Kirish Asosiy qism: O'quvchilarni


I. 4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarini


Download 33.79 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi33.79 Kb.
#1500329
1   2   3   4   5   6   7   8

I. 4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarini


tashkillashtirish.
Fizikadan o’tkaziladigan to’garak ishining eng qimatlisi shuki, bunda o’quvchilar o’z bilimlarini amalda qo’llashni o’rganadilar, hayotga ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar.
Fizika to’garagining mazmuni masalasi eng muhim hisoblanadi. Ko’pincha o’qituvchi to’garak uchun qandaydir qisqa, texnik sohalarni-radiotexnika, kinotexnika va xokazolarni tanlaydi. Fizika o’qituvchisi rahbarlik qiladigan to’garak ishi o’quvchilarning to’garakdagi ishini fizikani o’qitish bilan to’laroq bog’lash imkoniyati bo’lishi uchun ko’proq fizika va texnika tematikasi bo’yicha olib boriladi. Fizika-texnika to’garagini tashkil etish bilan o’qituvchi o’quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olishi, rejalashtirayotgan to’garak faoliyatini ular bilan birga tashkillashtirishi, mavzularning zamonaviyligi katta ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, o’quvchilarni avtomatika, radio, yadro energiyasi, yarim o’tkazgichlar, raketa-texnikasi, kosmanavtika informatika kabi masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan to’garak ishlari o’quvchilarni ayniqsa, qiziqtiradi.
To’garak-bu sinfdan tashqari ishning muntazam shaklidir. Unda avvaldan tayyorlangan dastur asosida o’quvchilar qo’shimcha mahlumotlar to’plamini oladilar, mavjud bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtiradilar, hamda mustahkamlaydilar. Fizika to’garaklari tartibli ravishda o’tkaziladigan mashg’ulot hisoblanadi.
To’garak a'zolari o’zgarmas bo’lib, to’garak a'zolarining umumiy majlislarida qabul qilingan dastur va jadval bo’yicha ishlaydi.
O’qituvchiga darsga nisbatan sinfdan tashqari mashg’ulotni o’tkazish qiyinroq sinfdan tashqari ish o’qituvchidan katta ijodiy tashabbuskorlikni va amaliy tayyorgarlikni talab qiladi.
Fizika o’qitishdagi ilg’or metodlar, yangiliklar sinfdan tashqari mashg’ulotlarda paydo bo’lgani tasodifiy emas.
Frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum ishlari, eksperimental masalalar, o’quv filmlaridan foydalanish sinfdan tashqari mashg’ulotlar orqali kiritilgan, ya'ni fizika xonasini elektr simlarini o’tkazib jihozlash, qo’ng’iroqlarni avtomatik chalish, magnitofonni o’chirish, ulashni avtomatik boshqarish, maktabni radiolashtirish, radiouzel orqali chiqib o’quvchilarga murojaat qilish va h. k.
To’garak g’oyalarini o’quvchilar yaxshi tushunib olishlari, to’garak olib borilayotgan ish mavzusini yaxshi o’rganishlari uchun maktab fizika to’garagining bosh mavzusi kelajagi bor, uzoqroq muddatga (bir yilga yoki bir necha yilga) mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Fizikadan to’garak maktab rahbarining buyrug’iga binoan tashkil etiladi.
O’quv yili boshida fizika o’qituvchisi maktabda fizikadan to’garak tashkil etilayotganligini, to’garakning bir necha tematikasi, o’tkazilish kuni, o’tkazilish vaqti, xonasi haqida bir necha kun avval e'lon yozib qo’yadi. To’garak a’zolari 10- 15 kishidan iborat bo’lishi kerak. o’qituvchi o’quvchilar qiziqishini hisobga olib, mavjud bo’lgan to’garak dasturlaridan o’quvchilar hoxishi bilan birini tanlaydi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan to’garakni qaysi kuni qanday vaqt oralig’ida o’tkazilish kerakligini kelishib olishadi.
To’garak texnikaning so’nggi yutuqlari asosida tashkil etilishi shunga asosan fizika va texnika to’garagi nomi berilishi ham mumkin. Bu holda to’garak dasturi fizika, kosmanavtika, informatika, radiotexnika, elektrotexnikaning so’nggi yutuqlari asosida tashkil etiladi va o’tkaziladi.
Quyida fizikadan tashkil etilgan va o’tkazilgan bir necha to’garaklar dasturini keltiramiz.


Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling