Kirish Asosiy qism Shovqin ekologiyasi
Download 296.61 Kb.
|
maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik jarayonlari
- Ekologik ta’limning holati va o’quvchilarni tarbiyalash. Fizika o’qitishda ekologik tarbiyaning roli.
Reja: Kirish Asosiy qism Shovqin ekologiyasi Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish shovqindan ximoyalanish xaqida Shovqindan ximoyalanish chora tadbirlari Issiqlik jarayonlari Issiqlik jarayonlari qaytmasligi. Termodinamika qonunlari Adiabatik jarayon. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti. Karno sikli Issiqlik dvigatellari va ekologiya Ekologik ta’limning holati va o’quvchilarni tarbiyalash. Fizika o’qitishda ekologik tarbiyaning roli. Umumiy fizika kursining bo’limlarida ekologik tushunchalarga oid mavzularni tanlash. Xulosa Kirish. 1Prеzidеntimizni 2013 yil 1 martidagi “Muqobil enеrgiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni mazkur sohada muhim islohotlar davri boshlanganidan dalolat bеradi. Ushbu muhim hujjat noan`anaviy enеrgеtika rеsurslaridan, jumladan quyosh enеrgiyasidan foydalanish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu bilan birga mamlakatimizning ekologik holatini yaxshilashga imkoniyatlar yaratadi. Fizika va ekologiya fanlarining o’zaro bog’liqligi maktab fizikasining boshlang’ich bilimlarida ham o’z aksini topadi. O’quvchilarda ekologik muhit, ekologik muvozanat va boshqalar haqida tushuncha va tasavvurlar hosil qilinadi. Ekologiya va uning tarkibiy qismini o’rganishda uni ekologik faktorlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyida esa aynan shunday ekologik faktorlardan biri SUV haqida so’z boradi, hamda buni o’quvchilar ongiga singdirish usullari va hamda nimalarga e'tibor berish lozimligini aytib o’tiladi. Suvning yetarli miqdorda bo’lishi va tozaligi hayot boqiyligini belgilaydi. Suv muammosi jahon miqyosida global ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga muvofiq, xastaliklarning 80% iga iflos suv sababchi bo’lmoqda. Hozirgi kunda Yer shari, jumladan Respublikada ekologik holatning yomonlashuvi, o’rmonlardan mahrum bo’lish, baliqlarning haddan tashqari ko’p ovlanishi, tuzli va kislotali yomg’irlar, parnik effekti, ozon qatlamining yemirilishi, gidrosferani ifloslanishi, suv zahiralari tanqisligining ortishi, suv toshqinlari, qurg’oqchilik ko’plab odamlarning nobud bo’lishiga sababchi bo’lmoqda. Kurs ishi rejasini asosiy qismining birinchisi shovqin ekologiyasiga bag’ishlangan bo’lib unda shovqin faqat eshitish organiga emas organizimning ixtiyoriy bir qismiga shikast yetkazishi mumkin, buni fizikadagi tebranishlar va to’lqinlar bo’limi bilan birgalikda kvant fizikasi tushuntirib bera oladi. Ikkinchi issiqlik bilan bog’liq jarayonlar, qayta tiklanuvchi enrgiya manbalariga misol qilib quyosh energiyasi, shamol va okean dengizlardan olinadigan energiyalar tushuniladi. Qayta tiklanmaydiganlariga esa geft, gaz, ko’mirni misol qilsa bo’ladi, aslida bularni hammasi qayta tiklanadi qayta tiklanmaydigan energiya manbalari, qayta tiklanishi uchun juda ko’p vaqt kerak bo’ladi. Biz odamlarni energiyaga bo’lgan ehtiyojimiz kundan kunga oshib bormoqda, agar bu energiyalar issiqlik energiyasiga aylansa bu jarayonni orqaga qaytarib bo’lmaydi, bo’lsa ham nisbatan ko’p energiya sarflash yo’li bilan bajarish mumkin. Uchinchida, endi ekologiya fani boshqa fanlarga qo’shilib o’qitiladi yani fizika fani ekologiyani fizika bilan bog’lab o’rgatsa, kimyo va biologiya fanlari ham o’zining mano mazmunidan kelib chiqqn holda o’rgatadi. Uchinchida shu haqda batafsil bilib olasiz. To’rtinchida ko’plab o’rmonlar kesilishi va transportlarni ko’payishi natijasida atmosferada kislordo miqdori kamayishi hamda o’qituvchi va o’quvchi savol, javoblari o’rin olgan. Beshinchida O’quvchilar fizikadagi har bir bo’limda ekologik inqirozning fizik-texnik aspektlarini ochib beruvchi va ularni bartaraf etuvchi yo’llari bilan tanishadilar. Download 296.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling