Kirish Asosiy qism Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Bozor Iqtisodiyotining Davriy Rivojlanishi. Ishsizlik Makroiqtisodiy muvozanat: yalpi talab va taklifning makroiqtisodiy muvozanat modeli 4


Download 109.57 Kb.
bet8/9
Sana28.02.2023
Hajmi109.57 Kb.
#1236751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
umumiy makroiqtisodiy muvozanat




Xulosa

Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning muhim sharti hamdir.


Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi.
Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni yechish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda tahlil qilish, o‘rganish dolzarb vazifadir.
Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, birlashgan, o’zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qancha tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining normal amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko’mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iktisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor yordamida hal etish mumkin emas yoki ehtimoli kam. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o’z zimmasiga olishi kerak yoki bo’lmasa mavjud muammolarni hal etilishi uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak.

Foydalanilgan Adabiyotlar:


1. Karimov I.A. «O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li» Toshkent-1993 y


2. Karimov I.A. «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida» Toshkent-1995 y



Download 109.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling