Kirish asosiy qism I bob. O'rxun-Enasoy yozuvlarining tarixi va ahamiyati


Download 43 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi43 Kb.
#1596968
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'rxun-Enasoy yozuvlari kurs ishi

1.2. Usullar va adabiyot turlari
Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va oʻrganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqida dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmit yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, Oʻrxun, Selenga va Toʻli daryolari atrofidan — Shimoliy Moʻgʻulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular Oʻrxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirgʻoqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni oʻqish, oʻrganish muammosi koʻndalang boʻldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qoʻlidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni oʻqish uchun dastlabki qadam qoʻyildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarni oʻqidilar. Shundan soʻng ularni jiddiy oʻrganish boshlandi. Boshqa xalqlar singari Oʻzbekistonda ham mazkur yodgorliklarni oʻrganishga qiziqish katta boʻldi. Shu sababdan, maqolada yodgorliklarning Oʻzbekistonda oʻrganilishi mavzusiga toʻxtalishni joiz topdik. Oʻtgan yillar davomida umumturkologiya qadimgi turkiy yodgorliklar sohasida yangi yutuqlarni qoʻlga kiritdi, yangi yozuv yodgorliklari topildi va topilmoqda. Ilgari fanga ma’lum boʻlgan yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilning maxsuli sifatida ilmiy istifodaga kiritildi. Bu oʻrinda “Oltin yorugʻ” (IX asr) sutrasi, moniylik va buddaviylik oqimidagi yozma yodgorliklarning qadimgi turkiydan hozirgi oʻzbek tiliga qilingan tabdili nashrlarini eslash kifoya. Bulardan tashqari, Oʻzbekiston hududidan miloddan oldingi davrlarga va milodiy VII-VIII asrlarga oid turkiy-run yozuvidagi yodgorliklar topildi va tahlil etildi [8: 123]. Shu bilan birga, Janubiy Sibir va Oʻzbekiston tuprogʻidan topilib, ilgari tahlil etilgan turkiy-run yozuvlari qaytadan deshifrovka qilindi. Qadimgi turkiy tilning manbalaridan Kulteginga bagʻishlangan yodgorlikning qiyosiy nashri va til xususiyatlariga bagʻishlangan asar ham aynan Oʻzbekisonda yaratildi
Q.Sodiqov yodgorliklarning tilini, tarixini va falsafiy qarashlarini oʻrganib, ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini oʻzbekchaga tabdil qildi. Oʻzbekistondan topilgan bitiklarga asoslanib, Oʻzbekiston koʻhna turkiy run yozuvlarining makoni boʻlgan degan xulosaga keldi. Yodgorliklar tili, uslubiyati, dialektikasi, fonetikasi va morfologiyasini oʻrgandi. Talabalar uchun muhim ahamiyatga ega asarlar va darslik kitoblar yaratib, Oʻzbekistonda yangi turkologiyaning rivojiga katta hissa qoʻshdi. Olimning Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tadqiqiga bagʻishlab yozgan asarlarini quyidagi guruhlarga boʻlib oʻrgansak, maqsadga muvofiq boʻladi: 1. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan asarlari: “Eski uygʻur yozuvi”, “Qadimgi turkiy yozuvlar” va “Qadimgi turkiy til” fanlaridan dars matnlari, “Ilk oʻrta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lugʻati”, “Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi”, “Koʻk turk bitiklari va ularning tarixiy talqini” nomli kitoblari, “Yozma yodgorliklarda ayrim undoshlarning taraqqiyot masalasi”, “Kul tigin, Bilga xoqon bitiklaridan oʻrin olgan “xoqon” soʻzining boshlamalari va yodnomalarining matn tuzilishi haqida”, “Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarining matniy-qiyosiy tahlili”, “Oʻzbekistonda topilgan koʻk turk xarfli matnlar”, “Turk-moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma manbalar”, “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” nomli maqolalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan. Jumladan, “Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi” (2006) tadqiqotida eng koʻhna hamda oʻrta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida oʻzbek adabiy tilining shakllanishi, mumtoz adabiy tilning yuzaga kelishi, uning oʻziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.
qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va b. ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-a. (baʼzi manbalarda 8—10-a.) larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-yenisey yozuvi haqida dastlab 18-a. ning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg xamda nemis olimi D. G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J. P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N. M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N. M. Yadrinsev va 1891-y. V. V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-y. 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-yenisey yozuvi matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-y. noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-a.) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi. rxun-yenisey yozuvining kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va paxlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-yenisey yozuvining paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi. azkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, birbiriga ulanmay, yakkayakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-yenisey yozuvida tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u «ayirgʻich» deb nomlangan. Urxun-yenisey yozuvining LenaBaykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniklan. UrxunEnisey yozuvidan namunalar. gan. U. ye. yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V. V. Radlov, P. M. Melioranskiy, A. A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L. N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akad. Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, prof. N. Rahmonovlar ham Urxun-yenisey yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hoz. kunda ham davom etmokda. Urxun-yenisey yozuviga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hoz. uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va b. turkiy tillarda uchraydi. Urxun-yenisey yozuvi turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi. adimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va b. ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-a. (baʼzi manbalarda 8—10-a.) larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-yenisey yozuvi haqida dastlab 18-a. ning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg xamda nemis olimi D. G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J. P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N. M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N. M. Yadrinsev va 1891-y. V. V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-y. 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-yenisey yozuvi matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-y. noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-a.) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi. rxun-yenisey yozuvining kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va paxlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-yenisey yozuvining paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi. azkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, birbiriga ulanmay, yakkayakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-yenisey yozuvida tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u «ayirgʻich» deb nomlangan. Urxun-yenisey yozuvining LenaBaykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniklan. UrxunEnisey yozuvidan namunalar. gan. U. ye. yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V. V. Radlov, P. M. Melioranskiy, A. A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L. N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akad. Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, prof. N. Rahmonovlar ham Urxun-yenisey yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hoz. kunda ham davom etmokda. Urxun-yenisey yozuviga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hoz. uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va b. turkiy tillarda uchraydi. Urxun-yenisey yozuvi turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.


Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling