O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
-davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o’z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
-umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
-davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni o’z vakolati doirasida ekspertizadan o’tkazadi;
-o’z vakolati doirasida: xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
-umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o’z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
-texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |