Kirish Asosiy qism Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha Inflyatsiyaning turlari Inflyatsiyaning oqibatlari 4 Kreditning mohiyati. Kreditning funktsiyalari va qonunlari Xulosa
Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha
Download 202.98 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Inflyatsiya, uning kelib chiqishi sabablari va
Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari va mohiyati Inflyatsiya so`zi lotincha bo`lib, lug`aviy ma’nosi “bo`rtish” , “`ko`pchish”, mantiqan pulning qadrsizlanishi va narx-navoning muntazam ravishda oshib borishi kabi ma’nolarni bildiradi. Bu so`z XIX asrning o`rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar, u tibbiyotda xavfli o`sma kasalini ifodalashda qo`llanilgan. Tarix haqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi.Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozrda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo`lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir.Inflyatsiya so`zining iqtisodiy ma’nosi – muomalada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko`p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi. Inflyatsiya so`zi pul muomalasi sohasida AQSH ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o`rtasida fuqarolar urushi bo`lganda muomalaga juda ko`p miqdorda (450 mln. grin bek) qog`oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo`llanila boshlangan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan.Agar tarixga e’tibor beradigan bo`lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog`liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Fransiyada – frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o`rtalarida namoyon bo`lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko`rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo`lmasdan, tarixan mavjud bo`lgan. Inflyatsiya tushunchasi muomalada haqiqiy pullardan, ya’ni oltin va kumush tangalardan foydalanilgan davrlarda ahamiyat kasb etmagan. Inflyatsiya tushunchasi faqat kredit pullarga tegishlidir. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo`lib sifati ham o`zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo`jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo`lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadigan hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan: pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi. ikkinchidan: ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog`ining o`sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi – bu xalq xo`jaligining turli sohalari o`rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg`arma va iste’mol o`rtasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo`jaliklarning naqd pulga bo`lgan talabi o`rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablari ichki va tashqi sabablarga bo`lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetary-pul siyosati bilan va xo`jalik faoliyati bilan bog`liq turlarga bo`linadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg`I, valyuta bo`yicha ) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo`lishi mumkin. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi: Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi natijasida; Pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi; Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; Inflyatsiya davrida baholarning o`sishi doim bir xil sur’atlarda bo`lmasdan, sakrab turadigan bo`lishi mumkin. Lekin, bazi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo`lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to`liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste'moli uchun zarur bo`lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma'lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Inflyatsiya sharoitida quyidagilar ro`y beradi: muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo`ladi; tovarlar bahosi va xizmatlar haqi to`xtovsiz o`sib boradi; pulning qadr-qiymati va xarid qobiliyati pasayib boradi; Inflyatsiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi: Davlat o`z xarajatlarini o`z daromadi hisobidan qoplay olmay qolgan holatda, muomalaga qo`shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi. Natijada muomalada tovar va xizmatlar bilan taminlanmagan pul paydo bo`ladi, bu esa o`z navbatida pulning qadrsizlanishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish pasayganda muomaladagi pul kamaymaydi, tovarlar miqdori esa kamayadi, natijada narx oshadi pul qadri pasayadi. Mamlakatda chetdan keltirilgan(import) tovarlar narxining ko`tarilishi. Bu o`z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan o`xshash va o`rinbosar tovarlar narxini oshiradi. Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy ne'matlar yaratish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarga berilgan kreditlarning tez sur'atlar bilan o`sishi muomaladagi pul massasining ko`payishiga olib keladi. 5. Pulga nisbatan xalq ishonchining yo`qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko`payib ketishi, mamlakat to`lov balansi va boshqalar. Iqtisodiyotda, inflatsiya muomalada mavjud boʻlgan tovar va xizmatlar narxining oʻsishi degan maʼnoni anglatadi. Inflatsiya atamasi, koʻproq pulga talabning ortishiga taʼluqlidir, shunga qaramay, inflatsiya haqiqiy xarid qilish qiymatini kuchsizlantirib tanozzulga ham olib keladi. Umumiy narh darajasi ortganda, har bir valyuta tovar va hizmat koʻrsatishga ega boʻlishi kamayib boradi. Harh-navo inflyatsiysi inflatsiya surʼati bilan oʻlchanadi, yani narh indeksining foizi oʻzgaradi, xuddi isteʼmol narhi indeksi kabi. Inflatsiya iqtisodni shubhasiz inqirozga olib keladi. Masalan, inflatsiya beqarorligi kelejakda investitsiya va jamgʻarmalarni esankiratib qoʻyishi mumkin. Inflatsiya darajasi yildan yilga farq qiladi. 1950-yildan byuon, AQSh dollari inflatsiyasi darajasi −0.7 % (1954) dan 13.3 % (1979) ga oʻzgarib turadi. 1991-yildan buyon, bu koʻrsatkich yiliga 1.6 % va 3.3 % oʻrtasida boʻlgan. 1950-yildan buyon 18 ta davlat giperiflyatsiyaga uchradi. Bunda inflatsiya darajasi oyiga 50 % edi. Yaqin yillarda Yaponiya negativ inflayatsiyani boshidan kechirdi, yaʼni yiliga 1 % deflyatsiyani. Koʻpgina davlat Markaziy Banklari inflatsiya darajasini past ammo pozitive holda ushlab turishga harakat qilmoqda. Bazilari bu koʻrsatkichni 1-3 % da ushlab turishni rejalashtirgan. Kumush va oltinga asoslangan iqtisodiyot bazan inflatsiyaga uchrasada, bu iqtisodiyotdagi inflayatsiya darajasi kamdam kam yiliga 2 % dan oshadi va umumiy yani asrlar mobaynida bu koʻrsatkich 0(nol) ga yaqin boʻladi. Qogʻoz pullarga asoslangan iqtisodiyot esa anchagina koʻproq inflatsiyaga uchraydi. Piter Bernolz bu haqda shunday degan: „Eng yuqori inflatsiya XX asrda metall pullar hech qanaqa kuchga ega boʻlmagan davlatlarda yuz berdi.“ 1971-yilda AQSH hukumati dollarning oltinga bogʻliqligini tamomila uzdi, yani AQSH hukumati oʻz valkyutasini oltin bilan taminlamadi. Oʻsh paytda koʻplab davlatlarning budjet zahiralari AQSH dollarida edi. Dollarning inflatsiyaga uchrashini bilgan davlatlar AQSH dan pulini oltinga almashtirib berishni talab qiladi, lekin AQSH buni rad etadi. Pul rezervi dollarda boʻlgan davlatlar giperinflatsiyani oldini olishga harakat qilsa ham 1971-yillarda shu davlatlarda inflatsiya darajasi juda yuqori boʻldi. Lekin 1985-yillardan keyin koʻplab davlatlarda inflatsiya darajasi 1971 −1985-yillarga qaraganda anchagina pasaydi. Download 202.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling