Kirish. Asosiy qism. Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash


-Mavzu: Jamoani rivojlanishida tarbiya usullari


Download 180 Kb.
bet4/6
Sana20.09.2023
Hajmi180 Kb.
#1682755
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARBIYA MUSTAQIL ISH

3-Mavzu: Jamoani rivojlanishida tarbiya usullari.


R E J A:
1. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash.
2. Jamoani rivojlanishida tarbiya usullari.
3. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi.

1. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning aʼzolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini taʼminlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.


O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha meʼyorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir aʼzosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa aʼzolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa aʼzolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi.
Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, yaʼni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi.
Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning aʼzolari o‘rtasida o‘zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg‘urish, mazkur yo‘lda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi.

Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogikada, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish; faollarni aniqlash, o‘quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy anʼanalarni yaratish, va ko‘paytirish.


Taʼriflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi.

2.Bolalarning jamoa turmush, normalari va qoidalarining intizomini bo‘zilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzulishi taʼsirchanligi ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo‘lgan taʼsirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muxokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo‘llab quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin.


Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri – o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi chiqindi qog‘oz yoki metallolom to‘plash, kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarni tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi.
Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi – ularning o‘qishdagi muljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
8–«B” sinfda shpargalkalar, aytib turishlar ko‘chirib yozishlar avj olgan edi. O‘quvchilar buni tan olishdan ham uyalishmas, bunday holni o‘ziga xos do‘stlik jamoatchilik deb hisoblashishar edi. Aksincha savollarga javob olishda «Sen shpargalkaga qanday munosabatdasan?» degan savolga faqat bir o‘quvchi – Nargiza bunday deb yozdi: «Aytib turishni va aytib turishdn foydalanishni o‘ziga ep ko‘rmayman”. Anketa savollariga javob qaytarish natijalarini muhokama qilish chog‘ida ko‘pchilik Nargizaning tutgan yo‘lidan g‘azablanishdi: Qaranglar qanday mag‘rurlanib ketibdi! Qadr-qimmat bizda ham bor, lekin u algebra bo‘yicha kontrol ishga nisbatan ancha muximroq ishlarda namoyon bo‘ladi. Sinf rahbariga bu sinfda ishlash juda qiyin edi. Bu yerda ko‘pgina qobilyatli va yaxshi o‘zlashtiradigan ayni paytda qoloq o‘quvchilar ham bor edi. Darsdan tashqari payitlarda turli tadbirlar-kechalar, uchrashuvlar, ekskursiyalar o‘tkaziladi. Lekin, bularning hammasi eng muhim narsaga – o‘quvchilarning taʼlim jarayoniga, munosabatiga va bu jarayondagi o‘zaro munosabatiga taʼsir ko‘rsatmasdi. Ko‘pchilik 8–sinf o‘qituvilari: o‘qish har bir kishining shaxsiy ishi, degan prinsipga amal qiladilar. Yuqorida bayon etilgan sinf jamoasi rivojlanish darajasining pastligidan dalolat beradi. Mana shunday holatlar ro‘y bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak buning eng ishonchli usuli – o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish jarayonida ko‘zatishdan iboratdir. Maxsus diagnostik usullar. Masalan: anketa, tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish, boshqalardan ham foydalanish mumkin.
Lekin, bu usullar guruhni juda ehtiyotkorlik bilan katta pedagoglik odobi bilan qo‘llash lozim. O‘quvchilarni o‘rganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi o‘qituvchilar uchun qonun bo‘lishi kerak.

3. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi:


Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab
o‘qituvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Zamonaviy sinf rahbar o‘quvchidan yomon xulq atvorining, past o‘zlashtirishning sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning maʼnaviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari – dastavval muayyan prinsiplarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar yo‘naltirib turadigan o‘zaro maʼsuliyatli munosabatlardir.
Sinf o‘qituvchilari ko‘p bo‘lgan sharoitda har bir bola yakka tartibda yondashish, har bir bola qalbiga to‘g‘ri yo‘l topish juda qiyin. Agar o‘quvchilar jamoasi qo‘llab quvvatlasa, har xolda bunday yo‘lni topish mumkin.
Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatiga jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan” bolalar bo‘lmaydi.
4. Sinf jamoasini tuzish va jipslashtirishda sinf rahbarining oila va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari.
O‘qituvchi-sinf rahbari, mehribon tarbiyachidir. Maktabning boshlang‘ich sinflaridagi muhim xususiyatlardan biri-biriga qadrdon o‘qituvchi rahbarligida 4 yil hamkor, hamdard bo‘ladilar.Shu sababdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ota-onalar jamoasi bilan ham ishlash o‘ziga xos xususiyatga ega:
Birinchi farzandlarini maktabga kuzatadigan ota-onalarning ish shakl va uslublari ko‘p tajribali ota-onalardan farq qiladi.
Bular uchun «1-sinf o‘quvchisi”, «Yosh ota-onalarga estalik”larni tavsiya etish talabga muvofiqdir.
Bu ish shaklidan maqsad:Ota-onaning – o‘quvchi ota-onasi nomiga sazovor bo‘lish hissini uyg‘otib, maktab oldidagi burchini anglatish.
Ota-onaning pedagogik, tarbiyachilik faoliyatinn faollashtirish.
Yosh ota-onalar uchun estalik.
Har bir inson farzand ko‘rish va uni voyaga yetib borishini to‘rt ko‘zlab, kuzatayotganidan Allohga hamdu sanolar aytib, u buyuk neʼmatni qadriga yeta bilishi lozim. Bu neʼmat bolaning maktabga birinchi qadamidir.
Ota-ona 1-sinf o‘quvchisining ilm dargohidan ko‘p bilim va tarbiyaga ega bo‘lishi uchun nimalar qilishi kerak:
1. O‘qituvchi muqaddas siymo u sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab obro‘-eʼtiboriga sadoqatli bo‘lish.
2. Sinf va maktab jamoasining taʼlim-tarbiya tadbirlariga faol qatnashib taklif va mulohazalaringizni aytish.
3. Bolangizda nima yaxshi, nima yomon ekanligani uqtirib sharqona rasm-rusm, udum anʼanalarimizdan xabardor qilish o‘qituvchiga ko‘makdosh bo‘lish.
4. Bolangizning o‘quv ishlariga yordam berib borish. Unga beriladigan topshiriqlarni bajarishda ularga yordamingizni berish.
5. Bolangizda maktab, sinf, o‘qituvchi va o‘rtoqlarga nisbatan yaxshi fikr uyg‘otish, chunki 1-sinf o‘quvchisining maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab ruhiy holatdir.
6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatini kuzatib, so‘rab borish. Bunday suhbatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi sehrli so‘zlarni, nojo‘ya harakat sodir bo‘lgan bo‘lsa, «chakki ish bo‘libdi”, «men kutmagan edim” kabilarni ishlatish.
7. Ota-ona maktabning yaqin yordamchisi bo‘lishi kerak.

Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling