Kirish Asosiy qism I. Bob. O'zbek nasri rivojida Abdulla Qodiriyning o'rni


Ilmiy izlanishning ishning maqsad va vazifalari


Download 52.35 Kb.
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi52.35 Kb.
#1432634
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUNDARIJA

Ilmiy izlanishning ishning maqsad va vazifalari. Abdulla Qodiriyning badiiy ijodini, xususan publitsistikasining o‘ziga xosligini, mavzu ko‘lami, uslubi, adib publitsistikasidagi ijtimoiy mavzu va muammolarning yoritilishini tahlil qilish asosiy maqsadi qilib olingan. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:
– Qodiriy asarlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish;
– Adib asarlarining individualligi asarlari misolida o‘rganish;
– A.Qodiriy asarlarida hayot voqeligining aks etishini tahlil qilish
– A.Qodiriy asarlarining janriy rang-baranglini tadqiq etish ;
Mavzuningning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili. Biz tadqiqotimiz obyekti sifatida tanlangan o‘zbek adabiyotining buyuk nomoyondasi o‘zidan katta ijodiy meros qoldirgan ijodkordir. O‘zbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy ijodi keng o‘rganilgan va o‘rganilmoqda. Bugungi kunda qodiriyshunoslik yangilanib, yangi-yangi tadqiqotlar yaratila boshlandi. Xususan, M.Qo‘shjonovning “O‘zbekning o‘zligi” (T., 1994), A.Aliyevning “Ma’naviyat, qadriyat va badiiyat” (T.,Akademiya, 2000. 270-320 betlar), U.Normatovning “Abdulla Qodiriyning bog‘i” (T., 1994), I.G‘aniyevning “Ruhiy go‘zallik qismati” (Buxoro,1994), A.Murodxonovning “Iste’dod jozibasi” (T., 1992), hamda “Abdulla Qodiriynning badiiy dunyosi” (T., 1994), B.Karimov “Qodiriy qadri” (T., 2004) kabi yangi ruhdagi yangicha tafakkur mevalarini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, bir qator ilmiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar ham chop etilmoqda1. Bundan tashqari yangi-yangi yo‘nalishlarda doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yoqlanmoqda.
B.Qosimov, M.Qo‘shjonov, U.Normatov, B.Karimov, N.Karimov, S.Mirvaliyev, M.Sharafutdinova, M.Xudoyqulov, U.Dolimov, D.Quronov, I.G‘aniyev, A.Murodxonov kabi olimlar uning ijodini keng tadqiq qilishgan va bu jarayon davom etmoqda. Mazkur bitiruv malakaviy ishi ham shu jarayonning davomi bo‘lib, bunda asosan Abdulla Qodiriy publitsistikasining o‘ziga xosligi, jurnalistik faoliyati, matbuotdagi ishtiroki o‘rganildi.

Download 52.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling