfera qo‘riqxonalarining xalqaro shoxobchasiga kiritilgan davlat qo‘riqxonalari biosfera davlat qo‘riqxonalari maqomiga egadir.
Davlat qo‘riqxonalari zimmasiga:

  • muhofaza ostiga olingan butun tabiiy majmuani tabiiy holatda asrash;

  • ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

  • ro‘yobga chiqarilganda qo‘riqxonalar va muhofaza etilayotgan tegralarning tabiiy majmuiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik ob’ektlari va boshqa ob’ektlarning loyihalari hamda ularni joylashtirish kesmalarining davlat ekologik ekspertizasida qatnashish;

  • tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy xodimlar va mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilish;

  • ekologik bilimlarni targ‘ib etish vazifalari yuklanadi.

Shuni alohida qayd etish joizki, davlat qo‘riqxonalarini
tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi. Davlat qo‘riqxonalarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Har bir qo‘riqxona qaysi idoraning tasarrufida bo‘lsa, shu idora O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlagan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Amaliyotda davlat qo‘riqxonalarining maqomi va mablag‘lari masalasi katta ahamiyatga ega. Yuqorida nomi zikr etilgan qonun ushbu masalaga quyidagicha e’tibor beradi.
Davlat qo‘riqxonalari yuridik shaxs bo‘lib, respublika byudjetidan ta’minlanadi, mustaqil balansda turadi, ularning bank muassasalarida o‘z hisob varaqlari, o‘z nomi va O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tushirilgan muhri bo‘ladi.
Davlat qo‘riqxonalarining mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidan iborat mablag‘lari:

  • O‘zbekiston Respublikasi byudjeti ajratmalaridan;

  • ilmiy, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan keladigan daromadlardan;

  • korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyati natijasida davlat qo‘riqxonasiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tushumlaridan;

  • ma’muriy va sud yo‘li bilan undirib olinadigan jarima pullaridan;

  • ovchilik va baliqchilikning musodara etilgan asboblarini, noqonuniy o‘lja qilingan mahsulotlarni sotishdan olingan pullardan;

-korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shuningdek fuqarolardan beg‘araz yordam tarzida keladigan tushumlardan hosil etiladi.
Davlat qo‘riqxonalari o‘z mablag‘larini aniq maqsadga qaratgan holda mustaqil tarzda, ushbu qonunning 11-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tasarruf etadilar (12-modda).
Davlat qo‘riqxonalarining ish tartibi ham amaldagi qonun bilan tartibga solingan bo‘lib, alohida xususiyatga ega. Ushbu qonunning 13-moddasiga asosan, davlat qo‘riqxonalarining xududida qo‘riqxonalar maqsadlariga zid bo‘lgan tabiiy jarayonlarning o‘zicha rivojlanishiga putur yetkazadigan yoki tabiiy majmui va ob’ektlar holatiga tahdid soladigan har qanday xo‘jalik, rekreatsiya va boshqa yo‘sindagi faoliyat taqiqlanadi.
Qo‘riqxonalarning hududlarida, ularning qo‘riqlanma tegralarida iqlimlashtirish maqsadida o‘simliklar va jonivorlarning turlarini va xillarini joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qo‘riqxonalarida ular to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
Qo‘riqxonalarning yoki ularda mutasaddilik qiluvchi idoralarning xodimi bo‘lmagan fuqarolarning qo‘riqxonalar hududida bo‘lishiga ularda ana shu idoralar yoki qo‘riqxona ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalarining faoliyati ham mazkur qonun bilan tartibga solinadi. Jumladan, qonunning 14-moddasi davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra, ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish va o‘tkazish uchun davlat qo‘riqxonalari o‘z ilmiy xodimlar shtati bilan ta’minlanadi. Ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, chet ilmiy tashkilotlarni va ayrim mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan ham o‘tkazilishi mumkin. Davlat qo‘riqxonalarida olimlar kengashi (ilmiy kengash) tuziladi.
«Tabiat solnomasi» ni yuritish barcha davlat qo‘riqxonalari uchun majburiydir. Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy jamg‘armalarini saqlash muddati cheklanmaydi. Davlat qo‘riqxonalariga ilmiy asarlar nashr etish huquqi ^beriladi. Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini O‘zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi muvofiqlashtirib boradi.



Download 108.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling