Ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o’z vakolati doirasida:
-texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
-umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan o’tkazadi;
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;
-davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o’tkazadi;
-umumiy texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
-maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
-umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
-texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |