Kirish. Asosiy qism
Download 55.4 Kb.
|
asosiy g\'oya va mavzuni rivojlantirish
2.Biznes tuzilmasi.
Bundan oldingi materiallar shundan dalolat beradiki, biznes-reja bu oddiy bir hujjat emas. U korxonaning konstitutsion asosini tashkil etib, uning ishlab chiqarish faoliyatini, kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Korxona strategiyasi esa, ma‘lumki, turli xil bo’ladi: kimdir mahsuldor, ya‘ni ishlab chiqarish strategiyasini afzal ko’rsa, boshqalarga moliyaviy strategiya ko’proq to’g’ri keladi. Bozorga yangi mahsuldor g’oya bilan kirishga harakat qilayotgan yangi korxona va firmalar odatda moliyaviy strategiyaga katta e‘tibor qaratadilar. Bozorda ma‘lum ma‘noda barqaror o’ringa ega bo’lgan boshqa korxonalar esa asosiy e‘tiborni ishlab chiqarish strategiyasiga qaratadilar. Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes- rejani ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. SHunday bo’lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan. Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat‘iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) konsepsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta‘minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday. Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisob-kitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potensial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning bo’limlarini mazkur qo’llanmaning mos keluvchi boblarida alohida ko’rib chiqamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega bo’lmasligi hamda bozordagi vaziyatga bog’liq bo’lgan holda turli o’zgarishlarga uchrashi, iste‘molchilarning hali qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim. Biroq bunday tarzda qayta ko’rib chiqish har bir holatda jiddiy ravishda etarlicha asoslab berilishi zarur. Download 55.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling