Kirish asosiy qism I bob. O'rxun-Enasoy yozuvlarining tarixi va ahamiyati
Download 43 Kb.
|
O\'rxun-Enasoy yozuvlari kurs ishi
KIRISH ASOSIY QISM I BOB. O'rxun-Enasoy yozuvlarining tarixi va ahamiyati 1.1. O'rxun-Enasoy yozuvlarining asosiy xususiyatlari 1.2. Usullar va adabiyot turlari II BOB. O'rxun-Enasoy yozuvlarining ta'lim va madaniyatga ta'siri 2.1. Tarbiyaviy maqsadlar va ularning amaliyoti 2.2. O'rxun-Enasoy yozuvlarning ma'noli, ijodiy va estetik qiyofalari KIRISH Oʻrxun-Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XV asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan. Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ning lashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi. Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan. ʻrxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va oʻrganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. aʼlumki, turkiy xalqlar oʻz davlatiga ega boʻlgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. Oʻrxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular Oʻrta Osiyodan boshlab Dunaygacha boʻlgan ulkan hududda oʻz davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI — VIII asr voqealarini aks ettiradi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling